O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)
Axborot uchun ma’lumot Epizootik jarayon bu qo’zg’atuvchi - parazit va hayvon organizmi
muloqotining populyatsion darajadagi o’zaro ta’sirining mahsuli bo’lib,
hayvonlarda uchraydigan yakka yoki ko’plab hamda yaqqolmas shaklda
kuzatiladigan yuqumli kasalliklar sifatida namoyon bo’ladi. Uy hayvonlaridagi
epizootik jarayon uchun ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning mavjudligi zarur bo’lsa,
yovvoyi xayvonlardagi epizootik jarayon uchun tabiiy sharoitlar asosiy rol
o’ynaydi.
Epizootik jarayon quyidagi 3 tarkibiy qismdan iborat:
1. Epizootik jarayonning biologik, ekologik, tabiiy omillar:
2. Zoonoz kasalliklarda epizootik jarayonning rivojlanish mexanizmi, kasallik
manbai, yuqish mexanizmi, moyil organizm.:
3. Epizootik jarayonning namoyon bo’lishi.
Zoonozlarning qo’zg’atuvchilari tabiatda hayvonlar orasida muttasil passaj
etilishi hisobiga, ya’ni epizootik jarayon tufayli saqlanib turadi. Epidemik jarayon
esa zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining inson organizmiga yuqishi orqali
vujudga keladi. Shunga ko’ra zoonozlarda epidemik jarayon odamlarga kasallikni
hayvonlardan yuqtirishining uzluksiz zanjiri natijasi bo’lmay, odamlarga
hayvonlardan infeksiyani sharoit tug’ilganda yuqishi hosilasidir.
Zoonoz kasalliklarda infeksiya odatda bemor odamdan sog’lom
odamga yuqmaydi. Ammo, ayrim zoonozlar bundan mustasnodirlar. Masalan,
o’lat (o’pka o’lati) qo’zg’atuvchilari bemordan sog’lom odamga yuqadi. Bunday
tarqalish hamisha muvaqqat hisoblanadi. Fakultativ parazitlar sabab bo’lgan
zoonozlarning epidemik jarayonlari boshqacha tavsifga ega. Bu hollarda odam
organizmiga tabiatda parazitlik va saprofitlik xususiyatlari hisobiga saqlanib
kelayotgan qo’zg’atuvchilari tushadi. Misol uchun qoqsholda, og’iz orqali yuqish
59
patogen bo’lmagan, jarohat orqali tushganda patogen qo’zg’atuvchi hisobiga sodir