Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə173/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Karpat tog’lari va Dunay tekisligi. Bu o’lka Al’p tog’ burmalanish mintaqasida joylashgan o’rtacha balandliklagi Karpat, Stara Planina tog’laridan hamda genetik jihatdan bevosita bog’liq bo’lgan O’rta Dunay va Quyi Dunay tekisliklaridan tarkib topgan. Bu oblast Al’p tog’lari bilan Sharqiy Yevropa tekisligi o’rtasida joylashganligi tufayli uning hududida mo’tadil mintaqaning okean va kontinental sektorlari landshaftlariga xos xususiyatlar mujassamlashgan. SHu boisdan okeanning nam iqlim ta’siri o’rmonlar bilan qoplangan tog’larda va quruq kontinental iqlim ta’siri o’rmon-daщt hamda dasht landshaftlari hukmron bo’lgan tekisliklarda aniq ifodasini topgan. Karpat tog’lari yoysimon shaklda g’arbdan sharqqa 1500 km masofaga cho’zilgan.
Karpat tog’ tizimi Morava daryosining Dunayga quyilish joyiga yaqin joylashgan va janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon cho’zilgan Kichik Karpat kristall massividan boshlanadi. Undan shimolroqda Karpat Sharqqa tomon burilib kengayib va ko’tarilib boradi. Slovakiya va Polsha oralig’idagi chegarada kristall jinslardan tarkib topgan Baland Tatra va Past Tatra massivlari joylashgan. Baland Tatrada butun Karpatning ham eng baland nuqtasi Gerlaxovski-Shtit cho’qqisi 2655 m qad ko’targan. Baland Tatradan shimolda flishlardan tashkil topgan O’rta, Baland va Past Beskid tizmalari parallel ravishda joylashgan. Past Beskid tog’idan sharqda Karpat shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa qarab cho’zilgan. Bu tog’lar majmuasi qiyalik yoy shaklini hosil qilib G’arbiy va Sharqiy Karpatga bo’linadi. Sharqiy Karpat O’rmonli Karpat deb ham atalada. Uning baland cho’qqilari Petros (2305 m) va Goverla (2061 m) tog’laridir.
Sharqiy Karpat janubda uchburchak shaklida g’arbga burilib Janubiy Karpat tog’ tizmasini hosil qiladi. Janubiy Karpatning asosiy qismi kristall jinslardan tuzilgan. Uning eng baland nuqtalari Moldovyanu (2544 m), Negoy (2535 m) va Paringu-Mare (2518 m) cho’qqilaridir. Sharqiy va Janubiy Karpatlar oralig’ida balanddigi 400-500 m atrofida bo’lgan Transilvaniya platosi joylashgan. Bu plato hududiy jihatdan tog’oralig’i botig’iga tug’ri kelib, g’arb tomondan vulkanik va kristall jinslardan tarkib topgan G’arbiy Ruminiya tog’lari - Bixor (1848 m), Mesesh (997 m) va Metaliferi (1438 m) platosimon massivlari bilan chegaralangan.
Dunaydan janubda Timok daryosigacha davom etgan Sharqiy Serbiya (1336 m) tog’lari joylashgan. Bu tog’ Karpat va Stara-Planina oralig’idagi o’tkinchi tog’ hisoblanadi. Undan janubi-sharqda joylashgan o’rtacha balandlikdagi va asimmetrik shakldagi Stara-Planina tog’lari Qora dengiz sohiligacha cho’zilgan. Uning shimoliy yon bag’iri qiya bo’lib, Bolgariya platosi va Quyi Dunay tekisligi bilan tutashib ketgan. Janubiy yon bag’iri juda tik, qisqa daryo vodiylari va jarliklar bilan kuchli parchalangan. Stara-Planinani Iskir darasi ko’ndalang kesib o’tgan. Uning baland cho’qqilari Botev (2376 m) va Midjur (2168 m) tog’laridir. Stara-Planinadan janubda uncha baland bo’lmagan Sredna-Gora tog’i joylashgan. Ularni bir-biridan tor uzun tektonik cho’kmalar - Sofiya, Karlova, Kazanlik va Sliven botiqlari ajratib turadi.
Karpatning katta qismi tektonik botiqlarda vujudga kelgan tekisliklardan iborat. Neogenda cho’kkan Pannon (Vengriya) massivi o’rnida O’rta Dunay tekisligi, Valaxiya tog’oldi bukilmasida Quyi Dunay tekisligi hosil bo’lgan. Bu yerdagi burmalangan strukturalar neogenning dengiz, ko’l va allyuvial yotqiziqlari hamda to’rtlamchi davrning lyoss va lyossimon jinslari bilan qoplangan. Al’p tog’ burmalanish mintaqasidagi eng yirik tog’oralig’i botig’i Karpat yoyining ichkari qismida joylashgan O’rta Dunay havzasi hisoblanadi. Uning Sharqiy ko’proq cho’kkan qismi Katta Vengriya pastekisligi yoki Alfeld deb ataladi. Dunaydan g’arbda tekislik yuzasi past tog’ massivlari bilan murakkablashgan. Bular dengiz sathidan 500-700 m baland ko’tarilgan Bakon, Vertesh, Mechek tog’laridir. Bakon tog’ etagidagi grabenda Balaton ko’li vujudga kelgan. O’rta Dunay tekisligining shimoli-g’arbida Kichik Vengriya pastekisligi joylashgan.
Janubiy Karpat bilan Stara-Planina tog’lari oralig’ida Quyi Dunay tekisligi yastanib yotibdi. Uning yer yuzasi O’rta Dunay tekisligiga nisbatan oddiy tuzilgan. Tekislik yuzasi atrofdan Dunay yo’nalishi tomon pasayib borib allyuvial pastekislikka aylanadi. Tekislikning Qora dengiz sohiliga yaqin joyda tepaliksimon Dobrudja platosi ko’tarilib turibdi. Karpat landshaft oblasti xilma-xil rudasiz foydali qazilmalarga boy. Karpatning shimoliy qismidan temir rudasi, polimetallar rudasi, g’arbidan magnetitlar, Transilvaniya platosidan tarkibida qo’rg’oshin, rux, mis bo’lgan polimetallar rudasi, Metaliferi tog’idan oltin, Bixordan boksit qazib olinadi. O’rta Dunay tekisligida va Karpatoldi cho’kmasida neft, Transilvaniya platosida tabiiy gaz konlari uchraydi. Dunayorti tog’larida juda katta boksit zahirasi mavjud. Karpatning iqlimi Al’p landshaft oblasti iqlimiga qaraganda bir oz kontinental bo’lib, iqlimning kontinentalligi faqat tekisliklarda emas, balki tog’larda ham aniq namoyon bo’lib, g’arbdan sharqqa tomon kuchaya boradi. Bunday hol birinchi navbatda yog’in miqdorining uzoqlik bo’ylab keskin kamayib borishida seziladi. Masalan, Karpatning shimoliy, shimoli-g’arbiy yon bag’irlarida yillik yog’in miqdori 800-1200 mm bo’lsa, O’rta Dunay tekisligida 600-700 mm, Transilvaniya platosida 500-600 mm, sharqda Quyi Dunay tekisligida esa 350-400 mm gacha kamayadi. Yog’in ko’proq yomg’ir shaklida tushadi, qishda Dunaybuyi tekisliklarida qor qoplami hosil bo’lib, Al’p oblastidagiga nisbatan uzoqroq saqlanadi. Yoz oylarida qurg’oqchiliq tez-tez takrorlanib turadi. Chunki, tekisliklarda yozda atmosfera yog’inlari juda kam bo’ladi. Yozi issiqroq, iyulning
o’rtacha harorati shimolda +19°S dan janubda +22°S gacha ko’tariladi. Maksimal harorat +40°S gacha boradi. Tog’larning 800 m balandligida iyulning o’rtacha harorati +14°+15°S ni, baland cho’qqilarda +3°+4°S ni tashkil etadi. Qishi sovuq va uzoq davom etadi. Sovuqli kunlar ko’proq bo’ladi. Tekisliklarda yanvarning o’rtacha harorati -1°-2°S, tog’oldi hududlarida -2°-4°S, tog’larda esa -10°S dan ham past. Qish tekisliklarda 2-3 oy davom etsa, tog’larda 5-6 oy davom etadi. Minimal harorat -250-30°S gacha pasayadi. Transilvaniya platosida eng sovuq oyning o’rtacha harorati -6°S, eng issiq +18°S.
Karpat landshaft oblastida daryolar yaxshi rivojlangan. Ularning ko’pchiligi Dunay havzasiga qaraydi. Dunayga Karpatdan boshlanuvchi Tisa, Prut, Seret, Olt, Gron, Ardjesh, Yalomitsa daryolari va Al’pdan boshlanuvchi Raba, Drava daryolari kelib qo’shiladi. Visla va Oder daryolarining yuqori oqimlari ham Karpat tog’laridan boshlanadi. Barcha daryolar qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Lekin ularning gidrologik rejimi bir xil emas va yil davomida o’zgarib turadi. Karpat daryolari energiya resurslariga boy. Vag daryosida gidroelektrstansiyalar kaskadi bunyod etilgan. Tisaning yuqori oqimida, Seret daryosining Bistrisa irmog’ida yirik gidrostansiyalar qurilgan. Karpat hududida Al’pga nisbatan yirik ko’llar juda kam, lekin kelib chiqishi muzlik bilan bog’liq bo’lgan mayda ko’llar ko’p uchraydi. Dunay vodiysida qayir ko’llar keng tarqalagan. Eng yirik ko’li O’rta Dunay havzasining g’arbida, past tog’lar oralig’ida joylashgan Balaton (596 km2) tektonik ko’lidir. Karpat tog’larida tabiiy o’simliklar tekislik va botiqlarga nisbatan tog’larda yaxshi saqlangan. Karpatning 40% dan ziyodroq hududi o’rmonlar bilan qoplangan. Uning shimoliy qismida 600 m dan 1500 m gacha bo’lgan balandliklarda o’rmonlar o’sadi. Sharqiy Karpatning 500 m dan 1500 m gacha bo’lgan past va o’rtacha balandliklardagi tog’lar o’rmonlar bilan qoplangan. Bular uchta balandlik polosaga bo’linadi. Birinchisi o’rmon-qo’ng’ir tuproqlardagi keng bargli (buk, eman, grab, zarang, yavor) o’rmonlar polosasi, ikkinchisi tog’-o’rmon tuproqlaridagi aralash (keng va igna bargli) o’rmonlar polosasi va uchinchisi tog’-qo’ng’ir va tog’-podzol tuproqlardagi igna bargli (evropa yeli, pixta) o’rmonlar polosasi.
Karpatning gumbazsimon baland qismlari subal’p va al’p o’tloqlari bilan qoplangan. Subal’p mintaqa 1500-1800 m balandliklarda o’tloq tuproqli yerlarda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada yer bag’irlab o’sadigan karag’aylar, yashil zirklar, mojjevelniklar, butalardan Kochi rododendroni, yarim butalardan chernika keng tarqalgan. Subal’p o’tloqzorlari poloninalar (yaylovlar) deb yuritiladi. Poloninalarning asosiy o’simlik qoplamini belouslar tashkil etadi. Al’p o’tloqlari 1800 m dan yuqorida uchraydi. Bu yerda past bo’yli boshoqli o’tlar o’sadi. Butalardan faqat Kochi rododendroni uchraydi.
Dunaybo’yi tekisliklarining tipik florasi o’rmon-dasht va dasht o’simliklaridan iborat. O’rmon-dashtlar O’rta Dunay tekisligida va dashtlar Quyi Dunay tekisligida hukmronlik qilgan. Tekisliklardagi pushta deb ataluvchi dashtlar hozirgi vaqtda juda kam saqlanib qolgan. Chunki qora tuproqli Dunaybo’yi tekisliklari butunlay o’zlashtirilib, ularning o’rnida tokzorlar, mevali bog’lar, manzarali daraxtlar barpo etilgan. Qishloq xo’jaligida bug’doy, suli, makkajo’xori, qand lavlagi, kartoshka va boshqalar yetishtiriladi. Transilvaniya Al’pida, Sofiya,
Karlova, Kazanlik botiqlarida efir yog’i beradigan atirgul, lavanda plantasiyalari va mevali bog’lar barpo etilgan. Dunay vodiysida qayir o’rmonlari uzun lentasimon polosa bo’ylab yaxshi saqlangan. Qayir o’rmonlari terak, tol, tog’ terak, osinalardan iborat. Qayirlarda qamishzorlar ham uchraydi.
Zoogeografik jihatdan Karpatda o’rmon fauna kompleksi hukmronlik qiladi. Bu yerda sut emizuvchilarning 74 turi, qushlarning 280 turi, amfibiyalarning 17 turi uchraydi. Keng bargli o’rmonlarda yovvoyi cho’chqa, asl zotli bug’u, kosulya, tulki, bo’ri, o’rmon mushugi, o’rmon sonyasi, yong’oqzor sonyasi, olmaxon, savsar va bo’rsiqlar yashaydi. Tog’ taygalarida qo’ng’ir ayiq va silovsin bor. Endemik hayvonlardan Karpat tritoni uchraydi. Qushlardan kaklik, qarqur, chil, kedrovka, qora qizilishton, snigeriya, burgut, kalxat ukkilar keng tarqalagan.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin