77
O’choqli dezinfeksiya yuqumli kasallik paydo bo’lganda joylarda, ya’ni
infeksiya o’choqlarida o’tkaziladi.
O’choqli dezinfeksiyaning ikkita turi: joriy va yakunlovchi dezinfeksiya farq
qilinadi. Infeksiya o’chog’ida infeksiya manbai mavjud bo’lgan vaqt mobaynida va
binobarin, ko’p marta o’tkaziladigan dezinfeksiya joriy dezinfeksiya deyiladi. Joriy
dezinfeksiyani tibbiyot xodimlari yoki bemorga qarovchilar va uning oila a’zolari
o’tkazishlari mumkin. Bemorni shifoxonaga yotqizilgandan keyin,
infeksiya
o’chog’idagi hamma narsalarni qunt bilan o’z vaqtida zararsizlantirish, ya’ni
yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni boshlang’ich paytidayoq
yo’qotish bu yakunlovchi dezinfeksiya deyiladi.
Yakuniy dezinfeksiya, maxsus
dezinfeksiya stansiyalari xodimlari yordamida o’tkaziladi.
Profilaktik dezinfekiiya aniqlangan infeksiya manbai bo’lmaganda
o’tkaziladi. Profilaktik dezinfeksiya yordamida yuqumli
kasalliklarning tarqalish
ehtimolining oldini oladi.
Dezinfeksiya usullari
Dezinfeksiyaning asosan to’rtta usullari bor: mexanik, fizikaviy, kimyoviy va
biologik. Amaliyotda ularning har biridan alohida yoki bir necha usuldan
birgalikda foydalaniladi.
Dezinfeksiyaning fizikaviy usuli. Bu usulda zararsizlantirish
uchun yuqori
haroratning har xil turlaridan (olov, issiq havo, qaynatish va suv bug’i) Shuningdek
quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlari va radiatsiyaning
boshqa vositalaridan
foydalaniladi.
Fizikaviy usul Shuningdek mikroblarni o’ldirmay, zararsizlantirish, ya’ni
ularni yo’qotadigan barcha mexanik usullarni ham o’z ichiga oladi. Masalan:
xonalarni shamollatish, tozalash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: