62
inshootlarda qishga oziq g’amlab qo’yish uchun bir nechta inxujra va
omborxonalar bo’ladi. Yirik qumsichqonlarning yer osti inlarining chuqurligi 2 -
2,5 metrgacha bo’lib, unda 2 dan 6 gacha yoki undan ham ko’proq qumsichqon
yashaydi.
Suv havzalarida yashovchi kemiruvchilar organizmi suzishga moslashgandir.
Barmoqlar orasidagi pardalar, qunduzda esa bulardan tashqari eshkaksimon dum
bo’lishi shu fikrning dalili bo’la oladi.
Kemiruvchilarning inshootlarda (yerosti inlari va uyalari)
yuqumli
kasalliklarni tarqatuvchi ektoparazitlarning yashashi, ko’payishi hamda hayvonlar
o’rtasida tarqalishi imkoniyati yaxshi bo’lganligi tufayli ham kemiruvchilar katta
epidemiologik ahamiyatga egadirlar. Iqsod, gamaz va qiziltanachali kanalar,
burgalar inson va hayvonlar kasalliklarini qo’zg’atuvchilarini tarqatuvchi hamda
o’zida saqlovchi boshqa bo’g’imoyoqlilar kemiruvchilarga boqimanda
hisoblanadilar.
Ko’pgina kemiruvchilar o’simlik mahsulotlari bilan oziqlanadilar.
Ularning
katta guruhi (sug’ur, yumronqoziq, qo’shoyoq) noqulay iqlim sharoit tug’ilganda
(yozgi qurg’oqchilik, qish) uyquga (karaxtlik) ketadilar. Sariq yumronqoziq kabilar
esa yil davomida 9 oy uxlashlari mumkin.
Kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib olgan yumronqoziq va sug’urlar
organizmida uyqu davomida kasallik yaqqol namoyon bo’lmay, latent (yashirin
holda) kechadi, ammo bedorlik boshlanishi bilan yaqqolmas infeksiya (misol
uchun o’lat) yaqqol ko’rinishiga o’tib kemiruvchini halok etishi mumkin. Ushbu
holat kasallik qo’zg’atuvchilarini tashuvchi kemiruvchilar hisobiga epizootiyalar
davrida qo’zg’atuvchilarning tabiatda uzluksiz saqlanishiga imkon yaratadi.
Yirik qumsichqonlar karaxtlikka o’tmay, yil davomida faol bo’lishadi. Ular
kunduz faol hayvonlar. Ko’payishi erta bahor (mart)da boshlanib butun yoz davom
etadi. Urg’ochi qumsichqon bir yilda 3 marta bolalashi va har safar 5-6 tagacha
bola tug’ishi mumkin.
Kemiruvchilarning ko’payishi va ularning soni tashqi muhit sharoitlariga
bog’liqdir. Masalan, o’nlab, ba’zan yuzlab kilometr keladigan masofaga ko’chib
yuruvchi (olmaxon) kemiruvchilar sustroq ko’payadilar.
Kemiruvchilar inson va
uy hayvonlari hayoti uchun katta xavf soluvchi yuqumli kasalliklarning
qo’zg’atuvchilarini o’z organizmida saqlaydilar va tarqatadilar. Ular tasmasimon
va chuvalchangsimon parazitlarning ayrim turlari uchun oraliq xo’jayin vazifasini
o’tashi mumkin.
Yirik qumsichqon o’tkir nekroz bilan kechadigan teri leyshmaniozi kasalligi
qo’zg’atuvchisining manbai hisoblanadi. Leyshmanioz qo’zgatuvchisining asosiy
tarqatuvchisi mayda iskabtopar chivindir (Rh. papparatasi), Surxondaryo,
Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari aholisi o’rtasida o’tkir nekrozli teri leyshmaniozi
kasalligi uchrab turadi. Shuningdek, bu kasallik 1960
yildan boshlab Sirdaryo
viloyatida, 1967 yildan esa Qoraqalpog’istonda ham qayd etilmoqda.
Surxondaryo va Qorasuv daryolari oralig’ida uchraydigan uysichqon,
Mirzacho’l o’chog’idagi choshgoh qumsichqon va ingichkaoyoq yumronqozig’i,
juftoyoq va shalpangquloq tipratikon leyshmaniozda qo’shimcha manba bo’lib
63
xizmat qiladilar. Kemiruvchilar tabiiy o’choqlarda katta rol o’ynaydi.
Kemiruvchilar orasida topilgan infeksiyalar haqidagi ma’lumot 16-jadvalda
berilgan.
16-jadval
Dostları ilə paylaş: