Mustaqil o‘qish uchun Komil inson – yuksak munosabat sohibi Komil insonning o‘ta kamtarin, biror hukm-xulosa chiqarishda juda ehtiyokor bo‘lishining
asosiy sababi shundaki, u har bir masalada bilganidan bilmagan tomonlari ko‘proq ekanligini
tushunadi va har doim ehtiyot munosabatda bo‘ladi.
Omiy va johil uchun esa hamma narsa ayon, chunki u hech narsani bilmaydi, jumladan, o‘zinig
bilmasliginini ham. Tiliga ixtiyorsizligidan xayoliga kelgan bo‘lg‘ur-bo‘lmag‘ur fikrlarni hayiqmay
bayon qilaveradi va el orasida e‘tiborini yo‘qotadi. Tasavvuf axloqi omiy va johilga to‘g‘ri gapni
uqtirishga intilishni ham johillik alomati deb biladi va hamisha “Suxan ba ahli suxan boyad guft"
(So‘zni aytgil uqqanga) amali asosida ish ko‘rishni tavsiya etadi. Shuning uchun hatto Mansur
Xallojning o‘ldirilishini buyuk oriflar (jumladan, Xoja Abdullo Ansoriy Hiraviy) qattiq
qoralamaganlar, zero u “analhaq” (“Men Haqman”) shiorini Haq va Inson birligini tushungan oriflar
davrasidagina emas, shariat ahkomlari, shariat talqinidagi Alloh (Xudo)ga iymon keltirgan, ma‘rifiy
Haqqi mutlaqdan mutlaqo bexabar omiy va johil dindorlar orasida ham targ‘ib etavergan, so‘zni
uqolmaydiganlarga aytgan. Shu bois shariat yuzasidan to‘g‘ri jazolangan, zero shariat uqishni emas,
uning ahkomlariga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishni talab etadi.