Ma’ruza matnlari.
118
qarab, tuyalar tezroq yoki sekinroq yurishi ham mumkin. Rasululloh
billurlar deb shu karvonda
birga ketayotgan onalarini nazarda tutganlar. Karvondagi ayollar
xavdaj deb nomlangan chodir
tutilgan, egarning ustiga mahkamlangan maxsus o‘rindiqda yurardilar. Tuya tez yurganda
xavdajlar qattiq silkinib, ayollarga biroz noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun Rasululloh
sallallohu alayhi vasallam sarbonga tuyalarni shoshirmaslikni buyurib, buni ta’riz, ya’ni go‘zal
ibora bilan ifodalagan.
Ko‘rinadiki, evfemizmlarning qo‘llanishi muloqot madaniyati darajasini ko‘rsatuvchi
hodisalardan bo‘lib, unga muloqot madaniyati ko‘zgusi orqali munosabatda bo‘lish lozim.
Eslatib o‘tish joizki, аyrim hollarda metafora va vazifadoshlik,
metonimiya va sinekdoxa hodisalari orasiga qat’iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi.
Shuning uchun tilshunoslikda metafora va vazifadoshlikni birlashtirib,
metafora, metonimiya va sinekdoxani birlashtirib, metonimiya sifatida qarash
kerakligi haqidagi fikrlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: