Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   155
Geologiya majmua

Nazorat savollari 
1.
Ko`llarning hosil bo`lish jarayonlari qanday? 
2.
Botqoqlarning hosil bo`lishi va geologik faoliyatining mohiyatini 
tushuntiring ?
 
3.
Ko`l va botqoqlqrning yer yuzidagi bo`ladigan o`zgarishlardagi mohiyati 
nimadan iborat?
 
 
 
 
 


17-MAVZU: CHO`KINDI TOG` JINSLARI. 
Reja: 
 
1.
Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayoni. 
2. Cho`kindi tog` jinslarining turlari. 
3.Cho`kindi tog` jinslariga mansub bo`lgan menerallar va konlar. 
Tayanch so`z va iboralar:
fizik, kimyoviy, organik, cho`kindi, kontinental 
yotqiziqlar, magmatik, metamorfik, ohaktosh, kremniy. 
Cho`kindi tog` jinsi dеb, har qanday jinslarni fizik, ximik protsеssdan 
maydalanishi va organik qoldig`i bilan to`plangan mahsuliga aytiladi. Cho`kindi tog` 
jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo 
bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq 
bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm 
qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmatik va metamorfik 
jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar 
dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi. 
Quriq iqlimli sharoitda hosil bo`lgan jinslar 
kontinental yotqiziqlar
 
deb ataladi. 
Ularning hosil bo`lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. 
Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib 
borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental 
cho`kindi jinslar hosil bo`lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial 
va eol yotqiziqlariga bo`linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning 
cho`kishidan kimyoviy, xayvonot va o`simlik qoldiqlarining to`planishidan esa 
organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi.
Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun 
yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer 
yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi.
Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib 
asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va 
xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida 
toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin