Ma’ruza matnlari.
86
Lug‘aviy birlikning borliqqa munosabatini o‘rganish – leksikologiyaning
muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi hayotiga, amal qilayotgan davrga
munosabati ochiladi. Masalan, yaqin o‘tmishda
savdogar so‘zida salbiy ottenka
bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda.
Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‘atchilik), tarjima, lingvopoetika
va nutq madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ularning har biri leksikologik nazariyani
boyitadi. Masalan, tarjima qiyosiy leksikologiya uchun qimmatli materiallar
beradi.
Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni farqlab,
ularning sistemasiy munosabatlarini tadqiq qiladi.
Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik tadqiq
usul – distributiv (so‘zning chegarasini belgilash, morfologik strukturasini
aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy xususiyatlarini tahlil etish),
komponent tahlil (leksema va so‘zlar ma’noviy tarkibini aniqlash),
transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: