Nazorat savollari:
G’arbiy Sibir pastekisligi o’lkasi rel’ef xususiyatlariga tavsif bering?
O’rta Sibir yassi tog’ligi tabiiy va iqlimiy sharoitini tavsiflang?
Shimoliy-Sharqiy Sibir o’lkasi gidrografiyasi o’ziga xos tomonlari nimada?
Shimoliy Uzoq Sharq o’lkasi tabiat mintaqalari geografiyasiga tavsif bering?
Janubiy Uzoq Sharq o’lkasiniga boshqa o’lkalar bilan qiyosiy tavsif bering?
Janubiy Sibir tog’lari o’lkasining orografik xususiyatlari nimada?
Tayanch so’z va iboralar: orografik struktura, tektonik cho’kma, atmosfera sirkulyasiyasi, tektonik botiq, keskin kontinental, denudasiya, peneplen, tektonik uzilma, cho’kindi yotqiziqlar, katta suvsiz cho’l, gryadali qum massivlar, quruq dasht.
Markaziy Osiyo o’ziga xos tabiiy sharoitga, murakkab tektonik va orografik strukturaga ega bo’lgan, cho’l va dasht landshaftlari keng tarqalgan, tekisliklar va baland tog’lardan tarkib topgan, okeanlardan uzoqda joylashgan, hamma tomondan tog’lar bilan o’ralgan yirik hududdir. U Osiyoning markaziy qismida Oltoy va Himolay tog’lari o’rtasida joylashgan. Markaziy Osiyo shimolda O’rta Osiyo va Janubiy Sibir tog’lari bilan, sharqda Katta Xingan tizmasining g’arbiy tog’ etaklari, Ordos yassi tog’liginnng sharqiy chekkasi va undan shimolda joylashgan ko’tarilmalar bilan, g’arbda Eron tog’ligi bilan chegaralanadi. Janubiy chegarasi Hind va Braxmaputra daryo vodiylarining yuqori qismidagi kenglik bo’ylab cho’zilgan tektonik cho’kmadan o’tadi, maydoni 6 mln. km2 ga teng.
Markaziy Osiyo geomorfologik jihatdan g’arbdan sharqqa tomon cho’zilgan quyidagi mintaqalarga bo’linadi:
Shimoliy tog’li mintaqa. Bunga Sharqiy Tyanshan, Mongoliya Oltoyi, Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey tog’ tizmalari hamda ular oralig’ida joylashgan Jung’oriya va Katta Ko’llar botig’i qaraydi.
O’rta uncha baland bo’lmagan tekislik mintaqa. Bu mintaqa Tarim botig’i (Takla-Makon cho’li), Beyshan yassi tog’ligi, Alashan va Gobi cho’llaridan tarkib topgan. Cho’llarning katta qismi dengiz sathidan 1000-1500 m balandda joylashgan. Yuqorida aytilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda hamda Markaziy Osiyoni
orotektonik tuzilishi, gipsometrik joylashishi, atmosfera sirkulyasiyasi va boshqa xususiyatlariga ko’ra tabiiy geografik o’lkalarga bo’lish maqsadga muvofiq.
Bu tabiiy geografik o’lka murakkab landshaft strukturasiga ega bo’lib, Sharqiy Tyanshan, Mongoliya Oltoyi, Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey tog’ tizmalari, Jung’oriya, Tarim, Katta Ko’llar botiqlari, Beyshan yassi tog’ligi, Alashan va Gobi cho’llaridan tarkib topgan. O’lka tabiiy sharoitinint umumiy bir xilligiga qaramasdan, yer yuzasining orografik tuzilishi, geografik o’rni ayrim ichki tafovutlarning vujudga kelishiga imkon yaratadi. Mavjud bo’lgan ichki tafovutlar Past Markaziy Osiyo hududini quyidagi uchta landshaft oblastiga bo’lishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bular: Mongoliya Oltoyi - Xentey, Tarim—Jung’oriya va Gobi- Alashan.
Dostları ilə paylaş: |