Qorabaliq-Schizo thoraxinter mediusmc clell.Respublikamizning tog'li daryolarda va soylarda qorabaliq (zardabaliq)ni juda ko'plab uchratish mumkin. Tanasi cho'ziq, urchuqsimon, sirti mayda tangachalar bilan qoplangan. Og'zi pastda joylashgan. Pastki labi yoki o'rtasidan ajralgan, yoki tutash hoshiya hosil etadi. Mo'ylovlari to'rtta. Tanasining ichki bo'shlig'i qora parda bilan qoplangan. Uzunligi 50 sm atrofida bo'lib,massasi 1 kggacha boradi.
Qora baliqlar Nurota tog' tizmalarining soy va buloqlarida ko'plab uchraydi. Bundan 2030 yil ilgari bunday baliqlar Chirchiqda, Ohangaronda vaToshkent oblastining tog'li qismidagi mayda soylar va daryochalarda hamda Samarqand atroflarida juda ko'p bo'lar edi.Keyingi vaqtlarda ularni yirtqichlarcha (portlovchi moddalar bilan) ovlash tufayli bunday baliqlar keskin kamayib ketdi. Qora baliqlar Zarafshonda, Qashqadaryoda, Surxondaryoda, Norinda va ularning irmoqlarida yashaydi. Bu baliqlarning tarqalish oblastlari daryolar, Orta va Markaziy Osiyo, shuningdek, Qozog'istondagi ko'llar bilan chegaralangan.Ko'ksuv va Boshqizilsoyda 1,52 m balandlikdagi suv sharsharalarida ham bu baliqlarni kuzatgan vaqtlarim bo'lgan. Nurota tog'larida qora baliqlar deyarli hamma soylarda, buloqlarda va hatto buloq tipidagi mayda quduqlarda ham yashaydi. Qora baliqlar zuluklarni yo'qotish uchun buloq va quduqlarga ataylab qo'yiladi. Qora baliq qo'yilgan havzalarning suvi hamisha toza bo'ladi: u erda zuluk ham, qisqichbaqalar ham, suv o'tlari ham bo'lmaydi. Qora baliqlar bo'lmagan qo'shni buloqlarda umurtqali jonivorlar to'lib toshgan bo'ladi.Qora baliqlar o'simliklar(suvo'tlari) va hayvonot ovqatlar(qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, mayda baliqlar) bilan oziqlanadi.
Zarafshon daryosida qorabaliqlarning yoppasiga uvildiriq tashlash davri may oyiga to'g'ri keladi.Baland tog'larga bu davr muddati iyundan sentabr oyigacha cho'ziladi.Yosh baliqchalar juda tez rivojlanib,bir yoshga yetishi bilan(dumidan tashqari bo'yi 10 12sm kelganda)jinsiy jihatdan voyaga yetadi.Qora baliqning go'shti nihoyatda mazali bo'ladi. Lekin ov qilishda hech qanday ahamiyatga ega emas.Ular asosan breden,oqizoq qarmoq yordamida va tog'li soylarning qirg'oqlarida qo'l bilan tutiladi. Ko'pincha qora baliqlar tog'li soylarning sayoz yerlariga qo'yilgan oqizoq qarmoqlarga tushib qoladi.Yozgi paytlarda sharsharalarga, ko'prik ostiga va suv aylanib oqadigan aylanmalarga tashlab qo'yilgan qarmoqlarga ilinib turadi.Qora baliqlarning uvildiriqlari zaharli bo'ladi.Shunga ko'ra Nurota aholisi bu baliqlarni ovqat uchun iste'mol qilishda juda ehtiyot bo'lishadi. Ba'zi joylarda mahalliy aholi bu baliqning zaharliligini hisobga olib, uni muqaddas baliq deb hisoblasa kerak.