Odob-axloq kodeksi



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə1/10
tarix11.11.2023
ölçüsü126,5 Kb.
#132074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
odob axloq kodeksi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
ODOB-AXLOQ KODEKSI
Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan

Farg‘ona – 2023


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETINING
ODOB-AXLOQ KODEKSI


1-bob. Umumiy qoidalar



  1. modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar



Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qarori hamda boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari va doktorantlari (keyingi o‘rinlarda – professor-o‘qituvchi, xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.



  1. modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari



Odob-axloq kodeksining maqsadlari:
professor-o‘qituvchilar, xodim, talaba va doktorantlar madaniyatni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish;
universitetga oid odob-axloqning tushunchasini shakllantirish va takomillashtirib borish;
professor-o‘qituvchilar, xodim, talaba va doktorantlarni universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
universitetda kiyinish, tashqi ko‘rinish va xulq-atvorga bo‘lgan talablarni o‘rnatishdan iboratdir.

Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin