Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor huzuridagi 2023-yil 14-oktabrdagi 2-sonli yig‘ilish b a yonnomasi



Yüklə 31,55 Kb.
səhifə1/4
tarix11.11.2023
ölçüsü31,55 Kb.
#131917
  1   2   3   4
1-bayonnoma


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor huzuridagi 2023-yil 14-oktabrdagi 2-sonli yig‘ilish

B A YO N N O M A S I

“14”- oktabr 2023-yil Toshkent shahri


Yig‘ilish raisi: Birinchi prorektor V.Rajapov
Yig‘ilish kotibi: Uslubchi N.Hasanova
Yig‘ilishda ishtirok etganlar: Ro‘yxat ilova qilinadi.


K U N T A R T I B I:

  1. Fakultetlarda faoliyat yuritayotgan tyutorlarning lavozim yo‘riqnomalari bo‘yicha faoliyati xususida.

Mas’ul: V.Rajapov
2. Ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ijara xonadonlariga tashriflar uyushtirilishi ma’lumoti to‘g‘risida.
Mas’ul: O.Davletov.


3. Vazirlik va bo‘lim tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini bajarishda mas’suliyatsizlik bilan yondashayotgan fakultet tyutorlari xususida.
Mas’ul: M.Xo‘jayev.
4. Turli xil dolzarb masalalar.
4.1. Ijro intizomi.
ESHITILDI: Fakultetlarda faoliyat yuritayotgan tyutorlarning lavozim yo‘riqnomalari bo‘yicha faoliyati xususida V.Rajapov axboroti.


1. V.Rajapov:- Assalomu alaykum, hurmatli yig‘ilish qatnashchilari, bugungi yig‘ilishimiz Kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, 1-masala yuzasidan har bir Fakultetlarda faoliyat yuritayotgan tyutorlarning lavozim yo‘riqnomalari bo‘yicha faoliyati lavozim Yo‘riqnomalari bo‘yicha faoliyatini tashkil qilishi zarur. Avvalo, o‘z lavozim Yo‘riqnomasida belgilangan vazifalar bilan to‘liq tanishishi va tushunib olishi kerak. Tyutor muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish hamda ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o'rni, majburiyati, mas'uliyati va farzandlar bilan o'zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko'maklashish, ularning ta'lim tizimidagi islohotlar haqida ma'lumotga ega bo'lishlarini ta'minlash; qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta'lim muassasasiga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ta'lim muassasasi rahbariyatiga takliflar kiritish; oila, mahalla, ta'lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratish; "Birinchi kurs maktabi" tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etish; ta'lim muassasasining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi (siyosati), ta'lim muassasasining ichki mehnat tartibi qoidalari hamda boshqa lokal hujjatlar bilan o'ziga biriktirilgan talabalarni tanishtirish; psixolog bilan birgalikda talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish, talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar va milliy qonunchiligimizga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash; talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an'analarimizga yot bo'lgan illatlar, ya'ni terrorizm, separatizm , prozelitizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, "ommaviy madaniyat", narkomaniya, uyushgan jinoyatchilik va boshqa illatlarga murosasizlik hamda ularga qarshi kurash ruhida tarbiyalash; talabalaming qonuniy manfaatini himoya qilish, yaratilayotgan sharoitlardan foydalanish imkoniyatini yetkazish, ularning muammolarini bartaraf etishda bayonnomalarni shakllantirib, amaliy yordam ko'rsatish hamda o'qishi, ilm-fan bilan shug'ullanishi, yashashi va dam olishi uchun tegishli choralarni ko'rib borish; talabalarni darsdan bo'sh vaqtlarda besh muhim tashabbus doirasidagi klub, to'garak va tanlovlarga jalb qilish, ularning ta'lim muassasasi hayotidagi ijtimoiy -siyosiy va madaniy tadbirlardagi ishtirokini ta'minlash; iste'dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish; shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borib u yerda yaratilgan sharoitlarni o'rganib borish va ularni yaxshilash bo'yicha mutasaddilarga taklif kiritish;. Fakultetlar kesimida har bir tyutorlar faoliyati to‘liq o‘rganilib, tekshiruv jarayonida birma-bir vazifalar ijrosi tahlil qilinadi.

Yüklə 31,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin