3. Xissiy holatlarni korreksiyalash usullari.
4. O’z-o’zini boshqarish usullari. Kognitiv usul.
1. Psixokorreksiyaning maqsadi inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish sanaladi. Biz bo`lajak psixologlar bu soxaga ko`p murojaat qilamiz.Buning sababi o`quvchilarning yosh davr xususiyatlariga binoan ruxiy rivojlanish,shaxsning shakllanish qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish.O`qituvchilar faoliyatida esa,talaba va o`quvchilar ta'lim-tarbiyasini induvidiallashtirishda yordamlashish,ularning qobiliyati,o`sish darajasiga qarab o`qituvchi va tarbiyachilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko`maklashishni taqozo etadi.Psixologik xizmatning ushbu yo`nalishida ahamiyat kasb etadigan narsa bu- yosh bolalar ,o`quvchilar va talabalar o`sishida kechikish,ularda xulqning buzilishi,ta'limda o`zlashtirishning yomonlashuvini o`rganish hisoblanadi. Amaliyotchi psixologlar o`quvchi va talabalarning psixik taraqqiyotidagi xulq-atvor va muomalasidagi nuqsonlar va kamchiliklarni asta-sekin tuzatish,korreksiya qilish dasturini ishlab chiqib uni amaliyotga tatbiq qiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg`ulotlar o`tkazish,ijodiy qobiliyatlarini o`stirish maqsadida treninglar olib boradi. Psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi. - Diagnostika uchun ma'lumotlarni olish; Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlari, bazi belgilarining ko`rinishlarini o`rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi.Masalan darsda o`quvchi diqqatining barqaror emasligi,diqqatini bir joyga to`plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi tez chalg`ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. - Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi; ichkilikbozlik, giyohvandlik,o`z-o`zini o`ldirish bilan bog`liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko`ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir.Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, ishdagi tushunmovchiliklarning barchasi shaxs ruhiyatini jarohatlaydi.Bu vaziyatda bola mavjud vaziyatni turli yo`llar bilan o`zgartirishga harakat qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni jamiyatning va atrofdagi odamlarning qat'iy nazorati ostida amalga oshadi. Zamonaviy psixokorreksiyaning vazifasi deviant xulq-atvor egalarini to`g`ri yo`lga yo`naltirishdan iborat.Ijtimoiy nazorat obektlari; maktab ,mahalla, IIV Vazirligining xududiy idoralari bola tarbiyasiga tasir ko`rsatadi.Psixolog bola xulqini nazorat qilar ekan ijtimoiy nazorat obektlari bilan hamkorlikda ish olib borishi kerak.Inson tarbiyasida eng muhim va eng birinchi ijtimoiy nazorat instituti bu - oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog`lom oila muhitining o`rni kattadir .Shundan kelib chiqib ota-ona va ustozlarga psixokorreksiya va psixodiagnostikaning mohiyatini ko`proq targ`ibot qilish ,tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Inson yumshoq plastilin ham qattiq metal ham emas.Uni bukib yoki eritib xohlagan buyum yasashga harakat qilish tabiat qonuniga zid.Insonda faqat o`zigagina xos bo`lgan qalb va sezgi,fikrlash yo`sinlari, mehr,g`azab,quvonch va qayg`u tuyg`ulari mavjud .Millionlab odamni doimiy ravishda bir xil kayfiyatda ushlab turishning aslo iloji yo`q. Bunday xolat faqat bayram yoki g`alaba damlarida yuz berishi mumkin. Bola buyuk taqlitchi . Kattalar nima qilsa shuni qilishga harakat qiladilar.Yuqoridagi fikrlarning dalili sifatida bolalarni o`zimiz xohlagan ,,qolipda''bo`lishiga majburlash,o`z fikrimizni unga singdirish xato sanaladi.Har bir bolaning o`ziga xos qalbi,dunyoqarashi,fikrlash yo`sini turlicha bo`ladi.Ularning xarakteridan kelib chiqib har bir bolaga alohida yondashuv talab qilinadi.Birinchidan bola qarshisiga ikki xil mavzudagi fotosurat qo`yiladi. Biri ijobiy ikkinchisi esa salbiy mavzuda, tanlash esa ixtiyoriy.Tanlov amalga oshirilgandan so`ng nima uchun aynan shuni tanlagani so`raladi. Bordiyu bola noto`g`ri tanlovni amalga oshirsa, Har ikkala fotosurat haqida ma'lumot berib ,to`g`ri yo`lga yo`naltiriladi.Keyingi safar bola adashmasligi uchun.Millionlab bolani bir-biri bilan taqqoslash salbiy xolatga sabab bo`lishi mumkin.Xulqi og`ishgan bolalar xarakterini korreksiyalashda har bir bola uchun alohida dastur ishlab chiqiladi.Bola qalbi ipakdek nozik, kamalakdek ranggo-rang.Biz bu ranglarni to`g`ri anglashimiz va qiziqishi bilan kasbga yo`naltirish lozim.Agar bola xohlamagan narsani qilishga majburlasak O'z qo`limiz bilan uning kulgusini.baxtini o`g`irlagan bo`lamiz.Kelajakda bunday bolardan muvofaqqiyatli natijalarni kutish yaramaydi. Bu esa mamlakat taraqqiyotiga o`ztasirini o`tkazmay qo`ymaydi. Aytaylik bolangiz skripka chalishga qiziqadi.Siz esa uni arxitektor bo`lishini istaysiz.Bola ulg`aya boshlagach siz xohlagan narsalarni bajarish joniga tegadi. Atrofdan o`ziga boshqa narsa izlay boshlaydi.Bunday vaqtda bolada xulq og`ishishlari yuzaga kelishi mumkin.Ota-onalarga buni to`g`ri tushuntirish va targ`ibot qilish lozim. ,, Har qanday millatning ravnaqi,umumbashariyat tarixida tutgan o`rni mavqei va shuxrati bevasita o`z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog`liqdir'' . Sharq mamlakatlarida o`ziga xos sharqona mentalitet va madaniyat hukmron .Biz buni hech narsa bilan inkor etaolmaymiz.Bola tarbiyalashda avvalambor milliy ruh ustuvorligiga e'tibor qaratish, farzandlarimizni umumbashariy qadriyatlarimizga xurmat ruxida kamol toptirish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.Bolalar o`z dunyosiga har kimni ham yaqinlashtiravermaydi.Psixolog bunday vaziyatda xulqi og`ishgan bola bilan ishlashda xuddi u kabi fikrlash ,u kabi harakat qilib ijobiy natijaga erishadi. Bugungi tezkor zamonamizda xulqi og`ishgan bolalar xarakterini korreksiyalashda ,,jonli muloqot ''usulidan foydalanish samaraliroq.Axborot asrining kashfiyotlaridan uyali aloqa vositalari ,internet bola ruxiyatiga va sog`ligiga salbiy tasir ko`rsatadi.Virtual dunyoda ko`p bo`lish xulq buzilishiga olib keladi.Ko`p vaqtini virtual dunyoda o`tkazgan bola jonli dunyodan ajralib qoladi natijada tajang, tez jahli chiqadigan bo`lib qoladi.Ota-onasi va ustozlarining gapiga quloq solmaydi.O`z vaqtida buni oldi olinmasa bola tarbiyasida va o`zlashtirishida nuqsonlar paydo bolishi mumkin . Hozirgi zamonda yuzma-yuz suhbat tarovati yo`qolmoqda.Suhbatdoshning jonli, haroratli nafasi davralardan chiqib ketdi.Qaysidir zamonlar uzoq davom etuvchi sokin, rutubatli qish kechalari issiq sandal atrofida o`tirib hech qanday axborot vositalarisiz o`tkaziladigan qissaxonliklar navoiyxonliklar ,mashrabxonlik davralarini bugungi hech bir oilalarda ko`rmaymiz. Otaonalar farzandlari bilan ko`proq birga vaqt o`tkazishlari maqsadga muvofiq.Bolalarni yot axborot xurujlaridan saqlashning birdan-bir yo`li ularni kitoblarning sehrli olamiga oshno qilishdir .Bolalar xarakteriga ijobiy tasir ko`rsatadigan narsa bu jonivorlar.Atrofdan ,tengdoshlaridan ajralib qolgan bolaga biror hayvonni olib bersangiz bolada unga nisbatan mehr uyg`onadi.Bolalarni ko`proq hayvonot bog`iga olib borish,bolada emotsiyani shakllantiradi.Yaniki ,har safar hayvonot bog`iga borib bitta hayvonga mehr qo`yadi .Har safar uni ko`rganda quvonadi.Bordiyu kimdir hayvonchasiga ozor bergudek bo`lsa bola azoblanadi.Guvohi bo`lganingizdek farzandingizda oila a'zolari va yaqinlariga nisbatan mehr uyg`onadi. Zamonaviy psixologiyada bola bilan xuddi kattalardek munosabatda bo`lish aytiladi .Buning sababi bola o`z- o`zini baholashni o`rganadi.O`z Meniga ishonch uyg`onadi.Bolani tarbiyalashni odatda 3 yoshidan boshlashadi.Biz farzandimizni qo`liga tutqazgan biror buyum yoki o`yinchoqni toki shundan zerikmaguniga qadar tortib olmasligimiz kerak.Bola o`yinchoqni buzib qo`ysa ,o`yinchoqni tuzatib bermang ,bola uni o`zi sozlashga harakat qiladi.Bu jarayonda bolaning aqliy faoliyati takomillashadi.Bundan natija nima degan savol tug`ilishi mumkin .Bu jarayonda biz bolaning nimaga qiziqishini bilib olamiz va to`g`ri kasbga yo`naltirgan bo`lamiz.Bola qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uni o`z xoliga qo`yib kuzatishdan boshlanadi.Modomiki, biz bola dunyoqarashini to`g`ri yo`lga sola olsak unda hech qanaqa xulq og`ishishi yuzaga kelmaydi.