Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V.Darsning jihozi: alifbo.
VI. Dars turi:_________________________________________ VII. Dars usuli:_______________________________________ VIII.Darsning borishi IX.Darsning rejasi 1. Nutq tovushi haqida.
2. Harf haqida.
3. Tovush va harf munosabati haqida.
Dars 1-va 2-topshiriqlar orqali o’quvchilarni fikrlashga da'vat qilish bilan boshlanadi. O’quvchilar bu topshiriqni bajarish orqali tovush va harflarning nima ekanliklari haqida o’ylanadilar. Tovush va harfning bir-biriga sonjihatdan mos kelishi va kelmaslik holatlarini aniqlaydilar.
O’qituvchi o’quvchilarni darslikda berilgan uchta savol orqali tovush va harf munosabati yuzasidan hosil qilgan tushunchalarini aniqlaydi.
Shundan so’ng tovush va harf hamda ularning munosabati haqidagi o’quvchilar fikrlar jamlanadi, xulosalanadi.
Tovush va harf tushunchalarini o’quvchilar xotirasiga mustahkamroq joylash uchun qator mashqlar berilgan. Ana shulardan 342-mashqda uchta hazil topishmoq beriladi. Bundan maqsad o’quvchilar diqqatini darsga tortish, ularning qiziqishini orttirishdir.
Birinchi topishmoqda «m» tovushini talaffuz qilganda, ikki labning bir- biriga yaqin kelgani, tekkani yashiringan bo’lsa, ikkinchi topishmoq «o» tovushi haqidadir. Odob so’zida ikkita «o» tovushi ishlatiladi. Uchinchi topishmoqning javobi har ikkalasiga tegishli.
Topishmoqlar:
Kel-kel desam kelmaydi, kelma desam keladi - m tovushi.
Olamda-yu odamda bitta, elatda yo 'q,
Odoblida ikkita. U nima? - o tovushi.
Unli bilan boshlanadigan oylar ko’pmi?
Undosh bilan boshlanadigan oylarchi? - har ikkalasida teng.
343-mashqda boshqotirmaga yashiringan gapni topish so’ralgan.
Javobi: Bola - hayotquvonchi.