Har xil chuqurlikda suv o’tkazmaydigan qatlamlar oralig’ida hosil bo’lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo’ladi, shuning uchun burg’ qudug’i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori ko’tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo’lganda esa yer
yuziga ko’tariladi yoki favvora bo’lib chiqadi.
Astenosfera
(yunoncha-“astenos” - kuchsiz) yuqori mantiya ustida joylangan
yumshoq, yopishqoq xamirga o’xshagan qatlam.
Atlas
Umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga ega bo’lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to’plash. Atlas geografik kartani bir-biriga bog’liq bo’lgan va bir-birini to’ldiradigan
kartalarning ma’lum bir maqsadga hamda foydalanish hususiyatiga ko’ra tizimga solingan to’plam.
Atmosfera
(yunoncha atmos – bug’, spharia – kura)–Yer bilan bir butundek birga aylanadigan havo qobig’i. Atmosferaning Yer yuzidan 100–200 km balandlikkacha bo’lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%),
argon (0,9%) va karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat.
Atmosferabosimi
havo molekulalarining harakati va ularning og’irligi, ya’ni qattiq
yerga torti lishi natijasida vujudga keladi.
Avtotrof
to’g’ridan – to’g’ri atrofdagi mineral moddalarni iste’mol qilish xususiyatiga ega bo’lib, unga asosan fotosintez jarayonini amalga
oshiruvchi o’simliklarning asosiy qismi kiradi.
Azonallik
Yerning ichki qismidagi hodisalar natijasida vujudga keladigan va
zonallik qonuniga bo’ysunmaydigan hodisalar.