Образование в Турции



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/12
tarix15.03.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#114864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4-mavzu oila

Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o‘ylangan ish tizimidir. Uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to‘g‘risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo‘jalik mexanizmi to‘g‘risida tushuncha va tasavvurlar majmuini o‘zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta’minlaydi. Shu asosda yuqori rentabellikka, jihozlar va texnologiyani yangilashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka, mahsulot sifatini yaxshilashga va pirovard natijada, shaxsiy muvaffaqiyat va farovonlikka intilish tarkib topadi.

  • Iqtisodiy tarbiya – o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o‘ylangan ish tizimidir. Uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to‘g‘risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo‘jalik mexanizmi to‘g‘risida tushuncha va tasavvurlar majmuini o‘zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta’minlaydi. Shu asosda yuqori rentabellikka, jihozlar va texnologiyani yangilashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka, mahsulot sifatini yaxshilashga va pirovard natijada, shaxsiy muvaffaqiyat va farovonlikka intilish tarkib topadi.

o‘quvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko‘nikmalaribilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish;

mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, boqimandalik kayfiyatlariga, xo‘jasizlikka, isrofgarchilikka, beparvolikka murosasiz munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash

o‘quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish;

oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan izlanishlarda mehnatga yo‘nalganlikni tarbiyalash;

kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo‘jalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash;


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin