Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/234
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#112334
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   234
hozirgi ozbek tili

14- ma’ruza 
 
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR 
 
Reja: 
1.  Leksik munosabat turlari. 
2.  Sinonimiya. 
3.  Antonimiya. 
4.  Graduonimiya. 
5.  Giponimiya. 
 
Kalit tushunchalar 
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi belgi, farqlovchi belgi, 
relevant belgi, irrelevant belgi 
 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
leksik-semantik  munosabat,  leksik-shakliy  munosabat,  sinonimik  munosabat, 
sinonim,  antonimik  munosabat,  antonim,  graduonimik  munosabat,  graduonim,  giponimik 
munosabat, giponim 
 
 
1.  Leksik  munosabat  turlari.  Tilda  leksemalar  orasida  turli  xil 
munosabatlar  amal  qiladi.  Ba’zi  munosabatlar  ma’no  asosida  bo‘lsa, 
boshqalari orasida shakliy munosabatlar mavjud. Shu boisdan leksemalararo 
munosabatlarni ikkiga ajratish mumkin: 
1)  leksik-semantik munosabatlar; 
2)  leksik-shakliy munosabatlar. 
Leksik-semantik  munosabat    deganda  leksemalarlarning  o‘zaro  ma’no 
asosidagi o‘xshashlik va farqlari tushunilsa, leksik-shakliy munosabat  sifatida 
leksemalarning o‘zaro shakl asosidagi o‘xshashlik va farqlari e’tiborga olinadi. 
Leksik  birliklar  lisonda  turli  semantik  munosabat  asosida  har  xil 
paradigma  hosil  qilgan  holda  mavjud  bo‘ladi.  Sinonimik,  antonimik, 
graduonimik,  partonimik,  giponimik  munosabat  ana  shunday  lisoniy 
munosabatlardir. 
Leksik-shakliy 
munosabatlar 
sirasida 
omonimiya 
(shakldoshlik)  va  paronimiya  (talaffuzdoshlik)  hodisalari  qaralib,  ular 
bevosita  til  strukturasiga  daxldor  bo‘lmaganligi  sababli  bizning  tahlil 
obyektimiz sifatida qaralmaydi. 
 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin