Ma’ruza matnlari.
88
4.LEKSEMA VA SO‘Z
Kalit tushunchalar
leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema
O‘zlashtiriladigan tushunchalar
leksema, so‘z
Leksema talqiniga doir. Leksema (gr. Lexis – so‘z, ifoda) terminini
qo‘llash 1918- yilda rus tilshunosi A.M.Peshkovskiy tomonidan taklif etilgan.
Ilk marta N.N.Durnovoning “Grammatik lug‘at”iga kiritilgan. Leksema termini
so‘zlarni grammatik xususiyatlardan xoli idrok etish uchun tanlangan. Shu
boisdan kitob, kitobni, kitobga birliklari grammatik shakllangan uchta so‘z,
lekin ular zamirida bitta leksema yotadi. Tilshunoslikda bu talqinga
V.V.Vinogradov, A.I.Smirnitskiy, A.A.Zaliznyak katta hissa qo‘shishgan.
Amerika tilshunosligida Bu terminni 1938- yilda B.Uorf, 1963- yilda J.Layonz
tomonidan qo‘llangan. Ular tomonidan leksema terminini qo‘llashda
so‘zlarning lison va nutqdagi o‘rniga e’tibor qaratilmaydi. Masalan,
U.Vaynrayx (1966) lug‘atda qamrab olinuvchi har qanday ifodani, hatto
idiomalarni ham leksema sifatida qaraydi. Fransuz tilshunosligida leksemani
mustaqil ma’no ifodalovchilar sifatida olib, morfemaga qarama-qarshi
mohiyatli birlik sifatida tushunish ham mavjud (A.Martine, 1963). O‘zbek
tilshunosligida lison va nutqning izchil farqlanishi natijasida leksemaga
mustaqil leksik ma’no, qisman faqat grammatik ma’no (masalan, yordamchi
so‘zlar) anglatishi mumkin bo‘lgan til hodisasi sifatida qarash ommalashgan.
Dostları ilə paylaş: