9
sifatida ifodalash imkonini berdi (L. V. Gromashevskiy, 1941).
L. V. Gromashevskiy epidemiya tuShunchasini: "epidemiya" so’zining
ilgarigi tor ma’nosiga to’g’ri keluvchi "tor ma’nodagi epidemiya" va epidemik
jarayon to’g’risidagi tuShunchalarga ajratdi.
Epidemiologiya faqatgina epidemiyalar to’g’risidagi fan emas,
balki
kasallikning bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan yakkam-dukkam hollaridan tortib,
epidemiyaning yaqqol namoyon bo’lishi bilan kechuvchi epidemik jarayon
tug’risidagi fan hisoblanadi.
Bu davrga kelib ilmiy konsepsiyalarga asoslangan epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlar sezilarli natijalar berdi (chin chechak, toshmali terlama, vabo, o’lat,
bezgak kabi kasalliklarning yo’qotilishi, difteriya, tulyaremiya, qizamiq
kabilarning keskin kamayishi). Ammo bu natijalarga 1970 yillargacha erishildi.
So’nggi davrlarda va hozirgi paytga kelib, epidemiyaga
qarshi chora-tadbirlar
tizimi ijtimoiy talablarning hozirgi darajasiga javob berolmaydi.
Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining soni va samarasi mamlakatda
kutilgan natijalarni bermadi va o’z-o’zidan bu tizimning nazariy asosidagi
kamchiliklar ochilib qoldi. 1970 yillardan keyin kasallanishning pasayishi,
epidemiyaga qarshi kurashish tizimining imkoniyatlari tugaganini ko’rsatdi.
Birinchi o’rinda epidemiyalarga qarshi kurashish emas (epidemiyaning o’zi
umuman qolmadi) balki hozirgi paytda muhim ahamiyat kasb etgan onda-sonda
uchraydigan kasalliklar bilan kurashish lozim bo’lib qoldi.
Epidemiyaga qarshi kurashishda o’zini oqlagan yo’nalish va uslublar
guruh-guruh bo’lib, yoki onda-sonda kasallanishlar, bakteriya tashuvchilarni faol
ravishda aniqlash hollarida yaxshi natija bermay qoldi. Aynan shu mulohazalar va
kasallanish holatining o’zgarishi yuqumli kasalliklardan o’lish hollari,
yurak-qon
tomir, onkologik kasalliklardan, baxtsizlik oqibatidan, nafas olish organlari
kasalliklari kabilardan keyingi o’ringa tushib qoldi.
Hozirgi paytda "epidemiya" tushunchasini yuqumli bo’lmagan
kasalliklarga nisbatan qo’llash to’g’ri bo’lar edi. Epidemiologiyaning yanada
rivojlanishi uning tibbiyot muammolarini populyatsiya darajasida yecha oladigan
umum tibbiy fan sifatida zamonaviy davrga qadam qo’yishiga yordam berdi.
Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda hozirgi paytda epidemiologiya umum
tibbiy fan sifatida barcha kasalliklarning oldini olish uchun ularning aholi orasida
vaqt mobaynida taqsimlanishini,
kasallikning kelib chiqishi, rivojlanishi va
tarqalish mexanizmini o’rganadi.
Epidemiologiya umumtibbiy fan sifatida V. A. Bashenin tomonidan
e’tirof etib kelingan edi. Keyingi paytda V. D. Belyakov tomonidan e’tirof etildi.
Epidemiologiya fanining bu ma’nodagi ifodasi kuyidagicha: epidemiologiya -
populyatsiya darajasida aholi o’rtasida kasallanish sababi va ularni keltirib
chiqaradigan sharoitlarni o’rganib, Shu asosda kasallanishning oldini olish chora
tadbirlarini ishlab chiquvchi fandir.
Umumtibbiy epidemiologiyaning o’rganish sohasi xilma-xil tashqi muhit
omillarining, genotip va fenotiplari geterogen, moyillik darajasi turlicha va
o’zgaruvchan bo’lgan kishilar populyatsiyasiga ta’siri natijasida aholi o’rtasida
10
sodir bo’ladigan kasallanishlardan iboratdir.
Shu bilan birgalikda epidemiologiya epidemik
jarayon haqidagi fan
sifatida ham o’zining ahamiyatini saqlab qoldi. An’anaviy epidemiologiyaning
o’rganish sohasi yuqumli kasalliklardir. Shunday qilib an’anaviy epidemiologiya
epidemik jarayon to’g’risidagi fan sifatida o’rganiladi.
Zamonaviy epidemiologiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan 5
bo’limdan tashkil topgan.
1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot.
2. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar.
3. Epidemiologik diagnostika.
4. Epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatish tizimi.
5. Xususiy epidemiologiya.
1941 yilda L. V. Gromashevskiy tomonidan epidemik jarayonga berilgan
ta’rif: - bu jamoa orasida aylanib yurgan kasallik qo’zg’atuvchilari chaqirgan
infeksion holatning oldinma-keyin keluvchi va epidemik o’choqlar sifatida
namoyon bo’luvchi belgisiz bakteriya tashuvchilikdan tortib, to yaqqol klinik
ko’rinishlaridagi bemorlardir degan ifodasida asosiy urg’u epidemik jarayonning
yuqumli kasalliklar ko’rinishidagi tashqi namoyon bo’lishiga qaratilgan. Bu ifoda
epidemik jarayonning yuzaga kelishi va rivojlanish sabablarini ochib bera olmaydi.
Chunki, infeksion jarayon kasallik qo’zg’atuvchi parazitning makroorganizmi
bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Shundan ko’rinib turibdiki, epidemik va
infeksion jarayonning ifodalanishiga turlicha yondoshilgan.
Infeksion jarayonning ifodasida uning ma’nosi
ochib berilgan, lekin
qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi ochib berilmagan. Epidemik jarayon
ifodasida esa jarayonning qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi ko’rsatilgan,
lekin bu jarayonning kelib chiqishi va rivojlanish sabablari ochib berilmagan. Agar
infeksion jarayonning ko’rinishlari kasallik (manifest ko’rinishi) va bakteriya
tashuvchilik (belgisiz ko’rinishi) ekanligini hisobga olsak, infeksion jarayonning
ma’nosi va ko’rinishlarini quyidagicha ifodalash mumkin: infeksion jarayon bu
kasallik qo’zg’atuvchi parazit va odam organizmining o’zaro munosabati
jarayonida, sharoitga
qarab manifest yoki belgisiz, ya’ni kasallik va tashuvchilik
ko’rinishlarida ifodalanishidir. Epidemik jarayonning ma’nosi ham kasallik
qo’zg’atuvchi parazit bilan makroorganizmning o’zaro munosabati natijasidir.
Lekin bu jarayon organizm darajasida emas, populyatsiya darajasida kechadi.
Shunday qilib epidemik jarayon bu kasallik qo’zg’atuvchi parazit bilan
makroorganizmning populyatsiya darajasidagi o’zaro ta’siri natijasida, ma’lum
ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga bog’liq bo’lgan holda, aholi o’rtasida
kasallanishning har xildagi jadalligi ko’rinishida ifodalanishidir.
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot epidemiologiyaning boshqa
bo’limlari uchun nazariy asos hisoblanadi.
Har qanday jarayonni o’rganish shu jarayon qanday paydo bo’ladi va
nima uchun rivojlanadi, ya’ni unig rivojlanish sabablari
va bu jarayon qanday
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi kabi uch yo’nalishda olib boriladi.
Shunga binoan epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotda ham uchta qism
11
farq qilinadi.
1) Epidemik jarayonning omillari: biologik, ijtimoiy va tabiiy (uning
rivojlanish sabablari va sharoitlari).
2) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi (shu jarayon qanday
qilib rivojlanadi). Bu mexanizm hozirgi zamon epidemiologiyasining uchta asosiy
nazariyasini umumlashtirish bilan idrok etiladi. "Yuqish mexanizmi" to’g’risidagi
ta’limot (L. V. Gromashevskiy, 1941). "Yuqumli kasalliklarning tabiiy o’chog’i"
to’g’risidagi ta’limot (E. N. Pavlovskiy, 1939) va "Epidemik jarayonning o’z-
o’zini boshqarishi" to’g’risidagi ta’limoti (V. D. Belyakov, 1975).
3) Epidemik jarayonning ko’rinishi (jarayon qanday namoyon bo’ladi).
Dostları ilə paylaş: