Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə177/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Levant. O’lka O’rta dengizning sharqiy sohili bo’ylab shimoldan janubga cho’zilgan. Uning shimoliy chegarasi qisman Turkiya hududigacha kirib borgan, janubi-g’arbiy chegarasi Sinay yarim orolining sharqiy chekkasidan o’tgan. Levant hududiga Suriya, Livan, Isroil va qisman Iordaniya tog’larining g’arbiy chekka qismi ham kiradi. Suriya cho’li va Arabiston yarim oroli bilan bo’lgan sharqiy chegarasi aniq ifodalanmagan. Levant tektonik jihatdan Arabiston-Suriya kristall massivining burmalangan va ko’tarilgan chekka qismi hisoblanadi. Kristall poydevor bo’r va paleogen yotqiziqlari bilan qoplangan.
Levantning g’arbiy qismi tor pastekislikdan va sharqiy qismi tog’likdan iborat. Qirg’oqbo’yi pastekisligi kam parchalangan. U shimolda va janubda 30-50 km gacha kengayadi, o’rta qismida 1,5-3 km gacha torayadi. Pastekislik Levantning aholi eng zich joylashgan va maksimal o’zlashtirilgan hududi hisoblanadi. Pastekisliklardan sharqda tog’ massivlari va platolar meridional yo’nalishda cho’zilgan. Tog’larning eng baland joylari o’lkaning markaziy qismida joylashgan Livan tizmasiga to’g’ri keladi. Bu massivdagi Kurnet-es-Sauda tog’i dengiz sathidan 3088 m baland ko’tarilgan. Undan shimol va janub tomon tog’ massivlari, platolar 1500-1000 m gacha pasayib boradi. Ohaktoshli tog’larda karst hodisalari yaxshi rivojlangan. O’rta dengiz sohilidagi tog’larning sharqiy qismidan meridian bo’ylab cho’zilgan tektonik cho’kma o’tgan. U Arabiston yarim orolini Sinay yarim orolidan ajratib turadi. Tektonik cho’kmaning qiyofasi graben shaklida bo’lib, chuqurligi shimoldan-janubga tomon orta boradi. Cho’kma o’z navbatida Ul-Gab, Bekaa, O’lik dengiz grabenlariga bo’linadi. Iordaniya hududidagi grabenlar ancha chuqur va qisman ko’llar bilan band. O’lik dengizining akvatoriyasi okean sathidan 400 m, botiqning tagi 748 m pastda joylashgan. Tektonik cho’kmaning bu qismi Gxor deb ataladi. O’lkaning sharqiy qismida Antilivan tog’ tizmalari mavjud, ularning balandligi o’rta qismida 2659 m ga, Xermon massivida 2800 m ga yetadi.
O’rta dengiz Osiyosi hududida yoz faslida tropik havo hukmronlik qiladi, havo quruq va issiq bo’ladi. Qishda siklonlar faoliyati tufayli yog’in ko’p bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati +24°+28°S, O’lik dengiz sohillarida +30°S dan yuqori, eng yuqori harorat +50°S gacha yetadi. Yanvarning o’rtacha harorati Bayrutda
+13°S ni, Suriyada +4°+5°S ni, O’lik dengiz atrofida +11°+12°S ni tashkil etadi. Atmosfera yog’inlari g’arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib boradi. Livant tog’larining g’arbiy yonbag’irlarida 1000-2000 mm, Isroil va Iordaniya pastekisliklarida 500 mm, O’lik dengiz sohillarida 200 mm yog’in tushadi. Tog’ vodiylarida va sharqiy hududlarda 500-300 mm atrofida yomg’ir yog’adi. Yer usti suvlari kam rivojlangan. Tog’larning g’arbiy yonbag’iridan boshlanuvchi daryolar qisqa va kam suv. Shulardan doimiy oqimga ega bo’lgan Naxr-ul-Litani va Naxr-ul-Asi daryolari O’rta dengizga quyiladi. Eng yirik Iordan daryosi Xermon massividan boshlanib, Gxor grabenidan oqib o’tadi va O’lik dengizga quyiladi. Levantda tektonik cho’kmalarda hosil bo’lgan ko’llar ham bor. Bular O’lik dengiz, Tiveriada va Xula ko’llaridir. O’lik dengiz suvining sho’rligi jihatidan dunyoda birinchi o’rinda turadi. Suvining o’rtacha sho’rligi 26°/00, chuqurlikka tushgan sayin bu ko’rsatkich 30°/00 dan ham oshadi.
Levantning tuproq-o’simlik qoplami subtropik xarakterga ega. Dengiz sohillarida va tog’larning g’arbiy yon bag’irlarida O’rta dengiz subtropikiga xos landshaftlar tarkib topgan. Yaxshi rivojlangan qizil va jigar rang tuproqlar makvis va gariga tipidagi doimiy yashil butazorlar bilan qoplangan. Doimiy yashil emanlar juda siyrak tarqalgan. Yog’in ko’p bo’ladigan joylarda chinor va zaranglardan tashkil topgan keng bargli o’rmonlar va sarv butazorlari uchraydi. O’lkaning janubiy qurg’oqchil hududlarida kserofit qiyofadagi butazorlar paydo bo’ladi. Tipik sho’r tuproqli cho’llarda shuvoq, sho’ra, olabo’ta, saksovul va akasiyalar o’sadi. Tog’larning 1000 m dan yuqori qismida Livan kedri, pixta, alepp qarag’ayi kabi igna bargli endemik daraxtlar, 2000 m dan balandda daraxtsimon mojjevelniklar, eng baland qismida esa Al’p o’tloqzorlari joylashgan.
Levantda dehqonchiliqning sug’oriladigan va sug’orilmaydigan turlari rivojlangan. Tog’larning terrasalashtirilgan quyi qismida bananlar, sitruslar, baland qismida toklar, zaytun daraxtlari, shaftoli, olma va noklar ekiladi. Qurg’oqchil hududlardagi cho’l landshaftlari o’rtasida vohalar uchraydi. Janubiy vohalarda tropik o’simliklardan finik palmasi keng tarqalgan. Levantning fauna tarkibida qoplon, sirtlon, chiyabo’ri, karakallar uchraydi. Tog’ o’rmonlarida yovvoyi echki, toshloq yerlarda damanlar yashayda. Kemiruvchilardan qo’shoyok, jayra va quyonlar xarakterli.



Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin