O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
5110401-ANIQ VA TABIIY FANLARNI O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
MAGISTRANTI
QUTLIYEVA UMIDA G’AYRAT QIZINING
“ENZIMOLOGIYA”FANIDAN
FERMENTLAR INAKTIVATSIYASI
mavzusida yozilgan
KURS ISHI
CHIRCHIQ-2023
Mundarija.
Kirish…………………………………………………………………………….3
I.FERMENTLARNING UMUMIY TAVSIFI, TUZILISHI VA SPETSIFIKLIGI
1.1. Fermentlarning tuzilishi………………………………………………..……5
1.2. Fermentlarning spеsifikligi…………………………………………………11
II. FERMENTLARNINGFERMENTLARNING INAKTIVATSIYASI
2.1.Fermentlarning haroratda inaktivatsiyasi……………………………………29
2.2. Raqobatli ingibitor ………………………………………………………....22
2.3. Raqobatsiz ingibitor …………………………………………………….….24
2.4. Fermentlarga muhit ta’siri………………………………………………..…26
2.5. Fеrmеntlar faolligiga muhit pHning ta’siri…………………………..….......27
2.6. Fermentlarning radiaktiv inaktivatsiyasi……………………………..…..…28
2.7. Biologiok inaktivatsiya- fermentlarga proteazalar ta’siri………………...…28
Xulosa………………………………………………………………………..…..31
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………..…..32
KIRISH.
Fermentlar-oqsil tabiatiga ega bo’lgan biokatalizatorlar bo‘lib, ular hayotiy jarayonlarning kechishida hosil bo‘ladi, modda almashinuvida ishtirok etishi tufayli muhit va organizm o’rtasidagi dialektik birlikni ta’minlaydi. Hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlarda sodir bo’ladigan hayotiy jarayonlarning kechishida fermentlarning ahamiyati beqiyosdir. Bu makromolekulalar shunday muhim hayotiy jarayonlarni ta’minlaydiki, ular orqali irsiy axborotning ko‘chirilishi, bioenergetika, biomolekulalarnning sintezi va parchalanishi va hokazolar amalga oshiriladi. Bu makromolekulalarni chuqur o’rganish orqali hanuzgacha sir bo‘lib kelayotgan va «hayot» deb nomlangan keng qamrovli jumboq hodisalar elementlarini mohiyatini birin-ketin ochish imkoniyati yaratildi. Fermentlar va enzimologiyaning biologiya va tibbiyotdagi ahamiyati beqiyosdir. Fermentlarni o’rganish genetik apparat ishini, membranalar faoliyatini, oziqlanish hamda makromolekulalar xususiyatlarini, hujayra ichidagi metabolizmni, kataliz, fiziologik boshqariluv, bakterial achish, energiyaning almashinuvi, biosintez jarayonlari va farmakologik ta’sir mexanizmlarini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ma’lumki, ko‘p eksperimentlar dastlab laboratoriya hayvonlari (sichqon,kalamush va quyonlar)da o‘tkaziladi va ma’lum natijalarga erishilgandan so’ng, olingan natijalar qaytadan yirik qishloq xo‘jalik hayvonlarida sinab ko’riladi.
Eksperimentlarni shu yo’sinda tashkil qilish o’z navbatida sarflanadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirish bilan bog’liq. Eksperimentlarning toza o’tishi, ya’ni olingan natijalarni ishonchlilik darajasida bo’lishi uchun eksperimental hayvonlar guruhlari: tajriba o’tkaziladigan guruh va nazorat uchun ajratilgan guruh hayvonlarining dastlabki holati bir xil fiziologik me’yor holatida bo’lishi talab qilinadi. Bu hayvonlarning fiziologik holatini bir xil ekanligini kafolatlanishi, ulardan olingan qon namunalari tahlilidan foydalanib, ularning butunligiga shikast yetkazmasdan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ishni amalga oshirishda fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasida ko’p yillardan buyon sinovlardan o’tkazilgan tajribadan foydalanish yaxshi samara bermoqda.
Dostları ilə paylaş: |