Nurquvatova Marjona Elmurod qizi Mavzu: Yoshlarda kitob o`qish madaniyatini shakllantirishning maqsad va vazifalari


Respublikamizda birinchi o`rinni egallagan kitobxonga president sovg`asi taqdim etiladi



Yüklə 11,6 Kb.
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü11,6 Kb.
#140236
1   2   3

Respublikamizda birinchi o`rinni egallagan kitobxonga president sovg`asi taqdim etiladi


Kitob - inson ma'naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muxim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo'lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o'zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo'lib ulg`ayadi. Shuning uchun ham oilada, bog`cha va maktablarda bolalarning kitobga mexrini, adabiyotga qiziqishini oshirish ota-onalarning, o`qituvchilarning vazifasi. Ko'p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, etuk inson sifatida hayotda o'z o'rnini topa oladi. Biroq, bugungi kunda kitobga, kitob o'kishga bo'lgan extiyoj va intilish, ayniqsa, yoshlar orasida tobora kamayib bormoqda. Bu esa juda achinarlidir Qanchadan qancha kitoblar, kitob javonlari va do'konlarida shunchaki ko'rgazma sifatida turibdi. Tabiiy savol tug`iladi. Nega shunday? Nima uchun kitob o‘qimay qo'yyapmiz Ming afsuski, kitob o‘qish o'rniga qimmatli vaqtini qandaydir bekorchi holatlarga, turli ko'ngilochar o'yinlarga sarflayotgan insonlar ham oramizda oz emas. Undaylar fikrlashda, o'zini tutishda ham ma'naviyati yuksak emasliklarini namoyon etib qo'yishadi. Tehnika asri davrida yashayapmiz, kundan-kunga tehnik vositalar taraqqiylashib, ularga bo'lgan ehtiyoj ortib bormokda. Hususan, qo'l telefonlari, turli internet tizimini bunga misol qilishimiz mumkin. To‘g`ri, yurtimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Chunki millatimiz sha'nini, milliy g`ururimizni yuksaltiruvchi bu - yoshlar. Shu bois, turli millat va elatlarning yoshlari kabi o'zbek yoshlari ham dunyo bilan muloqotda bo'lishi kerak. Bunga hech qanday to'siq yo‘`q Lekin ayrim yoshlar berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish o'rniga, internetdagi ko'ngilochar o'yinlar, tanishuvlar, yoshlar ongini zaxarlovchi saytlarga kirib, u erdagi ma'lumotlar bilan tanishmoqdalar. Buning oqibatida ularning dunyoqarashi bir tomonlama bo'lib qolmoqda.

Mutolaa madaniyati

Mutolaa madaniyati.Kitob inson uchunmi yoki inson kitob uchun Insoniy ikki o'lcham - makon va zamonda cheklangan bo'lib, o'zining butun taraqqiyoti davomida mazkur cheklovlarni engib o'tishga intilib kelgan. Mana shu intilishning samarasi o'larok, yozuvlar, kitoblar va shu kabi boshqa axborot vositalari yaratilgan. Turli davrlarda axborot tashish va unga ega bo'lish bilan bezlik, bilimlar to'planib, kishilarda mutolaa madaniyatining shakllanishiga olib keldi. Bugungi kunda mutolaa madaniyati kitobga qiziqishni, odamlarning adabiyotlar bilan kengrok, tanishish rag`batini, kitob bilan ishlashda mahsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, axborot manbalaridan to'lik, foydalanishga yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni taqozo etadi. Kitobni tanlash, uni tez o‘qish, avaylab saqlash, shahsiy kutubhona tashkil etish, o‘qilgan kitoblarni bosh?alarga tavsiya eta olish ?am mutolaa madaniyatiga kiradi. Demak, mutolaa madaniyati insonni bevosita amaliyotga kirishish, hayot bilan uyg`unlashish, ma'naviy foyda olishga yo`naltiradi. “Mutolaa” so'zi arabcha o‘qish, degan ma'noni anglatsada, bizningcha bugungi kunda kitob o‘qishdan ko'ra kengroq tushunchani qamrab oladi.


Mutolaa madaniyati ijtimoiy guruxlar, uyushmalar va aloxida individlarning umumiy ma'lumot olishga yo`naltirilgan jarayon, hulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o'zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me'yorlar, ijtimoiy hodisalardir. Mutahassis N.Rubakin ta'kidlaganidek, “Ihtisoslashgan ta'lim insonga bir soxa doirasida cheklangan bilim va malakani beradi. Umumiy ta'lim insonga keng va to'lix, dunyoqarashga ega bo'lish, xayotning turli tomonini tushunish imkonini beradi”. Demak, mutolaa madaniyatining muxim tarkibiy jihatlari undagi ihtiyoriylik, ta'lim olishdagi anglash, faoliyatni erkin tanlash, takomillashuvga bo'lgan ongli rag`bat, ichki da'vat tamoyillari bo'lib, ular insonning takomillashuvida o'ziga hos xarakatlantiruvchi omillar sanaladi
Mutolaa intensivligining yuqori bo`lishini ta`minlovchi omillar
Mutolaaga ega ma`lumot olishga qiziqish darajasini oshirish.
Mutolaa manbalarining oson ega bo`lishini ta`minlash
Bozor iqtisodini talablarga mos turli adabiyotlar va boshqa mutolaa manbalarining reklamasini keng yo`lga qo`yish.
Mutola manbalarining qiziqarli, mazmunan boy bo`lishi

Yüklə 11,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin