Referat Mavzu: Yuqumli kasaliklar haqida tushuncha va kelib chiqish tarixi



Yüklə 16,72 Kb.
tarix25.11.2022
ölçüsü16,72 Kb.
#119900
növüReferat
Yuqumli kasaliklar haqida tushuncha va kelib chiqish tarixi.


Yangiyo'l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikum

Referat
Mavzu:Yuqumli kasaliklar haqida tushuncha va kelib chiqish tarixi.

Bajardi: _______________
Tekshirdi:_____________
Toshkent 2022

Reja
1) Yuqumli kasallik haqida tushuncha


2) Yuqumli kasallikning qisqacha tarixi.
Yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamondan ma'lum. Chinchechak, vabo, o’lat kabi xatarli yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab odamlarning yostig'ini quritgan. Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari uzoq vaqt noma'lum bo'lib kelgan.
Yuqumli kasalliklar haqida asosiy ma'lumotlar
Yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilari turli xil yo'llar bilan rivojlanadi. Ularning ko'pi (dizenteriya, bezgak va ko'pgina gijjali invaziyalar) qadim-qadimdan ma'lum bo'lib, qator kasalliklar odamga uy va yovvoyi hayvonlardan yuqqan. Kasallikning bir turi faqat odamga xos hoʻlgan holda namoyon bo'lsa (antroponoz kasalliklar), boshqalari odamlar va hayvonlar uchun umumiy hisoblanadi (zoonoz kasalliklar). Ko'p kasalliklar qo'zg'atuvchilari saprofitlardan paydo boʻlgan bo'lib, keyinchalik ular patogen parazitlarga aylangan (masalan, vabo). Bunday jarayon, ya'ni yuqumli kasalliklarning vujudga kelishi hozirgacha davom etmoqda (masalan, OITS orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi).

Infeksiya (lotincha infectio ifloslanish, yuqish degan ma'noni anglatadi) bu kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlarning organizmga kirishi bo'lib, bunda organizm bilan ular orasida murakkab jarayonlar kompleksi rivojlanadi.



Infeksion jarayon bu ma'lum tashqi muhit sharoitlarida kasallik qo'zg'atuvchilari ta'siriga javoban organizmda yuzaga keladigan fiziologik himoya va patologik reaksiyalar majmuidir. Biologik nuqtai nazardan infeksion jarayon parazitizmning o'ziga xos bir ko'rinishi hisoblanadi va bunda har xil yashash sharoitiga (muhitiga) ega bo'lgan ikki organizm kurashadi.
Yuqumli kasallik bu biologik, kimyoviy, klinik va epidemiologik tartibdagi o'zgarishlar va turli belgilar shaklida yuzaga keladigan infeksion jarayon rivojlanishining eng oxirgi davridir.
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, organizmga mikroorganizm- larning tushishi kasallik rivojlanadi degan so'z emas.
Mikroorganizm va ularning mahsulotlari bilan odam organizmi hujayralari orasida vujudga keladigan munosabatlar har xil ko'ri- nishlarda namoyon bo'ladi. Bu mikrobning xususiyatlari, organizm holati, tashqi muhit sharoitlari hamda ijtimoiy omillarga bog'liq. Bular ta'sirida infeksiyaning quyidagi ko'rinishlari shakllanadi:
Manifest (ekzogen) infeksiya bunda kasallik belgilari aniq namoyon boʻladi va klassik ko'rinishiga mos keladi. Infeksiyaning o'tkir va surunkali shakllari yaxshi o'rganilgan.
Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’zining “Tibbiyot qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi, bular deb yozadi u moxov, qo’tir, chinchechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir".Yuqumli kasalliklar deb, yuqumli (patogen) mikroorganizm bilan makroorganizm (odam, hayvon) o'rtasidagi tashqi muhit omillari ta'siri natijasida bo'lib o'tadigan munosabatlardan kelib chiqadigan kasallikka aytiladi. Mikroorganizm bilan makroorganizm o'rtasidagi munosabat turlicha yakunlanishi mumkin: 1) mikrob makroorganizm himoya vositalari ta'sirida tezda halok bo'ladi; 2) mikrob o’ziga qulay sharoit topib ko'payadi va organizmning qarshiligiga bardosh berib, uzoq saqlanadi. Organizmda mikrob bor ekan yuqumli kasallikka xos o'zgarishlar oz bo’lsada, yuz beradi, lekin kasallik latent yashirin shakllarda kechadi; 3) patogen mikrob organizmda tez ko'payadi va uning himoya kuchlarini yengib, o'zining patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Organizmda kasallik avj olib boradi.
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta'limot asrlar davomida o'rganib kelingan. Bu ma'lumotlarni eng qadimgi yozmalarda ham uchratish mumkin. Yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalishi inson hayotining barcha tarixiy davrlariga xos bo'lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Fukididning ta'kidlashicha, eramizgacha bo'lgan 435- 430-yillardagi yirik epidemiya Afina iqtisodiyotining inqirozga uchrashiga sabab bo'lgan. Bugungi kunda buni toshmali tif epide- miyasi bilan bog'lashmoqda. XIV asrda Yevropada oʻlat (qora o'lim) dan 25 mln kishi o'lgan. XVII asrda Yer sharida faqatgina chechak kasalligidan 60 mln kishi nobud bo'lgan.
Uzoq yillar davomida yuqumli kasalliklar tabiati haqida hech narsa aniq bo'lmagan. O'z davrining yetuk olimi Gippokrat (eramiz- gacha 460-377-yillar) epidemiyalar kelib chiqishini alohida miaz- malar» havoning yuqumli bug'lanishi bilan bog'liq deb tushun- tirgan. Uning havo, suv va joy (yer) lar haqida va Epidemiyalar haqida yetti kitob» nomli asarlarida o'z aksini topgan kuzatuvlari hozirgi kunda ham ma'lum tarixiy ahamiyatga ega.
Qadimgi sharqning buyuk olimi Abu Bakr ar-Roziy (864-925) moxov, quturish, bezgak (botqoq isitmasi), sil, chechak va qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni o'rgandi va ularning belgilari haqida yozdi. U har bir kasallikning o'z sababchisi etiologiyasi mavjudligini isbotladi. O'zining kuzatuvlari natijasida chechak bilan og'rigan kishilar bu kasallik bilan boshqa og'rimaydilar, degan xulosaga keldi. Uning Chechak va qizamiq haqida» nomli kitobi katta epidemiologik ahamiyatga ega. Bu chechak va qizamiqni aniqlash va davolash boʻyicha birinchi monografiya hisoblanadi. Bu kitob arab va lotin tillarida chop etilgan bo'lib, keyinchalik ko'pgina yevropa tillariga tarjima qilingan.
Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan farqli ravishda o’ziga xos kechish xususiyatlariga ega.
l. Yuqumli kasalliklarni tirik patogen (yuqumli) mikroorganizm qo’zg'atadi.
2. Yuqumli kasallikni tarqatuvchi manbai bo'lib, kasallikni boshqalarga tarqatishi mumkin.
3. Yuqumli kasalliklarning yuqish va tarqalish yo’llari mavjuddir.
4. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan kechadi.
5. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o’tsa, uning organizmida o’sha kasallikka qarshi immunitet hosil bo'ladi.
6.Yuqumli kasalliklar mavsumiy tarzda uchraydi.
lnfeksiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, "ifloslanish" degan ma'noni anglatadi, tor ma'noda olinganda mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz beradigan fiziologik va patologik o'zgarishlar yig'indisidir.Yuqumli kasalliklarni bakteriyalar, viruslar, sodda jonivorlar, parazitlar, rikketsiyalar kabi mikroorganizmlar qo’zg'atadi.Yuqumli kasalliklar sog’lom odam yoki hayvonga bemor sog’lom mikrob tashuvchilar, rekonvalessentlardan yuqishi mumkin.Yuqumli kasalliklar quyidagi yo’llar bilan tarqaladi: 1. havo tomchi yo'li orqali; 2.alimentar yo’l: 3. fekal-oral yo'li; 4.kontakt yo’l; 5. transmissiv yo’l; 6. parenteral; 7 suv orqali; 8. transplasenlar yo’l orqali.
Yuqumli kasalliklarning kechishida davriylik xos bo'lib, ular quyidagilardan iborat: 1. yashirin i inkubatsion davri; 2. boshlang'ich yoki prodromal davri; 3. avj olish davri; 4 tuzalish (rekonvalesensiya) davri; 5. sog'ayish davri;

Yuqumli mikroorganizm odam organizmiga tushgandan keyin kasallik alomatlari darxol yuzaga chiqmaydi. Bu davr yuqumli kasalliklarda turlicha bo'lib yashirin davr deb ataladi.Keyingi davr boshlang'ich (prodromal) davri deb yuritiladi. Bunda kasallikning boshlang'ich belgilari yuzaga chiqib rivojlanib boradi. Kasallikning avj olish davrida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar paydo bo'ladi. Kasallik alomatlari kamaya borib, bemor o’zini yaxshi his qila boshlashi bemorda tuzalish (rekonvalesensiya) davri boshlaganligidan darak beradi. Bu davr ko'pincha sog'ayish davri bilan tugallansa, ayrim hollarda kasallik zo’rayishi mumkin.Yuqumli kasalliklarda to’la sog’ayish


Bu davr ko'pincha sog'ayish davri bilan tugallansa, ayrim hollarda kasallik zo’rayishi mumkin.Yuqumli kasalliklarda to’la sog’ayish faqat kasallik alomatlarining butunlay yo’qolishi emas, balki bakteriologik sog'ayish bilan aniqlanadi. Ba'zi kasalliklarda, masalan ich terlamada bemor tuzalib ketgandan keyin ham uning organizmidan yuqumli mikroblar ajralib turadi. Bu holat kasallikdan keyin bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Bu xolat 3 oygacha davom etsa, o'tkir bakteriya tashuvchilik hisoblanadi.Yuqumli kasalliklardan so’ng
bemor organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan immunitet paydo bo’ladi. Bu immunitet orttirilgan tabiiy immunitet bo'lib, himoya xususiyati turli muddatgacha saqlanib qoladi. Yuqumli kasalliklar yil davomida mavsumga qarab ko'payib va kamayib turadi.

Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.



Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir.
Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi.
Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi.
Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi Infeksion kasalliklar mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarakatrofdagi muhitga chiqaveradi
Yüklə 16,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin