1. Uy hayvonlari, 2. sinantrop kemiruvchilar, 3. yovvoyi hayvonlar.
60
infeksiyaning patogenetik xususiyatlariga bog’liq. Ayrim kasalliklarda infeksiya
manbai hisoblangan hayvon organizmidan qo’zg’atuvchilarning ajralishi qo’zilash
davrida avjga chiqadi.
Qishda uxlovchi hayvonlarda infeksiyaning xuruji qo’zg’atuvchining qonda
tarqalishiga bog’liq holda bedor paytiga to’g’ri keladi. Hayvonlarda kechadigan
ba’zi infeksiyalarning surunkali ko’rinishda bo’lganligi tufayli ularning yuqumlilik
davrining uzoq davom etishiga sabab bo’ladi.
Qo’zg’atuvchilarning yuqish mexanizmi mazkur ko’zg’atuvchilarning
biologik tur sifatida saqlanishini ta’minlovchi omil bo’lib, u tarixiy-taraqqiyot
davomida shakllangan bo’ladi hamda epizootik jarayon paytidagina uning turlarini
aniqlash mumkin.
Ba’zi zoonozlarning qo’zg’atuvchilari asosiy xo’jayin qonida joylashganligi
tufayli bu kasalliklarga asosan transmissiv yo’l bilan tarqalishi xosdir. Aksariyat
hollarda tabiiy sharoitda transmissiv tarqalish yagona yo’l bo’lib qolishi mumkin
(obligat-transmissiv tarqalish mexanizmi). Insonga ham mazkur qo’zgatuvchilar
transmissiv yo’l bilan yuqadi.
Ayrim zoonoz infeksiyalarning qo’zg’atuvchilarini transmissiv va
notransmissiv tarqalish yo’llari tabiatda mavjuddir (fakultativ-transmissiv yo’l).
Odamlarga bu qo’zg’atuvchilar notransmissiv yo’l orqali yuqadi.
Zoonoz
infeksiyalarda
qo’zg’atuvchilarning
organizmda
joylanishi
xususiyatlariga ko’ra ularda notransmissiv yuqishini ikki xil yuqish deb hisoblash
mumkin. U najas-og’iz hamda muloqot mexanizmlarida namoyon bo’ladi. Aerozol
yo’l bilan yuqish hayvonlar o’rtasida katta ahamiyat kasb etmaydi. Odamlarga bu
hollarda qo’zg’atuvchilarning epidemiologiyaga ma’lum bo’lgan barcha mavjud
yo’llar hatto aerozol yo’l (ornitoz) orqali yuqishi mumkin.
Infeksiyaga moyillik - ma’lum turlarga xos bo’lgan xususiyat bo’lib
qo’zg’atuvchi va xo’jayin orasidagi o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi tufayli
yuzaga kelgan hodisadir. Moyillik darajasi nospetsifik (chidamlilik) va spetsifik
(immunitet) kabi himoya omillari bilan o’lchanadigan hodisa bo’lib, organizmning
o’ziga xos ta’sirchanligi bilan qo’zg’atuvchining miqdori va virulentlik
xususiyatiga bog’liqdir. Ushbu omillar ta’siri tufayli infeksion jarayonning u yoki
bu kechishi shakli namoyon bo’ladi.
E. N. Pavlovskiy ta’limoti bo’yicha tabiiy o’choq - bu shunday hududki,
aynan shu erda donordan retsipientga qo’zg’atuvchi yuqadi. Populyatsiya nuqtai-
nazaridan tahlil qilinganda tabiiy o’choq bu tashqi muhitning o’ziga xos
sharoitlari, kasallik qo’zg’atuvchisini tarqatuvchi hashoratlar tufayli mavjudligi
saqlanayotgan qo’zg’atuvchining populyatsiyasidir.
Parazitar tizim mavjud bo’lishi uchun mazkur hudud zarur bo’lgan atrof-
muhit rolini o’ynaydi. Epizootik o’choqni (tabiiy o’choq) bo’lishini tashqi va ichki
omillar ta’minlaydi (15-jadval).