Botqoqliklarning geografik tarqalishi.
Botqoqliklar hamma geografik
kengliklarda ham uchraydi, lekin eng ko`p tarqalgan erlari o`rtacha mintaqaning
o`rmon zonasi va tundra zonasidir. Botqoqliklar bilan qoplangan erlarning maydoni
haligacha ma`lum emasdir.
Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, uning maydoni taxminan 3,5 mln km
2
.
Faqat ittifoqimizning Еvropa qismida botqoqlik 300000 km
2
ga Yaqin erni
egallaydi.
Botqoqliklar juda notekis tarqalgan. Masalan, Novgorod oblastida 20 foizni,
Poles`eda 28 foizni, Finlyandiyada 30 foizni, g`arbiy Sibir` va Vasyugan`eda 50
foizni Yer botqoqlikka to`g`ri keladi.
Yog`in-sochinning ko`pligi, bug`lanishning kamligi va suv o`tkazmaydigan
qatlamlarning Yer betiga Yaqin bo`lishi botqoqlikning hosil bo`lishidagi asosiy
omillardandir.
Botqoqliklar o`rtasida asosiy o`rinni sfagn botqoqliklari egallaydi. Sfagn
botqoqliklari baland erlardagi botqoqliklar tipiga kirib, turli xil rel`ef shakllarida paydo
bo`ladi. Sfagn botqoqliklarining eng ko`p tarqalgan joyi Irlandiya orolidir. Bu erda
botqoqliklar asosan yon bag`irlarda uchraydi. Uzoq yoqqan yog`inlardan keyin torf
qatlamlari yoy bag`ir bo`ylab pastga yuvilib tusha boshlaydi.
Ayrim hollarda bu oqim uylarni, daraxtlarni oqizib, dalalarni yuvib ketgan.
Sfagn botqoqliklarining janubiy chegarasi Minsk - Moskva - Perm - Sverdlovsk
bo`ylab o`tadi. Janubda esa Dnepr, Don, Volga, Kuban daryolarining quyilish joyida
uchrab, ular qamishzor bilan qoplanib yotadi.
Ko`l va botqoqlik yotqiziqlari.
Ko`l yotqiziqlari xilma-xil bo`ladi. Bu
yotqiziqlar ko`lning chuqurligiga, joylashgan o`rniga, atrofidagi jinslarga va iqlim
sharoitiga bog`liqdir. Cho`l va dashtdagi ko`l yotqiziqlari nam iqlimli ulkalardagi
yotqiziqlardan farq qiladi. Mo``tadil iqlimi o`lkalardagi katta ko`llarning yotqiziqlari
ichki dengizlardagi yotqiziqqa o`xshaydi. Ko`lning shag`al, qum ko`pchilikni tashkil
etgan qirg`oq qismida to`lqinlar ryabi va chig`anoq to`plamlarining izlari saqlanib
qoladi.
Havzaning markaziga borgan sari, ayrim vaqtlarda qirg`oqning xuddi o`zidan, il
va gil Cho`kindilari to`plana boradi, ayrim vaqtlarda ular organogen yoki kimyoviy
yotqiziqlar bilan almashinadilar.
Cho`kindilarning asosiy qismini ko`lning atrofidagi rayonda hukmron bo`lgan
jinslar tashkil etadi: morenalar ko`p tarqalgan rayonlarda - qumoqlar, zandra qumlari
va boshqalar hukmrondir. Ko`llarda mahalliy sharoitga qarab, ximik va organogen
Cho`kindilar to`plana boradi. Masalan, magmatik jinslar ko`p uchraydigan erlardagi
ko`llarda (organik yoki kimyoviy yo`l bilan) temir rudasi yotqiziladi (Ural, Kareliya,
Finlyandiya va boshqalar).
Nam iqlimli erlarda kislorod ko`l tagigacha borib eta olmaydi, shuning uchun
uning tagida ko`p miqdorda plankton va ko`l tagi faunasi chirimasdan to`planadi. Bu
anaerob (kislorodsiz) sharoitda Cho`kindilar to`planib, bir necha metr qalinlikka ega
bo`lgan yarim suyuq holdagi yonuvchi chirindilarni hosil qiladi va nihoyat, ko`mirga
aylanadilar. Ittifoqimizning Еvropa qismidagi ko`llarda, masalan, Seliger ko`lida
gastropod, peletsipod va chig`anoqlar to`planib, ohakli suv o`simliklari bilan birga
g`ovakli ohak Cho`kindilarini - “ko`l bo`rini” yoki mergelini hosil qiladi.
Juda qadim zamonda o`lib ketgan diatom planktonlarining chig`anoqlari ko`l
tagida katta maydonlarni egallab, qimmatbaho diatomit hosil bo`lishiga sabab bo`lgan
(Sevan ko`li, Baykal va boshqalar). Ko`l yotqiziqlarining yupka qatlamlardan iborat
ekanligi suv sathining tez-tez o`zgarib turishini aks ettiradi, bu qatlamlanishlar ko`l
Cho`kindilariga xos xususiyatdir. Chuchuk suvda yashovchi peletsipod, gastropod va
ostrakodlarning ko`llarda hukmronlik qilishi ko`l yotqiziqlarini dengiz yotqiziklaridan
ajratib turadi. Bunga atroflari qum-gil va karbonatli mayda qatlamlardan, markaziy
qismi diatom illaridan tashkil topgan Sevan ko`li misol bo`lishi mumkin.
Nam iqlimli ko`llardagi suvda erib kelgan moddalar va organik mahsulotlar
(sapropel, torf, temir rudasi va boshqalar) quruq oblastdagi ko`l Cho`kindilaridan
keskin ajralib turadi. Bunda daryolar ko`llarga quruqlikdan yotqizqlar olib kelib
tashlay
olmaydilar,
ko`llarda
tuzlar,
gipslar
va,
shuningdek,
kimyoviy
Cho`kindilargina to`planadi. Bunday ko`llarga Balxash ko`li va Amerikaning cho`l
oblastidagi ko`llar (Katta sho`r ko`l) misol bo`la oladi.
1-chaqiqitosh, qum; 2-gilli ohakli Cho`kindi; 3-Fauna va flora
yotqiziqlari; 4- yuqa organik yotqiziqlar; 5-qirg`oq.
Rasm 68. Ko`lda yotqiziqlarning taqsimlanishi.
Yuqorida tasvirlangan ko`l tiplari orasida dengiz buyi ko`llari alohida ajralib
turadi. Ular dengiz bo`yidagi pasttekis-liklarda laguna va chuqur qirg`oqlarning qum
kokillari bilan to`silib qolishi natijasida hosil bo`ladi. Bunday ko`llarning xarakterli
xususiyatlaridan biri shuki, ularda dengiz fauna va florasi uchraydi. Qirg`oq bo`yi
ko`llari yotqiziqlari kontinental yotqiziqlardan ajralib turadi.Kontinental jinslar orasida
qadimgi ko`llarning yotqiziq-lari ham katta ahamiyatga egadir. Bunga Rossiyaning
Еvropa qismidagi perm davri qatlamlarini, Lipetsk temir konini, O`rta Osiyoning ba`zi
bir yura (Kuxitang tog`ida) va paleogen-neogen davr yotqiziqlarini kirgizish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |