144
-
rasm. Karst stalaktitlari va ustunlari.
www/Saga.ua
G`or
ichidagi stalaktitlar, stalagmitlar va ustunlarni hamda uning
devoridagi oqmalarni hosil qilgan mineral zargarlikda
oniks deb ataluvchi
aragonit kristallaridan tarkib topgan (146-rasm).
Erosti suvlarining faoliyati ikkita omil bilan belgilanadi. Ulardan birinchisi
suffoziya bo`lib, ostki jinslardan gil zarralarining yuvilib ketishi va grunt
mustahkamligining keskin pasayishi bilan bog`liq.
Ikkinchisi esa erosti
suvlarining gidrodinamik bosimi bilan bog`liq. Tuproqqa shimilgan erosti suvlari
gil jinslarini ko`pchitib, ular orasidagi ishqalish kuchini keskin kamaytiradi.
Natijada ularning ustidagi jins massalari yog`langan yuzadagidek past qiyalikda
ham oson surilib ketadi. Bu jarayonlar tufayli ko`chkilar rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: