Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V. Dars turi:_________________________________________ VI. Dars usuli:_______________________________________ VII.Darsning borishi VIII.Darsning jihozi: gap qoliplari bo’yicha ko’rgazma.
IX.Darsning rejasi: 1. Savollarga javob berish orqali takrorlash.
2. Topshiriqlar bajarish orqali mustahkamlash.
3. Gap qoliplari ustida ishlash.
Dars mustahkamlash uchun berilgan yettita savolga javob berish bilan boshlanadi. O’quvchilardan javoblarini albatta misollar bilan asoslashlari talab qilinadi. Oldingi darsda uyga topshiriq qilib berilgan 162-mashq talabi bo’yicha tuzilgan gaplarni so’rash maqsadga muvofiq. Bunda biryo’la uy vazifasi ham nazoratga olingan bo’ladi. Agar uy topshirig'ida savollarning javobiga mos keladigan gaplar tuzilmagan bo’lsa, shu joyning o’zida og'zaki misol keltirishlari so’raladi.
1-topshiriq ega va ot kesimni farqlash maqsadida berilgan. Aksariyat hollarda o’quvchilar kim? so’rog'iga javob beradigan so’zlar gapda doimo ega bo’ladi, degan tushunchada bo’ladilar. O’quvchi quyidagicha gap tuzishi mumkin: Akam (kim?) mohir haydovchi (kim?). Gap tahlil qilingach, xulosa beriladi: Gap boshida kelib, kim? so’rog'iga javob bo’ladigan so’z ega, gap oxirida kelib, kim? so’rog'igajavob bo’ladigan so’z kesim vazilasini bajaradi.
2-topshiriq orqali she'rda, ayniqsa, inversiya hodisasida gap bo’laklarini aniqlash malakasi shakllantiriladi. Bunda, albatta, o’qituvchi yo’naltiruvchi savollar orqali o’quvchilarga yordam berishi kerak. 3-4-topshiriqlar ham bolalarni mustaqil, ijodiy fikrlashga yetaklaydi.
XI.MUSTAHKAMLASH: Baholash:_______________________________________________________