MAVZU
:Ijtimoiy psixologiyaning metodlari
Reja:
1.Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni o
’tkazish sharoitlari va texnikasi.
2. Ijtimoiy psixologik tadqiqot o
’tkazish bosqichlari.
3. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosiy metodlari:
A) Kuzatish va uning turlari;
B) Hujjatlarni tahlil qilish metodi;
V) So
’rov metodlari va ularning turlari;
G) Ijtimoiy psixologik eksperiment va uning mohiyati;
D) Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda test metodi;
E) Proyektiv metodlar.
4. Ijtimoiy psixologik axborotni statistik qayta ishlash metodlari.
Har bir alohida bo`lgani singari ijtimoiy psixologiyaning o`z metodlari va ularni
qo`llash vositalari mavjud. To`g`ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya falarida
qo`llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o`ziga xoslikni hisobga olgan
holda ularni ishlatish yo`llari va m
’lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud.
Har qanday fanning yutug
’i ma’lum darajada uning metodik apparati rivoji bilan
belgilanadi. Fanning metodik apparati yangi ma
’lumotlarni qo’lga kiritish va uning asosida
nazariy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun ijtimoiy psixologiya
metodlarini ishlab chiqish doimo tadqiqotchilarning diqqat markazida bo
’lib kelgan.
Ijtimoiy psixologiya aniq metodlarni ishlab chiqish shu fan tomonidan ilgari suriladigan
nazariy holatlar va metodologik tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotchi tomonidan tanlab
olingan yoki loyihalashtirilgan metod u yoki bu nazariyani aks ettirib, tadqiqot ob
’ektini
tanlashni, qo
’lga kiritilgai natijalarni tahlil qilish usullarini belgilaydi.
'Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda konkret metodlarni qo
’llash avvalom bor shu tadqiqot
maqsadlaridan va o
’rganilayotgan ob’ektning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda ijtimoiy
psixologiya metodlarinint kim tomonidan qo
’llanilishi ham juda muhim hisoblanadi.
24
3.1- rasm.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotdan olingan axborotning ishonchliligi qayta tekshirish
o
’tkazilganda ham bir xil ma’lumotlar to’planishi, turli tadqiqotchilar tomonidan bir xil
natijalarni qo
’lga kiritish.
Asoslilik yoki validlik avvalombor tadqiqotchi qo
’llaydigan vositaning xususiyatlari
va bu vositaning aynan tadqiqotchini qiziqtirayotgan, o
’rganilayotgan ob’ektning aynan
zarur xususiyatlariii aniqlash imkoniga egaligi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-psixologik axborotning aniqligi tadqiqotchi tomonidan qo
’llanilayotgan
metodikalarning uni qiziqtirayotgan xususiyatlarni o
’rganishga mosligi bilan belgilanadi.
Asoslilik yoki validlik
Ijtimoiy-psixologik tadqiqot
o’tkazish
natijasida
qo’lga kiritilgan axborot quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
Dostları ilə paylaş: |