III. KIMYOVIY YO`L BILAN HOSIL BO`LGAN JINSLAR
Osh tuzi
Natriy bilan xlor birikmasi Kristallari kub shaklida, shaffof,
rangsiz, ba`zan kulrang sarg`ish,
qizil va boshqa tuslarda bo`ladi.
Sho`r, suvda osonlikcha eriydi.
Gips
Kaltsiy tuzining suvli
oltingugurt kislota
birikmasi.
Shaffof tiniq yoki bir oz bo`yalgan
ipaksimon bo`lib, tola tola massa
va
uzun
kristallar
shaklida
uchraydi. Qattiqligi 2.
Oxak tufi
Karbonat angidridli ohak
Kristallangan yoki bo`sh, kovakli
tuproqsimon
jins.
Barglarning
tamg`alari juda ko`p uchraydi
(shox-shabba,
chig`anoqlar
va
boshqalar)
Qo`ng`ir temir
Qattiq temir suvli oksid
Qattiq
tuproqsimon
massa,
konkrektsiyalar,
sumalaksimon
shaklda uchraydi. Rangi och sariq
qo`ng`ir qizil bo`ladi. Deyarli
qoragacha.
Kremniy tufi
Suvli kremnezem
Ko`rinishidan
ohak
tufiga
o`xshaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Cho`kindi tog` jinslari deb nimaga aytiladi?
2. Cho`kindi jinslarning hosil bo`lishi va o`zgarish jarayonlari qanday bosqichlarni
o`z ichiga oladi?
3. Cho`kmalarning hosil bo`lish sharoiti qanday omillar bilan belgilanadi?
4.
Cho`kindi jinslarining asosiy xususiyatlarini tushuntirib bering?
5.
Kimyoviy yo`l bilan paydo bo`ladigan cho`kindi jinslar necha guruhga bo`linadi?
8-AMALIY ISHI
METAMORFIK TOG` JINSLARINI O`RGANISH
Ishdan maqsad:
Metamorfik tog` jinslarini laboratoriya sharoitida o`rganish va
ularning namunalari bilan tanishish.
Umumiy tushuncha:
Metamorfik tog` jinslari magmatik, vulkanogen va cho`kindi jinslarni yer
qobig`ining chuqur zonalarida yuqori temperatura va bosim ta`sirida (eritma o`tmagan
holda) tubdan o`zgarishi natijasida hosil bo`ladi. Magmatik jinslardan hosil bo`lganlarini
orto jinslar, cho`kindilardan esa para jinslar deb yuritiladi.
Tog` jinslari metamorfizmning sabablari: yuqori bosim; yuqori tempiratura;
moddalarning olib kelinishi va olib ketilishi.
Metamorfik jinslarning muhim jins yaratuvchisi minerallariga dala shpatlari,
slyuda, amfibollar, piroksenlar, xlorit, talk, serpentin, anor-toshlar (granatalar), kaltsit,
dolomit, kvarts, grafit va boshqalar kiradi.
Metamorfik jinslarning muhim makrostrukturasi kristallik bo`lib, unga ayniqsa
bargsimon, tangasimon, ignasimon, taxtasimon, oynasimon yashirin kristallilar xosdir.
Donachalarini katta-kachikligiga qarab katta (1mm dan katta), o`rta (0,25-1mm) va
mayda (0,25mm dan kam) bo`ladi.
Metamorfik jinslarning muhim makrostrukturasi oriyentirlangan tekstura bo`lib
u slanetslangan, jim-jima, gneysimon yoki yo`l-yo`l va uzun yo`nalgan, shuningdek
yaxlit (massiv) bo`ladi.
Regional metomorfizmga yuqori bosim va yuqori temperatura ta`sirida
birlamchi jinslarning qaytadan o`zgarishi xarakterli bo`lib, bunda jinslar qattiq holatda
ximiyaviy tarkibini o`zgartirmasdan qaytadan kristallanadi va natijada kristalangan
struktura va oriyentirlangan tekstura vujudga keladi.
Kontakt metamorfizmiga yuqori temperatura va magmatik intruziyadagi ajrab
chiqqan uchuvchi komponent va gidrotermalar ta`sirida dastlabki jinslarni qattiq holatda
qayta kristallanishi va ximik tarkibini o`zgartirishi xosdir. Kontakt metamorfizimining
termal kichik tipida hosil bo`lgan jinslariga-rogoviklar, kvartsitlar, marmerlar kiradi.
Kontakt metamorfizmning metasamatik kichik tipida hosil bo`lgan jinslariga
skarnlar va serpentinitlar kiradi.
|