Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə126/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

AQSh Kordil’erasi. AQSh Kordil’era tog‘lari o’lkasi Kaliforniya botig‘i va Katta Havzaning shimoliy qismlaridan boshlanib, janubda Kaliforniya qo‘ltig‘i va Meksika tog‘lig’igacha davom etadi. Uning hududi subtropik kengliklarda joylashgan bo‘lib, quruq iqlim va kserotermik sharoitda vujudga kelgan landshaft majmualari bilan Kanada va Alyaska Kordil’eralaridan ajralib turadi. AQSh Kordil’erasi shimoldagi o’lkalardan o‘zining nisbatan kengligi, geologik strukturasi va orografik tuzilishining murakkabligi bilan ham farq qiladi.
Bu hududda ham Kordil’era tizimining boshqa qismlariga o‘xshash tog‘ tizmalari va ularni bir-biridan ajratib turgan ichki platolar, botiqlar Tinch okean qirg‘oqlariga parallel ravishda joylashgan. G‘arbda sohil bo‘ylab o‘rtacha balandlikdagi Qirg‘oq tizmalari okean sathidan 1600-2000 metr ko‘tarilgan. Bu tizmalarning ayrim hududlari Tinch okeanga quyiladigan daryolarning ko‘ndalang vodiylari bilan kesilgan. Qirg‘oq bo‘ylarida yangi tektonik harakatlar bir muncha faol bo‘lganligi sababli yer qimirlashlar tez-tez takrorlanib turadi.
Qirg‘oq tizmalaridan sharqda Kaliforniya tog‘ oralig‘i botig‘i joylashgan. U shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon submeridional ravishda 800 km masofaga cho‘zilgan. Kengligi 40-80 km va maydoni 47 000 km2 ga yaqin. Botiq yuzasi okean sathidan 20-160 m balandlikda joylashgan. Kaliforniya botig‘i kelib chiqishiga ko‘ra tektonik bukilma bo‘lib, mezozoyda vujudga kelgan. Keyinchalik asta-sekin juda katta qalinlikdagi allyuvial-prolyuvial cho‘kindi yotqizilar bilan to‘lib borgan.
Kaliforniya botig‘ining iqlimi tipik O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim. Nam subtropik iqlimdan kontenentallik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yoz oylari issiq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda 27° C dan janubda 35° C gacha ko‘tariladi. Bu yo‘nalishda atmosfera yog‘inlari aksincha kamayadi. Yilllik yog’in miqdori shimolda 750-1000 mm ni, janubda 150-200 mm ni tashkil etadi. Shimoliy qismi subtropik chala cho‘l landshaftlari bilan band. Kaliforniya vodiysi AQShning subtoripik dehqonchilik rivojlangan vodiysi hisoblanadi. Bu yerda Sakramento va San-Xoakin daryolarining suvi bilan sug‘oriladigan sitrusli bog‘lar va tokzorlar barpo etilgan.
Kaliforniya vodiysidan sharqda submeridnonal yo‘nalishda 750 km masofaga cho‘zilgan Serra-Nevada tog‘ tizmasi joylashgan. Uning eng baland nuqtasi Uitni tog‘i okean sathddan 4418 m yuqori ko‘tarilgan. Serra-Nevada massivi Nevada burmalanish bosqichida vujudga kelgan, tektonik jihatdan kam parchalangan, granit va dioritlardan tashkil topgan. Tizmaning sharqiy tik yonbag‘ri chuqur daralar bilan, g‘arbiy qiya yonbag‘ri daryo vodiylari bilan kesilgan. Yonbag‘irlarning yuqori qismi qadimgi muzliklar bilan ishlangan. Sharqiy tog‘ etaklarida issiq buloqlar va
loyqa vulkanlar uchraydi. Yangi tektonik harakatlar faoliyati hozir ham davom etmoqda.
Serra-Nevada tog‘ tizmasi o‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlimga ega. Uning g‘arbiy yonbag‘ri nam subtropik bo‘lib, yiliga 2000 mm dan ziyod yog‘in tushadi. Sharqiy yonbag‘rining iqlimi aksincha quruq va kontinental. Yog‘inning asosiy qismi qish oylariga to‘g‘ri keladi. Tuproq-o‘simlik qoplami balandlik mintaqalar bo‘ylab joylashgan. Quyi mintaqada tog‘ jigar rang va qizil-jigar rang tuproqlar, yuqori mintaqalarda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-o‘tloq tuproqlari rivojlangan. G‘arbiy yonbag‘rining 1000 m balandlikkacha bo‘lgan qismi doimiy yashil eman butalari bilan, 1500 m atrofidagi balandliklar bo‘yi 150 m ga va diametri 10 m ga yetadigan ulkan sekvoyya o‘rmonlari bilan, 2800-3000 m balandlikkacha bo‘lgan qismi shakar qarag‘ay, sariq qarag‘ay, kedr, pixta kabi igna bargli o‘rmonlar bilan qoplangan. 3000 m dan yuqori qismi al’p o‘tloqlari bilan band. Sharqiy yonbag‘rida qarag‘ayli siyrak o‘rmonlar keng tarqalgan.
Serra-Nevada tizmasi bilan Qoyali tog‘lar oralig‘ida keskin kontinental iqlimli va chala cho‘l landshaftlari keng tarqalgan Kata Havza yassi tog‘ligi joylashgan. Uning yuzasi o‘rtacha 1200-1500 m ko‘tarilgan. Umumiy maydoni 550 ming km2. Katta Havza hududi shimoldan janubga tomon bir-biriga parallel ravishda chuzilgan tog‘lardan, platolardan, botiqlardan va cho‘kmalardan iborat. Tog‘lar 80- 120 km masofaga cho‘zilgan, balandligi 3000 m dan ham oshadi. Uiler-Pik tog‘ining balandligi 3980 m. Ularning geologik tuzilishi ohaktoshlardan, kristalli slaneslardan tashkil topgan. Eng chuqur botiq Ajal vodiysi bo‘lib, okean sathidan 85 m pastda joylashgan.
Iqlimi keskin kontinental, quruq. Shimoliy qismi mo‘tadil, o‘rta va janubiy qismlari subtropik iqlimga ega. Yozi issiq, iyul oyiniig o‘rtacha harorati +200+22°S atrofida. Maksimal harorat +56,7°S kuzatilgan. Qishi sovuq, yanvarning o‘rtacha harorati 0-2°S, minimal harorat -30°S. Atmosfera yog‘inlari juda kam tushadi. O‘rtacha yillik yog‘in 200 mm atrofida, ayrim botiqlarda 100 mm dan ham kam. Tog‘ yonbag‘irlarida yog‘in miqdori 500 mm gacha ortadi. Gidrografik to‘r nihoyatda kam rivojlangan. Eng katta daryosi Gumboltd okean va dengizlarga oqib chiqmay berk havzada tugaydi. Qoldiqli sho‘r ko‘llar ko‘p uchraydi. Bular Katta sho‘r ko‘li, Piramid, Sevir, Yuta va boshqalar. O’lkaning katta qismi chala cho‘l landshaftlari bilan band. Tuproq qoplami qo‘ng‘ir, bo‘z, sho‘r va sho‘rxok tuproqlardan tarkib topgan. Chala cho‘llarda bizon o‘ti, qora shuvoq, sho‘ralar ko‘p o‘sadi. Tog‘ yonbag‘irlarida qing‘ir-qiyshiq qarag‘aylar, mojjevelniklar keng tarqalgan. Janubiy qismida kaktuslar, agavalar, yukkalar o‘sadi.
Katta havzaning janubi-sharqida balandliga 2000 m dan oshadigan Kolorado platosi joylashgan. Platoning asosi kembriygacha bo‘lgan metamorfik va kristalli jinslardan iborat. Ularning yuzasi paleozoy va mezozoyning gorizontal joylashgan qalin cho‘kindi jinslari bilan qoplangan. Maydoni 300 ming km2 dan ko‘proq. Hududining asosiy qismi 1800-2500 m balandlikda joylashgan. Plato yuzasi Kolorado daryosi va uning irmoqlari hosil qilgan behisob kanyonlar bilan kesilgan. Kanyonlar orasida eng yirigi va tabiatan go‘zali Katta Kanyon bo‘lib, u butun dunyoga mashhurdir. Uning uzunligi 320 km, chuqurligi 1800 m, kengligi platoning
yuza qismida 8-25 km, daryoning suv sathida 1 km atrofida. Konyonning yonbag‘ri tik tushgan, kuchli parchalangan. Kolorado daryosi gorizontal yotgan mezozoy, paleozoy cho‘kindi jinslaridan tortib to arxeyning kristall jinslarigacha chuqur kesib o‘tib, rang-barang tabiat obidalarini hosil qilgan.
Platoning ayrim hududlarida qoldiqli tog‘lar, so’ngan vulkanlar va lakkolit massivlari ancha balandlikka ko‘tarilgan. Ularning eng baland joyi Hamferis-Pik tog‘idir (3851 m). Iqlimi quruq, keskin kontinental, subtropik. Daryolarning suv rejimi kuchli o‘zgaruvchan va tez oqar. Kolorado daryosi Katta Kanyonning ayrim joylarida soatiga 25 km tezlik bilan oqadi. Yozda ko‘pchilik daryolar qurib qoladi yoki suvi kamayadi. Koloradoning o‘zi Qoyali tog‘lardagi qorlardan to‘yinadi. Qazilma boyliklari ichida uran, vanadiy, polimetall rudalari va oltin konlari yetakchi o‘rin egallaydi.
Kolorado platosidan janubi-g‘arbda uncha balnad bo‘lmagan qum massivlari va maydalangan materiallar bilan qoplangan cho‘lli platolar mavjud. Ulardan Moxave cho‘li Kolorado daryosidan g‘arbda va Xila cho‘li undan sharqda joylashgan. Moxave cho‘lining janubida joylashgan tektonik cho‘kma yuzasi okean sathidan 75-85 m pastda bo’lib bu cho‘kma Imperiya vodiysi deb ataladi.
AQSh Kordil’erasi o’lkasining sharqiy qismi Qoyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu tog‘lar tik yonbag‘irlar hosil qilib, shimoldan janubga tomon cho‘zilgan. O’lkaning shimoliy qismida Qoyali tog‘lar muzlik eroziyasi natijasida kuchli parchalangan. Platolar yuzasi muzlik ta’sirida yemirilgan tosh uyumlari bilan qoplangan, yonbag‘irlari esa chuqur daryo vodiylari bilan kesilgan. Asosiy daryo vodiylari Missuri daryosiga va uning irmog‘i Yelloustounga qaraydi.
Qoyali tog‘larning janubiy qismi antiklinal tizmalardan tashkil toptan bo‘lib, ularning markaziy qismlari kristall jinslardan, chekka qismlari cho‘kindi jinslardan iborat. Qoyali tog‘lar tizmasi orasida eng yiriklari Old tizma, Big-Xorn, Sangre-de- Kristo Uind-River tog‘lari bo‘lib, ularning balandligi 4000 – 4300 m dan oshadi. Jumladan Old tizmadagi Elbert cho‘qqisining balandligi 4399 m va Sangre-de- Kristo tog‘idagi Blanko-Pik cho‘qqisining balandligi 4363 m.
Qoyali tog‘larning g‘arbiy yonbag‘riga va tog‘ oralig‘i botiqlariga nisbatan sharqiy yonbag‘ri atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi namlangan. Sharqiy yonbag‘rida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 700-800 mm ga teng bo‘lsa, g‘arbiy yonbag‘rida va tog‘ oralig‘i botiqlarida 300-400 mm dan oshmaydi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +20°S dan janubda +30°S gacha ko‘tariladi. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda -20°S bo‘lsa, janubda 0°S atrofida bo‘ladi. Qor chegarasi ham shu yo‘nalishda 3000 m dan 4000 m gacha ko‘tariladi. Qoyali tog‘lardan Shimoliy Amerikaning yirik daryolari – Missuri, Rio-Grande, Kolorado va boshqa daryolar boshlanadi, muz, qor va yomgir suvlaridan to‘yinadi.
Qoyali tog‘larning yonbag‘irlarida o‘rmon massivlari keng tarqalgan. Tizmaning shimolida o‘rmonlar g‘arb tilog‘ochi, Duglas yeli, pixta, yel, tuya, suga kabi daraxtlardan, janubida sariq qarag‘ay, oq, pixta, mojjevelniklardan tarkib topgan. Shimolda o‘rmonlar hatto vodiylarda ham yaxshi o‘sadi, janubda esa ularning o‘rnini dasht zonasiga xos o‘t o‘simliklar egallaydi.
AQSh Kordil’erasi hududida tabiiy landshaftlarni va tabiat obidalarini muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tashkil etilgan. Serra- Nevada tog‘ tizmasidagi Sekvoyya qo‘riqxonasi, Yosemit vodiysidagi Yosemit qo‘riqxonasi, Qoyali tog‘ tizmasidagi Yellouston milliy bog‘i shular jumlasidandir. Yelouston milliy bog‘i balandligi 2100-2500 m keladigan platoda joylashgan. Uning atrofi 3000 m balandlikkacha ko‘tarilgan tog‘lar bilan o‘ralgan. Maydoni 8500 km2. Plato vulkanik jinslardan tarkib topgan. Milliy bog‘ning diqqatga sazavor obidalaridan biri – geyzerlardir. Eng yiriklaridan Ulkan (Gigant) geyzeri 40 m balandlikgacha otiladi, suvining harorati +94,8°. Eski xizmatchi (Stariy slujaka) geyzeri 42 m balandlikkacha otiladi, suvining harorati +90,4° ga teng. Geyzerlardan tashqari 1000 dan ortiq issiq buloqlar mavjud. Qo‘riqxonada tog‘ ko‘llari ham bor. Eng kattasi 2270 m balandlikda joylashgan Yellouston ko‘lidir. Qo‘riqxonaning barcha hududi igna va mayda bargli o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda bizonlar, qora ayiqlar, grizli ayig‘i va bug‘ular yashaydi.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin