Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə178/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Nazorat uchun savollar:





  1. Tabiiy geografik rayonning o’ziga xos xususiyatlarini ayting?

  2. O’lka rel’efining hosil bo’lishida uning geologik tarixi bilan bog’liqlik tomonlari nimada?

  3. O’lkalardagi asosiy iqlim va gidrografik xususiyatlarini ajrating?

  4. Tabiat zonalliklari qanday xususiyatlarga ega va tabiat muhofazasi nimalardan iborat?
      1. OLD OSIYO TOG’LIGI VA KAVKAZ




Tayanch so’z va iboralar: geosinklinal mintaqa, metamorfik va kristall jinslar, orotektonik, iqlimiy, geobotanik, zoogeografik, vulkan konuslari, tektonik botiq, Skif platformasi, laguna.

Bu TGR G’arbiy Osiyoda joylashgan bir necha tabiiy geografik o’lkalar majmuasidir. Bu yirik hududga orotektonik, iqlimiy, geobotanik, zoogeografik jihatdan o’xshash hamda hududiy jihatdan qo’shni bo’lgan Kavkaz o’lkasini qo’shib o’rganish maqsadga muvofiqdir. Old Osiyo tog’liklari g’arbda Egey dengizidan sharqda Hinduqush tog’larigacha qariyb 4000 km masofaga cho’zilgan. Eni 600 km dan 1500 km gacha kengayib boradi. Maydoni 3,5 mln km2, Kavkaz tog’lik o’lkasi bilan birgalikda 4 mln km2 ga yaqin. Old Osiyo tog’liklari va Kavkaz O’rta dengiz geosinklinal mintaqasiga qaraydi. Uning o’rta qismlari 1000-2000 m balandlikdagi tog’lik va yassi tog’liklardan, chekka qismlari 2000-4000 m balandlikdagi tog’ tizmalaridan iborat. Iqlimi barcha o’lkalarning asosiy qismida subtropik kontinental xarakterga ega, bahor oylari sernam. Uning shimoliy katta qismini quruq tropik landshaftlar, tog’larning sernam yon bag’irlarini nam subtropik va nam tropik o’rmonlar egallagan.


Old Osiyo va Kavkaz TGR mustaqil chegaraga, yaxlit hududga, o’ziga xos tabiiy geografik sharoitga va individual xarakterga ega bo’lgan o’lkalarga bo’linadi. Bular Kichik Osiyo tog’ligi, Armaniston tog’ligi, Eron tog’ligi va Kavkaz tog’li tabiiy geografik o’lkalaridir.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin