96
bakteriyalarni yemiruvchi juda mayda mikroorganizmlardir. Ularning ta’sir
mexanizmi spesifikdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bakteriofaglar tanlab ta’sir
qilishadi.
Bakteriofaglar suyuq holda va tugmachalar (tabletkalar) ko’rinishida
chiqariladi. Bakteriofaglarni ichishdan oldin sodali suv ichirish lozim, chunki
bakteriofag tirik mikroorganizm bo’lganligi sababli, oshqozon shirasi tarkibidagi
xlorid kislota ta’sirida halok bo’lsa uning samarasi bo’lmaydi.
Emlash usullari
Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarni organizmga quyidagi usullar bilan
yuborish mumkin: teri ustiga, teri orasiga, teri ostiga, muskullar orasiga, burun
ichiga (intranazal), og’iz orqali.
Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan
vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin.
Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir,
chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan.
Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin
yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin.
Teri orasiga yuborish. Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish
bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi,
diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi
kasalliklarida).
Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga)
preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil
bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi.
Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS-
anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi
tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga
yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: