Mustaqil o‘qish uchun Ma’no nozik masala Bir qarashda til birliklarining ma’nosi oddiyga o‘xshaydi. Biroq har bir sathda o‘z birliklarining
ma’no sirlari bor.
Leksikada so‘zlar birlik va ko‘plikda bo‘ladi deymiz: oyoq, uy, stul birlikda; qo‘llar, toshlar ko‘plikda; xalq, millat – jamlovchi ot. Lekin nega oyoq bitta predmetni anglatsa, Tovuq bir oyoqda turibdi deymiz?
Demak, oyoq so‘zida birlik ma’nosi ikki marta ifodalangan ekan-da!Uy toshdan qurilgan (bitta
toshdanmi?)
Morfologiyada Yoki chaqaloqcha so‘zini olaylik. Chaqaloq aslida “kichkina” ma’nosiga ega. Lekin unga
kichraytirish-erkalash qo‘imchasini qo‘shamiz. Teshik so‘zida ham “kichik” degan ma’no bor. Ammo
juda katta teshik degan birikmani qo‘llaymiz.
Sintaksisda Sintaksisda ham bunday qiziq ma’nolarni ko‘rish mumkin. Masalan, Salim uyga bordi gapida
bordi bir martalik harakatni ifodalagan. Lekin uni ikki marta qo‘llasak-chi: Salim uyga bordi, bordi.
Bordi so‘zi ikki marta qo‘llanganda, ikki marta takrorlangan harakatni emas, ko‘p, tinimsiz
harakatni ifodalaydi.