Ona tili darslarida o`quvchi soz boyligini o`stirish usullari mu-fayllar.org
2. So’z boyligi 3. Nutqning ifodaliligi va his - tuyg’u bilan sug’orilganligi 4. Nutq texnikasi: - nutqning jarangdorligi, masofasi;
- talaffuzning va ovozning mayinligi;
- ovoz kuchining to’g’ri tanlanishi;
- nutq tezligining to’g’ri tanlanganligi;
- nutqning talaffuz tarzi, so’zlarning aniq, ravshan aytilishi;
- nutq gigienasiga rioya qilinishi va shu kabilar.
XULOSA Umum ta`lim maktablarida ona tili darslarida o`quvchilar nutqini o`stirishga, tafakurini rivojlantirishga alohida ahamiyati berish talab etilmoqda. Shu kunga qadar o`quvchilar so`z boyligi oshirish, og`zaki va yozma nutqini o`stirishga doir besh- olti nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, xolos.
Respublikiamizda 1969 yilda nutq madaniyatiga bag`ishlangan konfrensiya o`tkazilgan bo`lsa ham, bu anjumanda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir nazariya masalalar muhokama qilinib,konfrensiya materialini ilmiy to`plam sifatida nashr qilish bilan kifoyalanilgan. Hozirgi kunga qadar maktab o`quvchilarning nutqini o`stirishga bag`ishlangan sanoqli metodik qo`llanma va tavsiyalar yaratilgan, xolos. Shu sababli Ona tili « darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish ’» mavzusida metodik qo`llanma yaratishga kirishdik.
Metodik qo`llanma nutq madaniyati va o`quvchilar nutqini o`stirishga bag`ishlangan materiallardan foydalandik, ularga munosabatini bildirdik.
Qo`llanma ona tili darslikning “ Morfologiya va imlo “ bo`limining “Olmosh uning ma`no turlari “, “Yordamchi turlar “: ko`makchi, bog`lovchi, yuklama , ularningma`no turlari “ Fe`l uning zamonlari, mayllari “, “Zamon shakli “,
“Zamon shakli “, “ Zamon shakli ma`nolari “ , “ Ot-kesimi zamon shakli “ , “Kesimlik so`zlari”, “So`z gaplar “ - “ Modal so`z –gaplar “, “ Undov so`z- gaplar “ , “ Tasdiq va inkor so`zlarni “ o`rganish jarayonida o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, tafakkarini rivojlantirishni turli metod va usullarda- darslik ustida ishlash, savol va javob, o`qituvchining bayoni, suhbat usullarida bayon qildik. Tadqiqot ishida olmosh, yordamchi so`zlar, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, fe`l, ot- kesim zamon shakillari, kesimlikso`zlar, modal so`z gaplari, undov so`z gaplari, tasdiq va inkor so`z gaplarga doir materiallarni mustahkamlash, o`quvchilar nutqini o`stirish maqsadida mustaqil ish, og`zaki va yozma mashqlar, og`zaki bayon, ijodiy ish, ta`limiy diktant, kichik bayon va kichik insho kabi ish turlaridan foydalandik. Metodik qo`llanma 7-sinfda ona tili o`qitish sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Shunday qilib, ona tilidan ta'lim mazmuni o`quv topshiriqlarida ham o`z ifodasini topadi.
O`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini faollantirishda ularning imkoniyatlari bеnihoya katta.
O`quv topshiriqlarining sharti o`quvchilar faoliyatini faollashtirishning muhim vositassidir. Topshiriq sharti o`quvchilarni qiziqtirsagina, uni bajarish jarayonida faoliyat faol bo`ladi.
Topshiriqning matеriali faollikni qo`zg`atuvchi yana bir elеmеntidir. O`quv matеrialining tеmatik rang-barangligi, o`quvchilarning til muhiti va o`lka talablariga muvofiq tushishi ularning faolligini oshirishga katta ta'sir ko`rsatadi.
Ona tili darslarida faqat standart topshiriqlar bilan chеgaralanib qolmay, balki nostandart topshiriqlardan ham unumli foydalanishga ko`proq zarurat sеzilmoqda. Nostandart topshiriqlar o`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, uni bajarishga bo`lgan ishtiyoqini oshiradi. Bu esa faollikni ta'minlashning muhim omilidir.
Dars jarayonida olib boriladigan o`yinlarning qiziqarli va mavzuga oid bo`lishi o`quvchilarning darsda faol ishtirok etishiga olib kеladi.
Ona tili darslari mazmunini takomillashtirish va uni o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini faollashtiradigan muhim manbaga aylantirish choralaridan yana biri fan ichidagi fan va fanlararo bog`lanish imkoniyatlarini kеngroq ishga solishdir.