7.3. Aksiya, obligasiyalarni sotib olishning o’ziga xos hususiyatlari.
Aksiyalarni nominal va sotib olish bahosida hisobga olish tarkibi.
Aksiyalar bo’yicha hisoblashish muomalalarini qayd qiladigan
buxgalteriya yozuvi va aksiyadorlarni qayd qilish daftaridagi yozuvlar
aksiyadorlar jamiyati qayd qilingandan keyin amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatida eng avvalo ustav kapitali qayd qilinib ushbu
kapital Кapital (mulk)ni yoki jamg’armani hisobga oluvchi schyotlarda
hisobga olinadi.
Ushbu schyotlar guruhida quyidagi schyotlar mavjud:
8300
USTAV KAPITALINI
HI
SOBGA OLUVChI SCHYOTLAR
8310
Oddiy aktsiyalar
8320
Imtiyozli aktsiyalar
8330
Pay va ulushlar
8300-"Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar"da korxonani
aksiyadorlar jamiyatiga topshirish balansida qayd qilingan ustav
kapitalining summasini hisobga oladi va quyidagi schyotlar aksiyadorlar
jamiyati ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ochiladi:
8310-"Oddiy aksiyalar" schyotida ro’yxatdan o’tkazilgan
aksiyalarning qiymati chegarasida yoki puli to’langan aksiyalarning
nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi.
8320-"Imtiyozli aksiyalar" schyotida imtiyozli aksiyalar- ovoz berish
huquqi bo’lmagan, lekin aksiya egasiga dividend kafolatini beradigan
(sub’ektning moliyaviy natijasidan qat’iy nazar) aksiyadorlar kapitalining
holati va harakatini aks ettiradi.
8330-"Pay va ulushlar" schyoti sub’ektlarning tashkiliy-huquqiy
shakllariga asosan ularning faoliyatida qatnashuvchi shaxslarning badallari
hisobiga tashkil qilingan kapitalning holati va harakatini aks ettiradi.
310
8600-"
Sotib olingan xususiy aktsiyalarni іisobga oluvchi
schyotlar" aksiyadorlardan sotib olingan oddiy va imtiyozli
aksiyalarning nominal qiymati qayd qilinadi va unda quyidagi schyotlar
ochiladi: 8610-"
Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy" va
8620-" Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli ".
Aksiyadorlar jamiyatini ro’yxatdan o’tkazgandan keyin:
mulkni boshqarish qo’mitasiga har bir shaxsga miqdori ko’rsatilgan
holda bepul berilgan imtiyozli aksiyalar va ularning egalarining ro’yxati
beriladi;
ushbu qo’mitadan topshiriq (rozilik) olingandan keyin ushbu
jismoniy shaxslar (xodimlar) aksiyadorlar ro’yxatiga kiritiladi;
tarqatilgan imtiyozli aksiyalar buxgalteriya hisobida qo’shimcha
muomalalar sifatida qayd qilinmaydi va ushbu aksiyalarning qiymati 8320
schyotda qoladi;
obuna bo’yicha tarqatilgan hamma imtiyozli aksiyalarning nominal
qiymati e’lon qilingan kapital summasidan obuna kapitali summasiga
o’tkaziladi- debet 8320-"Imtiyozli aksiyalar" va kredit 8310-"Oddiy
aksiyalar" schyotlari.
Bir vaqtning o’zida korxonaning ishchi va xodimlari va unga
tenglashtirilgan jismoniy shaxslar obuna bo’lgan aksiyalarning nominal
qiymatiga aksiyadorlar jamiyati mulk jamg’armasiga qarz va obunaga
qatnashgan shaxslarning aksiyadorlar jamiyatiga qarzi sifatida hisobga
olinadi va schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi:
Dt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi "
schyoti
Кt 8810-"Grantlar" schyoti.
Кt 8820-"Subsidiyalar" schyoti.
Obuna qilingan aksiyalarning nominal qiymatidan chegirilgan summaga
ushbu qarzlar summasi kamayadi:
Dt 8810-"Grantlar" schyoti.
Dt 8820-"Subsidiyalar" schyoti.
Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi "
schyoti
Agarda obunachilarga aksiyalar nominal qiymatdan ortiqcha bahoda
sotilsa schyotlarda teskari yozuv amalga oshiriladi, lekin nominal qiymati
bilan sotish bahosi o’rtasidagi farq 8300-"Ustav kapitalini" schyotlarida
ko’rsatilmaydi.
311
Mulk jamg’armasiga sotilish uchun berilgan aksiyalar 8300-"Ustav
kapitalini" schyotida qayd qilib boriladi va sotilganligi to’g’risida
ma’lumot olinganda schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi:
Dt 5010 yoki 5110, 5210 schyotlari va
Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi "
schyoti.
Shunday qilib, 8300-"Ustav kapitalini" schyotining kredit summasida
aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarga bepul berilgan va mulk
jamg’arma ixtiyorida qolgan aksiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Yopiq obuna tartibiga muvofiq sub’ektning xodimlari aksiyadorlar
jamiyatini qayd qilish kunigacha qonunda belgilangan tartibda
chegaralangan miqdordan ortiqcha aksiya chiqarish imkoniyati mavjud.
Buning uchun xohlovchilar bo’nak sifatida pul mablag’lari o’tkazadilar.
Shuning uchun 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" ning obunachilarning
depoziti schyoti ochiladi va depozitariylarning shaxsiy schyotidan
o’tkazilgan summalarga:
Dt 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" schyoti va
Кt 6320-"Aksiyaga obunachilaridan olingan bo’naklar" schyoti
bog’lanadi.
Aksiyalarni sotishdan tushgan mablag’lar aksiyadorlar jamiyatiga kirim
qilinmaydi balki davlat mulki hisoblanib mulk jamg’armasiga kirim
qilinadi. Shuning uchun ushbu mablag’lar tegishli jamg’armalarga
kelishilgan muddatda o’tkaziladi:
O’tkaziladigan summaga:
Dt 8810-"Grantlar" schyoti
Dt 8820-"Subsidiyalar"schyoti va
Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyotining
krediti bog’lanadi.
Agarda ushbu summa jamg’armaga o’tkazilsa:
Dt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti va Кt
5100, 5200, 5500 va boshqa mablag’lar schyotlari bog’lanadi.
Qachonki mulk jamg’armasiga bo’lgan qarz to’liq to’langandagina
aksiyalar sotilgan hisoblanadi va
Dt 8300-"Ustav kapitali" schyoti va Кt 4610-" Ustav kapitaliga
ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " schyotida qayd qilinadi.
Bir vaqtning o’zida aksiya egalarining reestrida aksiyalarning
aksiyadorlar mulkiga o’tganligi qayd qilinadi.
Dt 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" schyoti,
6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar",
312
4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi ",
8300-"Ustav kapitalini" schyotlari va
Кt 8810-"Grantlar" 8820-"Subsidiyalar"schyoti schyoti bog’lanadi.
Shunday qilib, 8300-"Ustav kapitalini" korxonaning boshlang’ich
bahosi yoki auksion bahosini aks ettirib, aksiyadorlar jamiyatining tashkil
qilinishi jarayonida faqat tegishli schyotlar bo’yicha qayd qilib boriladi.
Xususiylashtirilayotgan korxonalarni sotib oluvchilar jismoniy va
yuridik shaxslar bo’ladi. Yuridik shaxslar korxonani to’liq sotib olgan yoki
aksiyalarning bir qismini sotib olgan vaqtidan boshlab uzoq muddatli
moliyaviy qo’yilmachilar (investorlar) hisoblanadi:
Dt 9220-"Boshqa aktivlarni sotish" schyoti
Кt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti
Yuridik shaxslarning to’lagan summalariga:
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" va Кt 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va
boshqa chiqib ketishlar" schyoti.
Agarda boshlang’ich bahosi to’lansayu, lekin to’langan summasi
boshlang’ich bahodan kam bo’lsa:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti
Кt 5110-"Hisob-kitob schyoti"
Кt 8410-"Emissiya daromadi" baholar o’rtasidagi farq summasiga.
Кeyinchalik 9560-"
Qimmatli kog’ozlarni qayta baіolashdan
daromadlar" schyotining qoldig’ida yig’ilgan summalar sub’ekt
faoliyatining moliyaviy natijalariga qo’shiladi va Dt 9560 va Кt 9900
sifatida schyotlarda aks ettiriladi.
Agarda olingan aksiyalarning qisman qiymati ma’lum vaqtdan keyin
to’lansa, u vaqtda oluvchining mulk jamg’armasiga kreditorlik qarzi paydo
bo’ladi:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti
Кt 5110-" Hisob-kitob schyoti " to’langan qiymatiga.
Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti, qarz
summasiga.
Ushbu olinadigan aksiyalarga oldindan garov summasi berilsa:
Dt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar"
Кt 5110-" Hisob-kitob schyoti " bog’lanadi.
Oldi-sotdi muomalalari sodir bo’lishi natijasida debitor qarzlarning
summasi hisobdan chiqarilib boriladi:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti va Кt 6530-"Byudjetdan
tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti bog’lanadi.
313
Agarda ob’ekt auksionda sotilsayu, uning sotish bahosi boshlang’ich
qiymatidan yuqori bo’lsa. Boshlang’ich qiymati sotish bahosiga
tenglashtirilib ushbu summa balansning "Кelgusi davr daromadlari"
moddalarida va kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish mablag’larining o’z
manbalarida qayd qilinadi. Aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitali
to’langan summada aks ettiriladi va boshlang’ich qiymat bilan sotilgan
baho o’rtasidagi farq summasi 9390-"Boshqa muomalaviy daromadlar"
schyotida ko’rsatiladi:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti va Кt 8300-"Ustav kapitalini"
schyoti bog’lanadi
Agarda ushbu muomalada, ya’ni aksiyalarning sotib olish bahosi uning
nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda baho va qiymati o’rtasidagni
farq summasi 9430-"Boshqa opеratsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi
va keyingi 10 yil ichida (agarda boshqa muddat belgilanmasa) sub’ektning
xarajatiga qo’shilib hisobdan chiqariladi.
Ijara korxonalari o’z faoliyatida o’zining mablag’lari hisobiga
yaratilgan asosiy jamg’armalardan tashqari qarzga olingan mablag’lar
hisobidan yaratilgan boshqa jamg’armalardan ham foydalanadilar.
Ushbu sub’ektning mulkiga o’zining ob’ektlaridan tashqari davlat va
boshqa shasxlardan, keyinchalik sotib olish va sotib olmaslik sharti bilan,
uzoq muddatli ijaraga (moliyaviy lizingga) olingan ob’ektlar ham kiradi.
Ushbu mulklar ijarachida 0310-"
Moliyaviy ijara shartnomasi
bo’yicha olingan asosiy vositalar" schyotida shartnomada
kelishilgan bahoda hisobga olinadi va 6910-"
To’lanadigan opеrativ
ijara" schyotining krediti tomonida to’lanadigan ijara summasi aks
ettiriladi.
Ushbu ijaralar moliyalashtiriladigan ijaralar (lizinglar) hisoblanib har
oyda hisoblangan eskirish summasi bilan qoplanib boriladi.
Dt 2010, 2310, 2510, 2710, 9410, 9420 schyotlari va Кt
0299-"
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy
vositalarning eskirishi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Asosiy vositalardan tashqari ijaraga har xil moddiy va nomoddiy
aktivlar ham olinadi. Ushbu qiymatliklarning qiymati balansning aktivida
va uzoq muddatli qarz sifatida passivida qayd qilinadi:
Dt 0400-"Nomoddiy aktivlar" patent, lisenziya, savdo markasi va
xokazolar schyoti va Кt 7920-"
Turli krеditorlarga bo’lgan boshqa
uzoq muddatli qarzlar"ning tegishli schyoti bog’lanadi.
Ushbu muomalalar amalga oshirilgandan keyin ijarachi va ijarador
o’rtasida quyidagi tartibda hisoblashishlar amalga oshiriladi.
314
Ijaraga olingan ob’ektlar bo’yicha to’lovlar hisoblanadi:
Dt 2510-"Umumishlab chiqarish sarflari" yoki 9420-"Ma’muriyat
ahamiyatidagi asosiy vositalarning ijara sarflari" schyoti va Кt
6810-"To’lanadigan moliyaviy lizinglar"
6811-"To’lanadigan tezkor lizinglar" schyotida qayd qilinadi.
Ushbu hisoblangan mablag’lar ijarador schyotiga to’lanadi:
Dt 6811-"To’lanadigan tezkor lizinglar" schyoti va Кt 5010, 5110, 5210
yoki 5510 schyotlarida qayd qilinadi.
Ijaraga olingan mulklar bo’yicha ijara foizi hisoblanadi:
Dt 9620-"Foiz ko’rinishidagi sarflar" schyoti va Кt 6820-"To’lanadigan
foizlar" schyotida qayd qilinadi.
Ushbu hisoblangan foizlar to’lanadi:
Dt 6820-"To’lanadigan foizlar" schyotida va Кt 5010, 5110, 5210 yoki
5510 schyotlarida qayd qilinadi.
Agarda ijarachi va ijarador o’rtasida tuzilgan kontraktda ushbu mulkni
ijarachiga keyinchalik sotib olish huquqi berilsa. Ijara majburiyatlari
summasi to’liq to’langandan keyin ushbu ob’ekt ijarachining mulki
hisoblanadi:
Dt 0120, 0130, 0140, 0150 va hokazo schyotlar va Кt
0310-"Moliyalashtiriladigan lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar"
schyoti.
Dostları ilə paylaş: |