Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   234
hozirgi ozbek tili

Stolsindi, 
eshikbuzildi 
gaplaridagi 
stol 
so‘zining 
oyoq”(stolning  oyog‘i),  eshikso‘zining “qulf”(eshikning  qulfi)hosila  ma’nolari 
nutqiy  sinekdoxik  ma’noga  misol.  Ammo  har  qanday  butunlik  nomi  bilan 
qismni, qismning nomi bilan butunni atab bo‘lmaydi. Masalan, daraxt va shox, 
barg,  tana,  ildiz,  meva  butun  va  qismdir.  Lekin  barg  deganda  hech  qachon 
daraxt  anglashilmaydi.  Ammo  meva  номи,  masalan,  olma  atamasi  orqali 
daraxt ham ifodalanadi.  
Metonimiya 
(grekcha: 
metonymia 
– 
“qayta 
nomlash”) 
ifodalanmishlarining 
o‘zaro 
bog‘liqligi, 
aloqadorligi 
asosida 
bir 
ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi. 
Metonimiya  ham  yangi  ma’no  hosil  qilish  jarayoni  va  bu  jarayon 
natijasining  barqarorligiga  ko‘ra  lison  va  nutqqa  daxldor  hodisa.  Boshqacha 
aytganda,  metonimik  hosila  ma’no  sof  nutqiy  yoki  lisoniy(lashgan)  bo‘lishi 
mumkin. 
Metonimik ma’nolarning asosiy ko‘rinishlariga misol keltiramiz: 
1) bir narsa predmetning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsa 
ataladi: 
a)  stakan1–ichimlik  uchun  ishlatiladigan  silindr  ko‘rinishdagi  shisha 
idish; stakan2 –bir stakan hajmiga teng suyuqlik miqdori (bir stakan suv); 
b)  dasturxon1–o‘rtaga  yozilib,  ustiga  oziq-ovqat  qo‘yiladigan  mato 
materialli  ro‘zg‘or  buyumi;  dasturxon2  –yeyish  uchun  o‘rtaga  qo‘yilgan  oziq-
ovqat; 
2)  materialning nomi shu materialdan yasalgan mahsulotga o‘tadi: 
a)  kumush  1–oq-ko‘kish  rangli  yaltiroq  tusli  asl  metall;  kumush  1–
kumushdan zarb qilingan pul, tanga; 
b)  qog‘oz1–yozish, chizish, kitob, gazeta, jurnal boshqa hamda boshqa 
shunga  o‘xshash  maqsadda  ishlatiladigan  yog‘och,  eski  latta-putta  va  shular 
kabidan tayyorlangan yupqa material;qog‘oz2 –varaq, bet; 
3)  joy nomi bilan shu joyda  yashovchi kishilar ataladi: 
qishloq  1–aholisi  ko‘proq  qishloq  xo‘jaligi  bilan  shug‘ullanuvchi  aholi 
punkti; qishloq 2 –qishloqda yashovchi kishilar (Qishloq nima deydi?). 
4)  harakat ifodalovchisi bilan uning natijasi yoki unga aloqador bo‘lgan 
jarayon nomlanadi: 


Ma’ruza matnlari.  
 
117 
to‘y  1–yeb-ichish  natijasida  nafsni  qondirmoq;  to‘y  2  –bazm-tomosha 
bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan marosim. 
5) predmetning nomi bilan shu predmet hosilasi ataladi: 
a) til 1–og‘iz bo‘shlig‘ida harakatlanuvchi nutq a’zosi;til 2–shu nutq a’zosi 
harakati natijasida hosil bo‘lgan nutq; 
b) Navoiy 1–o‘zbek mutafakkir shoiri; Navoiy 2 –Alisher Navoiy asari. 
Кo‘rinadiki, metonimik hosila ma’noning ayrimi sof lisoniy mohiyat kasb 
etgan  bo‘lsa,  ayrimi  nutqiy  sathdagina  mavjud.  Masalan,  Navoiyni  o‘qidim 
gapidagi Navoiyso‘zi ellipsis natijasida tushib qolgan asar so‘zining ma’nosini 
ifodalamoqda va u nutqiy  tabiatga ega. Ammo keltirilgan  dasturxon 2, to‘y 2, 
qog‘oz  2,  kumush  2ma’nolari  lisoniylashgan,  sememaga  aylangan  metonimik 
ma’no.  
Metonimik  hosila  ma’noning  vujudga  kelishi,  asosan,  lisoniy  bog‘lanish 
emas,  balki  obyektiv  borliq  hodisalari  orasidagi  nolisoniy  aloqadorlik  bilan 
bog‘langan. 
Vazifadoshlik  –semema  vujudga  kelishining  asosiy  yo‘llaridan  biri. 
Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo‘lgani kabi, 
o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko‘rinishdagi o‘xshashlikka 
asoslanilsa,  vazifadoshlikda  bajariladigan  vazifaning  o‘xshashligi  asosida 
yangi  ma’no  vujudga  keladi.  Masalan,  dastlab  kamonning  paykoni  o‘qdeb 
atalgan.  Miltiq  kashf  etilgach,  uning  porox  to‘ldirilgan  pistonli  gilzasi  ham 
paykonniki  kabi  vazifani  bajarganligi  bois  o‘q  deb  ataladi.  Rus  tilidagi  pero 
(pat)  so‘zi  ham  shunday  ma’noviy  taraqqiyotga  ega.  Ma’lum  bo‘ladiki, 
vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no nafaqat mustaqil semema 
darajasiga yetadi, balki o‘ziga asos bo‘lgan bosh, asosiy sememadan ham ko‘ra 
faollashib,  qo‘llanish  doirasi  kengayib  ketadi.  Masalan,  ilgari  ko‘mir  so‘zi 
“ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i” sememasiga ega 
edi. Bugungi kunda bu semema tarixiylashib, u “yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan 
hosil  bo‘lgan  qattiq  va  qora  rangli  yoqilg‘i”  hosila  sememasi  bilan  tilimizda 
yashaydi. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin