16-MA`RUZA
KO`L VA BOTQOQLIKLARNING GEOLOGIK FAOLIYATI
Reja:
1.
Ko`llarning hosil bo`lish jarayoni va geologik faoliyati.
2.
Botqoqlarning hosil bo`lishi va geologik faoliyatining mohiyati.
3.
Ko`l va botqoqlqrning yer yuzidagi bo`ladigan o`zgarishlardagi mohiyati.
Tayanch so`z va iboralar:
Havza, ko`l, sayoz, botqoq, limonologiya, botig`lik,
kotlovina, tektonik, Baykal, bukma, pusti, Kaspiy, Okean, Ladoga, O`lik, vulkanik, muzlik,
eroziya, Karst, ohaktosh, dalamit, Tug`on, dag`al, irg`itma, organik, gil,
sapropiller oqsil,
ko`mir, pastqam, suzot, gorizont, utli, zamburug`li, saralash, tundra o`rmon, zona, mintaqa.
Oqmaydigan yoki sekin oqib turadigan suvlar to`plangan,
bevosita dengizga
qo`shilmagan, o`rta qismida o`simlik o`smaydigan havza ko`l deb ataladi. Birmuncha
sayoz, o`t o`sib suv yuzasigacha chiqqan suv havzalari botqoqlik deyiladi.
Ko`l va botqoqliklarni o`rganish bilan
limnologiya
fani shug`ullanadi.
Dunyodagi ko`llarning umumiy maydoni Yer sharidagi quruqlikning 2% ini yoki
27 mln km
2
ni tashkil etadi. Yer sharidagi ko`llarning
umumiy maydoni Urta dengiz
maydoni (3 mln km
2
)
dan salgina kichik, xolos. Barcha ko`llarning yalpi suv hajmi
29000 km
3
ga teng.
Yer sharidagi eng katta ko`llar Kaspiy ko`lini
hiobga olmaganda Shimoliy
Amerikada Yuqori (Verxnee) ko`lining maydoni 82,4 ming km
2
, Afrikadagi Viktoriya
ko`lining maydoni 68
ming km
2
. Yer sharida ko`llar bir tekis tarqalmagan. Masalan,
maydoni 337 ming km
2
Finlandiya mamlakatida ko`llarning soni 60 mingta, Shimoliy
Amerikadagi Buyuk ko`llarning maydoni 245 ming km
2
. Ko`llarning chuqurligi bir
necha 10 metrdan bir necha 100 metrgacha etadi. Yer sharidagi eng chuqur ko`l
Baykal bo`lib, uning chuqurligi 1741 m.
Dostları ilə paylaş: