69
isitmasi, toshmali tifning qo’zg’atuvchilari kana organizmida umr bo’yicha
saqlanib naslga berilishi ham mumkin.
Gemorragik isitmalarni bemordan sog’lom odamga berilishi O’zbekistonda
muhim epidemiologik ahamiyatga molikdir. Odamlardan yuqtirilgan infeksiya
odatda juda og’ir kechib aksariyat hollarda o’lim bilan tugashi kuzatiladi.
Argaz kanalarining biologiyasi va ekologiyasi
Argaz kanalari pana joy kanalari hisoblanadi. Ular asosan yog’och va loydan
qurilgan imoratlarda, hayvonlar uyasida, g’or va o’ralarda kun kechiradilar.
Hayotiy davriyligi - tuxum, qurtcha (lichinka), 3 yoki 5 ta nimfalik davri va 25
yilgacha davom etishi mumkin bo’lgan imago davri tartibida o’tadi. Ochlikka 10-
11 yilgacha chidaydilar.
O’rta Osiyo, Kavkazorti mamlakatlarida, Qrimda va Ukrainada keng
tarqalgan. Odamga va hayvonlarga asosan tunda tashlanadilar. Bunda bir necha
daqiqadan yarim soatgacha sezdirmasdan yopishib so’rish xususiyatiga egadirlar.
Qishda juda kam oziqlanadilar. So’rgan joylarida bir necha haftagacha vaqti-vaqti
bilan qattiq qichiydigan o’ziga xos qontalash papula qoladi. Argaz kanalaridan
infeksiya yuqishi so’rishning dastlabki davrlaridayoq yuz berishi tufayli bu
kanalardan tanani ozod qilish payti kasallanish darajasiga ta’sir qilmaydi.
Argaz kanalarining epidemiologik ahamiyati:
Kana qaytalama tifi, Ku-isitmasining va boshqa kasalliklarning tarqatuvchisi
bo’lib xizmat qiladi. Ma’lum biotiplarga bog’liq, embrional taraqqiyoti va imago
bosqichining uzoq davom etishi hamda qo’zg’atuvchilarning transovarial (2
naslga) berilishi tufayli argazidlar uzoq vaqt davomida kana qaytalama tifi va Ku-
isitmasining tabiiy o’choqlarining saqlanib turishiga sabab bo’ladilar.
Tabiiy biotiplar sharoitida odamlarga katta xavf tug’dirmaydi. Ammo
odamlarning kanalab ketgan imoratlarga ommaviy ko’chib kirishi kasalliklarni
keng tarqalishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: