“Chizmachilikda texnik detallarni loyihalash” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar ___________________ Kafedra mudiri________N.E.Tashimov
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB DETAL VA USKUNALARNI LOYIHALASH, KUCHLAR VA KUCHLANISHLAR 7
1.1 Loyihalash haqida umumiy tushuncha 7
1.2 Detal, uzel va mexanizmlar tuzulishi 8
1.3 Kuchlanishlar turlari 12
II BOB DETALLARNI AUTOCAD DASTURINING UCH O‘LCHALI LOYIHALASH IMKONIYATLARI BILAN TANISHTIRISH. 13
2.1 Qattiq jismlarni uch o‘lchamli loyihalash algoritmlari 13
2.1Yasovchini ko‘tarib yoki botirib, tortib va yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlantirib sirtlar yasash 18
UMUMIY XULOSA 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 22
KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb–hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona еchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk, har tomonlama barkamol, ta`lim va kasb–hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas`uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi.
Istiqlol tufayli o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin dеmokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko`proq mantiqiy mushohada qilish tamoyillariga asoslanmoqda. Ta`lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O`zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy g`oyalarida o`z aksini topgan.
O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqil Davlat suvеrеnligini qo`lga kiritgan birinchi kunlaridanoq uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan kеng islohotlar milliy ta`lim–tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos “milliy modеlni” hayotga tadbiq qilishga qaratildi. Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istе`dodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estеtik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida bеlgilab bеrilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta`lim–tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda1.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish, ichki va tashqi savdo sharoitining muttasil o`zgarib borishi bozor munosabatlariga o`tish shart-sharoitini, uning o`ziga xos xususiyatlarini atroflicha o`rganishni taqozo etmoqda. Shu sababli olim va mutaxassislaming tashkiliyot nazariyasi hamda amaliyotiga, qurilish ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirishning yangi shakl hamda usullariga qiziqishi tobora ortmoqda.
Pirovard maqsadda bozorni, tayin bir iste`molchini ko`zlash, raqiblar va raqobat usulini puxta o`rganish yutuq hamda barqarorlik garovi bo`lib bormoqda. Bozor talabini mukammal egallab olish qurilishga mahsulotlarni rejalashtirish, loyihalash, yaratish va ishlab chiqarishni xaridor talabiga mos holda aniq amalga oshirish imkonini beradi.
Bular qurilish ishlab chiqarishini olib borishda, uni uyushtirishda, boshqarish tizimida katta istiqbolga ega. Shu sababli tashkiliyotga jiddiy munosabat zarur, uning nazariy asoslarini va chet mamlakatlarda bu borada to`plangan amaliy tajriba natijalarini yanada teranroq o`rganishga to`g`ri keladi. O`zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to`plangan va respublika sharoitida tadqiq qilsa bo`ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalandi. Gap biron-bir andoza (model)ni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham ko`r-ko`rona ko`chirib olish to`g`risida borayotgani yo`q. Aniq ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakatlar uchun mo`ljallangan bo`lsa, o`sha mamlakatning o`ziga xos sharoitdagina ijobiy natijalar beradi. O`z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`lini tanlab olish mustaqil O`zbekiston Respublikasining qat`iy pozitsiyasidir.
Shu kunning dolzarb vazifalarini ijobiy hal etish uchun respublikaga tashkiliyot, biznes, menejer, marketing sohasida yuksak kasb mahorati bilan ish yurita oladigan yosh mutaxassislar zarurki, ular bir tomondan bozorni, xususan tanlab, ta`b va ehtiyojni batafsil hamda atroflicha tahlil etish, ehtiyoj va maylni shakllantirishga faol ta`sir ko`rsatish qobiliyatiga ham ega bo`lsinlar2.
Maxsus kursning maqsadi bo`lajak mutaxassislarni ishlab chiqarish amaliyoti faoliyatida uchraydigan: tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini to`g`ri hal qilishni o`rgatishdan iborat. Kelajak muhandis rahbarlarga qurilishni boshqarishda va tashkil qilishda kam mehnat sarflab yaxshi natijalarga erishishni tushuntiradi.
«Shahar qurilishi va xo`jaligini tashkil qilish, rejalashtirish hamda boshqarish» fani qurilish-montaj tashkilotlarida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil qilish haqida zaruriy bilimlarni beradi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilishda asosiy qonunlarini aniqlaydi.
Kapital qurilishning asosiy vazifasi xalq xo`jaligining asosiy fondlarini yangilashni tezlashtirish va yaratishdan iborat.
Hozirgi davrda bir vaqtda quriladigan obyektlarning hajmi ancha kamaytirildi. Bitmagan qurilish imoratlari va zadellarning hajmini kamaytirishga harakat qilish zarur.
Qurilish tashkilotlarini texnik jihatdan qaytadan qurollantirish, ularni yuqori unumdorlik quvvatli transport va mashinalar hamda ishlarni mexanizatsiyalash asboblari bilan ta`minlash zarur.
Ko`p bosqichli bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga o`zgartirish kiritish zaruriyati tug`ilmoqda. Bundan tashqari hissadorlik jamiyatini yaratishning asosiy sabablaridan biri bo`lgan qo`shimcha moliya mablag`lari va investitsiyalarini talab qiluvchi yirik texnologik, tashkiliy hamda ishlab chiqarish masalalarini hal qilishdir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 95-sonli «Kapital qurilishida xo`jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish haqida» qarori - O`zbekistondagi kapital qurilishga xalq xo`jaligining yirik industrial tarmog`ini, xalq faravonligi va Respublika iqtisodiyotini rivojlanishida katta rol o`ynaydi.