2. Еtuklik davri - daryo allyuviylari ko`lda to`planib, qirg`oq bo`yi sayozligini
hosil qiladi; daryoning yirik Cho`kindilari esa, quyar joyida to`planib, del`ta
yotqiziqlarini hosil qiladi; daryo loyqalari esa ko`l tagiga cho`kib, uning rel`efini
tekislaydi; lekin bunda ko`l o`zining oldingi shaklini butunlay yo`qotmaydi.
3. Keksalik davri - hamma
erni allyuviy egallaydi, ko`l kotlovinasi Cho`kindilar
bilan to`lib, yo`qolib ketadi. Ko`lning tagida loyqa va yirik allyuviy to`planadi. Ko`l
sharoitiga moslashgan o`simliklar uning qirg`og`ida ko`payib boradi.
4. Kuchsiz davri. Ko`l bu davrda ko`lmakka aylanadi. Ko`lning markaziy qismi
loyqaga to`lib qoladi va hattoki qirg`oq sayozligi bilan tenglashadi. Ko`l qirg`oqlari
qirg`oq bo`yi qiyaliklariga aylanadi. Ko`l
juda sayozlashib qoladi,
hamma yerida
qirg`oq bo`yi florasi taraqqiy etadi.
5. Botqoqlikka aylanish davri. Ko`l loyqa bosishi va o`simliklar qoplashi natijasida
sayozlanadi, ko`l florasi botqoq o`simliklariga o`z o`rnini beradi. Bu esa ko`lning
ko`lmakka aylanganligini xarakterlaydi. O`z-o`zidan ma`lumki, hamma sayoz ko`llar
yoki botqoqliklar ko`lning oxirgi bosqichi
ekanligidan dalolat bermaydi, ular o`z
holicha mustaqil holda ham hosil bo`lishlari mumkin, lekin agar ayrim sabablar uning
normal rivojlanishiga ta`sir ko`rsatmasa, har qanday ko`l ertami-kechmi botqoqlikka
yoki sayoz ko`lga aylanadi.
Shunday qilib, ko`l rivojlanishining oxirgi bosqichi botqoqliklar bo`lib, bu
to`g`rida alohida to`xtalib o`tamiz.
Dostları ilə paylaş: