Obligatsiyalar bozori


-rasm. Kuponli obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligi YTM ning uning bozor qiymati P ga bogʻliqligi



Yüklə 412,43 Kb.
səhifə4/5
tarix26.11.2023
ölçüsü412,43 Kb.
#135023
növüReferat
1   2   3   4   5
Obligatsiyalar va qimmatli qog’ozlar bozori

1-rasm. Kuponli obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligi YTM ning uning bozor qiymati P ga bogʻliqligi
Kupon stavkasi k, qoplashgacha daromadlilik YTM va obligatsiya bozor bahosi P oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi fundamental qoidalarni quyida keltirib oʻtamiz:
- agar P˃F boʻlsa, unda k˃YTM;
- agar P˂F boʻlsa, unda k˂YTM;
- agar P=F boʻlsa, unda k=YTM.
Bu qoidalarga amal qilishda YTM ning kuponli toʻlovlarni reinvestitsiyalash stavkasiga bogʻliqligini unutmaslik kerak. Umuman YTM koʻrsatkichiga qoplashgacha oʻrtacha kutiladigan daromadlilik sifatida qaralishi lozim.
Muddatsiz obligatsiyalar qoplashgacha daromadliligi YTM ni aniqlash uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:

Misol koʻrib chiqamiz.
IBM kompaniyasining muomala muddati 100 yilga teng boʻlgan obligatsiyasi 92,50 birlik kurs boʻyicha sotib olingan. Kupon stavkasi 7,72 foizga teng va har yarim yilda bir marta toʻlanadi. Operatsiya daromadliligini aniqlang.
YTM=(1+(0,0772/2)*(100/92,50))2 – 1=0,0852 yoki 8,5 foiz.
Olingan natijadan koʻrinib turibdiki, mazkur obligatsiya qoplashgacha daromadliligi kupon stavkasidan yuqori.
Kuponsiz obligatsiyalar uchun yagona daromad manbai obligatsiyaning xarid bahosi va nominal bahosi (qoplash bahosi) oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Obligatsiyaning nominali maʻlum ekan (100 foiz qabul qilingan) operatsiya daromadliligini aniqlash uchun ikkita koʻrsatkich xarid bahosi P (yoki kurs K) va qoplash muddati n ni bilish etarli. Shunda kuponsiz obligatsiya boʻyicha qoplashgacha daromadlilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin:

Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, 1000 birlik nominalga ega kuponsiz obligatsiya 878,80 birlik baho boʻyicha sotib olingan. Obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligini aniqlang.

Kuponsiz obligatsiya boʻyicha qoplashgacha daromadlilik obligatsiyaning xarid bahosi va qoplash muddatiga nisbatan teskari bogʻliqlikka ega. Qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiyalar boʻyicha qoplashgacha daromadlilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:



bu erda FV – hisoblangan foizlarni oʻz ichiga olgan qoplash summasi.
Amaliyotda bunday moliyaviy instrumentlar ikkilamchi bozorda nominaldan farqli bahoda sotilishi mumkin. Shuning uchun ham umumiy holatda qoplashgacha daromadlilik YTM kurs bahosi K orqali aniqlanishi qulayroq hisoblanadi:

Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, nominali 100 ming birlikka teng boʻlgan qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiya 90 ming birlikka, yaʻni nominalining 90 foiziga sotib olingan. Yillik foiz stavkasi 20 foiz. Investitsiya daromadliligini aniqlang.

Bunday moliyaviy instrumentlar boʻyicha qoplashgacha daromadlilik va
bozor bahosi (kursi) oʻrtasidagi bogʻliqlikdan quyidagi qoidalarni anglash mumkin:
- agar P˂F (K˂100) boʻlsa, unda YTM˃k boʻladi;
- agar P=F (K=100) boʻlsa, unda YTM=k boʻladi;
- agar P˃F (K˃100) boʻlsa, unda YTM˂k boʻladi.
Obligatsiyalar real qiymatini aniqlash va daromadliligini baholash boʻyicha
yuqoridagilarga qoʻshimcha tarzda boshqa koʻrsatkichlardan ham amaliyotda keng foydalaniladi.

Yüklə 412,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin