O’quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Samarqand shahridagi 64- o’rta ta’lim maktabning 4-sinf o’quvchisi Yulduz Boliyevaning bayoni.
Kishilik olmoshlari va ularni o’rgatishni suhbat metodida boshlash mumkin:
kishilik olmoshlarining I shaxs ko`pligi qachon maqtanish ma`nosini bildiradi?
kishilik olmoshlarining I shaxs ko`pligi ba`zan I shaxsning birligi o`rnida ishlatilsa, o`zini ajratib ko`rsatish, maqtanish ma`nolarini anglatadi.
kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko`pligiga –lar qo`shimchasi qo`shilganda qanday ma`no ta`kidlanadi?
kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko`pligiga –lar qo`shimchasi qo`shilganda ko`plik ma`nosi ta`kidlanadi.
kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi qaratqich va tushum kelishiklari bilan turlanganda qanday holat sodir bo`ladi?
kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi qaratqich va tushum kelishiklari bilan turlanganda bir “N” tushub qoladi va shunday yoziladi.
Kelishik olmoshining III shaxs birligi jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishiklari bilan turlanganda qanday o`zgarish bo`ladi.
Kelishik olmoshining III shaxs birligi jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishiklari bilan turlanganda bir “N” orttiriladi va shunday yoziladi
Kishilik olmoshlari va ularning yozilishini mustahkamlash o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish maqsadida mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Men sport bilan shug`ullanaman. Sport meni baquvvat, dovyurak bo`lishimga yordam beryapti. 2. Ter to`kib sochsang urug`, yer seni qo`ymas quruq. (maqol) 3. O`qishda sizga muvaffaqiyatlar tilayman, aziz o`quvchilari. 4. Sen bilan men bo`lsak qattiq nonni ham yeya beramiz. (A. Qodiriy)
O`quvchilar terma garlarni ko`chiradilar, kelishik olmoshlarini aniqlab, ularni qaysi kelishikda ekanligini qavslar yordamida yozadilar. Ish bajarilgach, ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Men (bosh kelishik 1 shaxs) sport bilan shug`ullanaman. Sport mening (qaratqich kelishik 1 shaxs, n tushub qolgan) yanada baquvvat, dovyurak bo`lishimga yordam beryapti. 2. Ter to’kib sochsang urug`, yer seni (tushum kelishigi 2 shaxs) qo’ymas quruq.
Mustaqil ishdan so’ng ta`limiy diktant bo’lishi aytiladi. Diktant uchun quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi.
Alisher otasi ko’rishi bilan o’qishini chala qilib jim bo’ldi. Alisherning rangi o’chdi. Alisher otasining so’zini qaytarishga jur`at etolmadi. Alisher kitobini bir nafasgacha ko’kragiga bosib turib, keyin otasiga uzatadi.
O’qituvchi matn bilan o’quvchilarni tanishtiradi. O’quvchilarga aytish jarayonida Alisher otini zarur o’rinlarda III shaxs birlikdagi kishilik olmoshi bilan almashtirib yozishni aytadi.
O’qituvchi matndagi gaplarni o’qiy boshlaydi. O’quvchilar gaplardagi Alisher otini III shaxs olmoshi bilan yozib boradilar. Diktant tugagach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. U otasi ko’rishi bilan o’qishni chala qilib jim bo’ladi. Uning rangi o’chdi. U otasining so’zini qaytarishga jur’at etmadi.
Kishilik olmoshlarini mustahkamlash, o’quvshilar nutqini o’stirish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida o’qituvchi ularga ijodiy ish topshiradi. O’quvchilar kishilik olmoshlarini qatnashtirib to’rtta gap yozadilar. Ijodiy ish bajarilgach, uch to’rt o’quvchiga o’qitish orqali tekshirib ko’riladi.
Namuna:
Biz san’at muzeyiga borib tomosha qildik.
Sening o’quvchilaring yaxshi.
Men gullarga suv quyayotgan edim.
Sizning taklifingiz hammaning nomidan bo’ladi.
Ijodiy ishdan so’ng mashq ishlanadi. Buning uchun ona tili darsligidagi 35
–mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar o’qituvchilar rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, ajratib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’nosi va vazifasini tushuntiradilar.
Namuna:
1. Siz (ega) bizdan (to’ldiruvchi) yordam olgani emas, bizga (to’ldiruvchi) rahbarlik qilgani kelgansiz. (A. Q).
O’zlik olmoshini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va qoidalar bilan o`quvchilarni tanishtirishdan boshlash mumkin. O`zlik olmoshini mustahkamlash, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish maqsadida mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Til bilan birovning aybini aytish oson, o`z tili bilan o`z aybini aytadiganlar juda kam. (Cho`lpon). 2. Uning o`zi yosh, lekin ziyrak bola. 3. Bu ko`chatlarni valining o`zi o`tkazgan. 4. O`zingiz ham o`tiring.
Mustaqil ish bajarilgach, o`quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. O`quvchilar “O`zimiz”, “O`zlari” olmoshlarini kelishik shakllari bilan turlaydilar. Ijodiy ish tugagach, ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshirib, kamchiliklar tuzatiladi.
Namuna:
O`zimiz, o`zimizning, o`zimizni, o`zimizga, o`zimizda, o`zimizdan.
O`zlari, o`zlarining, o`zlarini, o`zlariga, o`zlarida, o`zlaridan.
Ijodiy ishdan so`ng saylanma diktant o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. Men gulxan atrofida o`tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. Ular qo`shni qishloqdan kelgan bolalar ekan. 2. Elmurod o`z nomlari bilan otalarining nomlarini aytib ko`rishayotgan bolalarni bir-biridan ajrata olmay qoldi. 3. Bugun men rasman sizlarga boshliq bo`lish majburiyatida qolgan ekanman, yana hech ahamiyati yo`qdir. (A. Qodiriy). 4. Elmurod ko`rsatilgan sinfga kirdi-da, qatorlashgan partalardan o`ziga joy qidirdi. 5. Sen o`tira, tur, ketib qolma, men tez kelaman. 6. Men o`zimning mehmonimni ko`rpachaga o`tqazmoqchiman.
O`qituvchi o`quvchilarga kishilik olmoshlarini ayrim, o`zlik olmoshini ayrim yozib borishlarini aytadi. O`qituvchi terma gaplarni o`qiy boshlaydi. O`quvchilar kishilik olmoshlari bilan bir ustunga, o`zlik olmoshini ikkinchi ustunga yozib boradilar. Diktant tugagach ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshirib ko`riladi.
Namuna:
Men, ular, men sizlarga, sen, men, men II. O`z, o`ziga, o`zimning.
Saylanma diktantdan so`ng kichik insho o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarga “Bizning maktabimiz” mavzuida kichik insho yozishni topshiradi., o`qituvchi o`quvchilarga maktabimiz haqida gapirishni aytadi. Ikki o`quvchini eshitgach insho yozishga da`vat etadi. O`quvchilar kichik insho yozishga kirishadilar. Ikki o`quvchining inshosi o`qitish orqali tekshiriladi. O`quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21-maktabning 7-sinf o`quvchisi Ikrom G`aniyevning inshosi.
Bizning maktabimiz.
Bizning maktabimiz “Istiqlol” san’at saroyi yonida joylashgan. Maktabimiz S. Ayniy nomida, to`rt qavatdan iborat. Maktabda har bir fan uchun xona ajratilgan. Sinf xonalarimiz jihozlangan. Boshlang`ich sinflar ikkinchi qavatda, yuqori sinflar uchinchi va to`rtinchi qavatda o`qiydi. Maktabimizda majlis zali, sport zali, kutubxona va oshxona bor. Katta tanaffusda oshxonada ovqatlanamiz. Kutubxonadan kitoblar olib o`qiymiz.
So`roq olmoshlarini o`rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga darslikda so`roq olmoshlariga berilgan qoidalarni o`qishni topshiradi. Bir necha daqiqadan so`ng quyidagi savollar o`rtaga tashlanib, ularga o`quvchilardan javob kutiladi:
O`qituvchi: Kim, nima olmoshlari qanday qo`llaniladi va nima bilan turlanadi.
O`quvchi: kim, nima olmoshlari birlik va ko`plikda qo`llaniladi, egalik va kishilik bilan turlanadi. O`qituvchi qanday, qaysi, qanaqa olmoshlari haqida gariping va misol keltiring.
O`quvchi: Qanqay, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi. Qanaqa qalam oldingiz? Qaysi kitob seniki?
O`qituvchi qancha, nechta, necha, nechanchi olmoshlari nima uchun ishlatiladi. O`qituvchi o`quvchilar javobini eshitib, so`roq olmoshlarining gapdagi vazifalarini eshitish bilan o`quvchilar javobini to`ldiradi.
So`roq olmoshlarini mustahkamlash o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish maqsadidda mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Siz nimani o`ylayapsiz? (A. Muxtor). 2. Qaysi yozuvchilarni taniysiz? Nega muncha kech qolding? (Oybek) 4. “Ertalab qayoqqa ketayotgan eding. Sheraliga qanday topshiriq berilgan edi?”-so`radi Shodmon aka. (Y. Shukurov). 5. Qayoqdan bu qadar uyatchan bo`lib qolding? (A. Qodiriy) 6. Nima qilish kerak? 7. Qanday kirib qoldim boshi berk bu ko`chaga? (O`tkir Hoshimov)
O`quvchilar terma gaplarni ko`chiradilar, so`roq olmoshlarini topib tagiga chizadilar. Ish bajarilgach, ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
Siz nimani o`ylayapsiz? 2. Qaysi yozuvchilarni taniysiz?
Mustaqil ish bajarilgach, o’quvchilarga mashq ishlash topshiriladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tafsiya etiladi.
1. Siz qishki ta`tilda qaysiy badiiy asarlarni o’qidingiz. 2. Siz shamolning qachon to’xtashini bilishni istaysiz. 3. Kim kuchini ayamasdan mehnat qilsa to’kkan teri rohat, vaqti chog` bo’ladi? 4. Qudrat Valining oldiga qanday yugurib kelganini bilmay qoldi. 5. Ot nimadan hurkdi va yosh chavondoz gup etib yumshoq qum ustiga tushdi.
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, olmoshlarni aniqlab, ma`no turini va gapdagi vazifasini aytadilar.
Namuna:
1. Sizlar qishki ta`tilda qaysi badiiy asarlarni o’qidinglar? 2. Siz shamolning qachon to’xtashini bilishni istaysiz?
O’qituvchi o’quvchilarga so’roq olmoshlarini qatnashtirib to’rtta gap tuzish, bu olmoshlarning ma`nosi va gapdagi vazifasini aniqlab, ustiga yozishni topshiradi. O’quvchilar o’qituvchining bu topshirig`ini bajaradilar.
Namuna:
1. Kecha qanday kino ko’rdingiz? 2. Siz qaysi shoirlarning asarlarini o’qiysiz? Ijodiy mashqdan so’ng, ona tili darsligidagi 46-mashqni ishlash topshiriladi. O’quvchilar navbat bilan mashq topshirig`iga ko’ra so’roq ma`nosi qaysi so’z bilan ifodalanayotganligini aniqlaydilar. So’roq ma`noli so’zni gap oxirida qavsda berilgan so’z bilan almashtirib gaplarni o’qiydilar.
Namuna:
1. Sinfimiz komandasi musobaqada g`olib chiqdi.
2. Dangasalik kishiga ko’p ziyon keltiradi
3. Halollik odamning obro’yini oshiradi.
Belgilash olmoshlarini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan qoidalarni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi belgilash olmoshlarining toifasini aytib, misollar keltiradi. So’ngra belgilash olmoshlari (hamma, barcha, bari, jami, butun, har kim, har nima, har bir, har qaysi) ni doskaga yozib hamma, barcha olmoshlari ko’plikni anglatishi, belgilash olmoshlari egalik va kishilik shakllarini olishi, olmoshlarni gapdagi vazifasini eslatadi, misollar keltiradi.
Belgilash olmoshlarini mustahkamlash, o’quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Sizning taklifingiz go’yo hammaning nomidan bo’ladi. (Oybek) 2. Bu kitoblarning barini o’qib chiqqanman. 3. Xadicha xola, hamma qishloq qariyalaridek , keksalikka so’z bermaydigan g`ayratli, tetik bir shiringina sharcha bo’lishi lozim. (Oybek) 5. Bog`chamizdagi gullarning bari ochildi.
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradigan, belgilash olmoshlarini topib tagiga chizadi.
Namuna:
1. Sizning taklifingiz go’yo hammaning nomida bo’ladi. 2. Bu kitoblarning barini o’qib chiqqanman. 3. Har bir qishloq shiringina shaharcha bo’lishi lozim.
Mustaqil ishdan so’ng ta`limiy diktant bo’lishi aytiladi. Diktant uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin. Siz ertaga yomg`ir yog`ish – yog`masligini, shamolning qachon to’xtashini bilishni istaysiz. Siz kechasi harorat necha daraja bo’lar ekan deb qiziqasiz. Ob – havoni tekshiruvchi olimlar meteorologlar burlarning hammasini bila oladilar. Buning uchun ular ob –havoning qayerda qandayligidan xabardor bo’lib turadilar. O’qituvchi matni o’qib eshittiradi. So’ngra gaplarni o’qiy boshlaydi. O’quvchilarga oilmoshlarni topib, ma`no turiga qarab ajratib yozib borishni aytadi. Diktant tugagach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Siz, ular. 2. Buning, bular. 3. Qachon, necha, qayerda, qandayligidan.
4. Hammasini.
Diktantdan so’ng ijodiy mashq bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga belgilash olmoshlari ishtirokida to’rta gap tuzishni topshiradi. O’quvchilar belgilash olmoshlarini qatnashtirib misollar yozadilar.
Namuna:
1. Akasinng furajkasini kiyib oldi: - aka endi hammaning akasi ham keladi – a?
2. Hasharga o’quvchilarning hammasi qatnashdi.
3. Mana endi yoq qordan tozalandi.
4. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir.
Har kimki jafo qilsa, javo topqusidir.
Ijodiy mashqdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun “Hammamiz kuylaymiz” matnidan foydalanish tafsiya etiladi.
“Hammamiz kuylaymiz”
Ashula har bir odamning hayot yo’ldoshidir. Ashula yashash va ishlashga yordam beradi, u kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o’zini qanot paydo qilgandek his etadi.
Diktantdan so`ng ijodiy mashq bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarga belgilash olmoshlari ishtirokida 4ta gap tuzishni topshiradi o`quvchilar belgilash olmoshlarini qatnashtirib misollar yozadilar.
Namuna:
1.Akasining furajkasini kiyib oldi: - aka endi hammaning akasi ham keladi- a? 2. Hasharga o`quvchilarning hamasini qastnashadi. 3. Mana endi hamma yoq qordan tozalandi. 4. Har kimki vafo qilsa, jafo topqusidir.
Ijodiy mashqdan so`ng kichik bayon o`tkaziladi. Bayon uchun «Hammamiz kuylaymiz» matnida foydalanish tavsiya etiladi.
Hammamiz kuylaymiz
Ashula har bir odamning hayot yo`ldoshidir Ashula yashash ishlashga yordam beradi, u kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o`zida qanot paydo bo`lgandek his etadi.
Biz kuylaymiz. Bizning bog` va maydonlarimizda, saroy va madaniyat saroylarimizda, dala va qurilishlarimizda, korxona va ko`chalarimizda million- million kishilarning ovozi cheksiz qudrat bilan yangraydi. Bu ovozni do`stlar eshitib shodlanardilar, dushmanlar eshitib qon yutadilar. Biz go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Farg`ona, Qo`qon, Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangi yo`lda quvnab-quvnab kuylaymiz. Ana shu aytiladigan sayrgohlarga keksalar nabiralarni etaklab, onalar gudaklarini yasantirib, yoshlar bir –birlari bilan qo`l ushlashib chiqadilar. Hammamiz kuylaymiz. Shuning uchun ham kuylaymizki, sevinchimiz yuragimizga sig`maydi.
O`qituvchi ’’ Hammamiz kuylaymiz” matnini bir o`quvchini o`qitadi, matn mazmunini so`zlab berishni o`quvchilardan so`raydi. O`quvchilar matn mazmunini gapirganlaridan so`ng kichik bayonni yozishga kirishadilar. Bayon yozilgach, matndagi olmoshlarini belgilash olmoshlarini aniqlab, tagiga chizadilar, ustiga olmosh turlarini yozadilar. Ish tugagach ikki o`quvchining bayoni o`qitish orqali tekshirib ko`riladi. O`quvchilar yozma ishidan namunalar keltiramiz.
Qarshi shahridagi 21-o`rta maktabning 7-sinf o`quvchisi Yusupov Boburning bayoni.
Hammamiz kuylaymiz.
Biz ashulani sevamiz. Ashula har bir odamning hayot yo`ldoshidir. Ashula menga yashashga, mustaqilligimizni mustahkamlashga va yaxshi o`qishga yordam beradi. Ashula aytiladigan joylarga keksalar nabiralarni etaklab onalar esa go`daklarini yasantirib chiqishadi. Biz maktablarda, sayrgohlarga, bog`chalarga har xil sayorlarda va mustaqillik masydoniga ashula aytamiz va raqslarga tushamiz. Buni ko`rgan do`stlarimiz sevinishadi, dushmanlarimiz esa qon yutadilar. Bizning go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg`ona, Chirchiq, Qo`qon, Sirdaryo va Namanganda ham ashulani sevib kuylaydilar. Qarshi shahridagi 21-maktabning 7-sinf o`quvchisi Sharipova Irodaninbg bayoni.
Hammamiz kuylaymiz.
Ashula har bir odamning hayot yo`ldoshidir. Ashula yashash va ishlashga yordam beradi, kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o`zini yengil xis etadi. Respublikamizning dala va qurilishlarida, madaniyat saroylarida, korxona va maktablarda, mustaqillik maydonida million- million kishilarning ovozlari yangraydi. Bu ovozni eshitgan do`stlar quvonadi, dushmanlar esa qon yutadi. Biz go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Bekobod, Yangi yo`l, Ohangaron, Qo`qon, Namangan, Andijonda quvnab-quvnab kuylaymiz keksalar nabiralarini yana yetaklab, onalar gudaklarini yasantirib chiqadilar biz shuning uchun kuylaydi, sevinchimiz ichimizga sig`maydi.
Gumon olmoshlarini o`rganishni darslikda ularga berilgan qoidalrni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o`qituvchi gumon olmoshlariga misol keltirib tushuntiradi, so`ngra gumon olmoshlarini birlik va ko`p;likda kelishi va kelishiklar bilan turlanishi, gapdagi vazifasini eslatadi.
Gumon olmoshlarining mustahkamlash, o`quvchilarga og`zaki yozma nutqini o`stirish maqsadida mustaqil ish topshiriladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Otliqlar orasidan kimdir ma`nodor kulib qo`ydi:
2. Qorong`ida nimadir yaltirab ko`rindi.
3. Shu paytda Toshxon derazadan allakimni ko`rdi.
4. Qandaydir bollalar yugirib chiqdi
5. Allakim eshikni taqillatdi.
O`quvchilar terma gaplarni ko`chiradilar, olmoshlarni topib, tagiga chizadilar. Ish bajarilgach, ikki uch o`quvchining ishi tekshirildi.
Namuna :
1. Otliqlar orasida kimdir ma`nodor kulib qo`ydi.
2. Qorong`ida nimadir yaltirab ko`rindi.
3. Shu paytda Toshxon derazadan allakimni ko`rdi.
4. Qandaydir bollalar yugirib chiqdi
Mustaqil ishdan so`ng talimiy diktant bo`ladi. Diktant uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi:
So`ngi pushaymon o`zingga dushman
Shu kunlarda g`oyat quvonchli voqealarning guvohi bo`lmoqdamiz.
Maktabimiz barcha o`quvchilari o`z otalig`imizdagi jamoa xo`jaligiga yordam beradilar.
Bu hafta sinifimizda hech kim dars qoldirmadi.
Alla kim gandiraklaydi alla kim kuladi.
Hamma uyquda, kecha oydin edi.
O`qituvchi terma gaplarni o`qib eshitiradi. O`quvchilarga gaplarni yozish jarayonida olmoshlarni topib, uning yoniga qavsda turini yozib borishni aytadi. O`qituvchi terma gaplarni diktovka qiladi. O`quvchilar topshiriqni bajardilar.
Namuna:
1.So`ngi pushaymon o`zingga (o`zlik olmoshi)dushman
2.Maktabimizning barcha (belgilash olmoshi) o`quvchilari o`z (o`zlik olmoshi) otalig`imizdagi jamoa xo`jaligiga yoirdam beradilar.
3.Bu (ko`rsatish olmoshi ) hafta sinifimizda hech kim (bo`lishsizlik olmoshi) dars qoldirmadi.
1-Kartochka
Gapni o`qing, olmoshlarni aniqlab qaysi so`z bilan bog`langanligini ayting. A. Navoiy “Hamsa” dostonini nechanchi yilda yozishni boshladi va nechanchi yilda tugalladi?
2- Kartochka
Gapni o`qing olmoshlarni aniqlab, gapda qanday vazifani bajarganligini aytining odamlarning o`zinngizga qanday muomila qilishlarini istasangiz, ularga shunday muomila qilingiz. (Arastu).
3- Kartochka
Gapni o`qing, olmoshlarni aniqlab, qaysi so`z bilan aniqlab qaysi so`z bilan bog`langanligini ayting.
Sen o`n bo`z bola topib bor, biz ularga shu otlarga mingizib, ... o`zimiz bilan birga olib ketamiz.
4- Kartochka
Gapni o`qing, olmoshlarni aniqlab, gapda qanday vazifani bajarganliginligini ayting.
O`z xalqining tili uchun kurash vazifasini tarix bizning buyuk A.Navoiyga yukladi.
Kartochkalar ishlangach, mashq ishlanadi. Buning uchun darslikdagi 59-mashqdan foydalaninsh tavsiya etiladi. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o`qiydilar, ajratib ko`rsatilgan gumon olmoshlarining hosil bo`lishi va ma`nolarini izohlaydilar.
Namuna:
1. Alla kimdan (gumon olmoshi, so`roq olmoshiga ”alla” va ”dan” qo`shimchasini qo`shish bilan ) eshitgan qanaqadir (gumon olmoshi so`roq olmoshiga ”dir” qo`shimchasini qo`shish bilan) noaniq gapni surushtirmay- netmay hammaga aytavermang 2. Shu vaqtda kimdir (gumon olmoshi so`roq olmoshiga ”dir” qo`shimchasi bilan qo`shish bilan) birdasta shamni yoqib, baland ko`taradi.
Bo`lishsizlik olmoshlarini o`rgatishni darsl;ik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o`qituvchi o`qiuvchilarga darslikdagi materiall bilan tanishni topshiradi bir necha daqiqalardan so`ng quyidagi savollarni o`rtaga tashlaydi va ularga javob kutadi.
- Bo`lishsizlik olmoshlari qaysi so`z yordamida hosil bo`ladi?
- Bo`lishsizlik ”Hech” so`zi bilan hosil bo`ladi.
Bo`lishsizlik olmoshlari nimalar bilan turlanadi?
Bo`lishsiz olmoshlari egalik va kishilik bilan turlanadi
O`qituvchi va o`quvchilar javobini to`ldirib, hech so`zining ayrim yozilishida eslatadi.
Bo`lishsizlik olmoshlarini myustahkkamlash o`quvchilarning og`izaki va yozma nutqini o`stirish maqsadida ta`limiy diktant o`tqazxiladi.Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1.Surayyo soat oltida ko`chaga chiqdi, ... yo`q edi
2.U Turg`unga bir nima demoqchi bo`ldi, lekin... demadi.
3.Uyda Unsundan bo`lak ... yo`q edi
4.O`rtancha Botirning navbatida ... hosil bo`lmadi.
5.Kenja Botir tong otguncha poyloqchilik qilibdi, ... ko`rmabti.
6.O`tirganlarning ... o`rnidan qo`zg`almadi.(hecgh kim hech narsani, hech nima, hech qanday, hech biri).
O`qituvchi terma gaplarni o`qib eshitiradi, o`quvchilarga berilgan qavsda berilgan olmoshlardan mosini qo`yib, nuqtalar o`rniga qo`yib yozib borishni aytadi. O`qituvchi terma gaplarni o’qiy boshlaydi. O`quvchilar nuqtalar o`rniga mos olmoshlarini yozib boriadilar. Diktant tugagach, bir necha o`quvchilarining ishi o`qitiladi, kamchiliklari tuzatiladi.
Namuna:
1. Surayyo soat oltida ko`chaga chiqdi, ... yo`q edi
2... U Turg`unga bir nima demoqchi bo`ldi, lekin... demadi.
3. Uyda Unsundan bo`lak ... yo`q edi
4. O`rtancha Botirning navbatida ... hosil bo`lmadi.
5 Kenja Botir tong otguncha poyloqchilik qilibdi, ... ko`rmabti.
6. O`tirganlarning ... o`rnidan qo`zg`almadi.(hecgh kim hech narsani, hech nima, hech qanday, hech biri).
Ta`limiy diktantdan so`ng mustaqil ish o`tkaziladi buning uchun quyidagi terma gaplarda foydalanish tavsiya etilad.
Hech kimning beli ham og`rimadi, yuragiga hech narsa sig`maydigan vaqt ham bo`lmadi.
Hech narsa sizga to`sqinlik qila olmadi.
Chodirda hech kim yo`q edi.
Yo`lchi indamasdan xo`jayinnig dargoxidan chiqib ketdi
Bu haqda hech kimga, hatto akasiga ham birni demagan ekan.
Xo’p hozircha hech kimga og’zingni ochma. 7. Hech kim bilmasin, sen bilu, men bilay.
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, bo’lishsislik olmoshlarini topib tagiga chizadilar. Mustaqil ish ikki-uch o’quvchiga o’qitish orqali tekshiriladi.
Yordamchi so’zlarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish.
”Ona tili ” [6q.ad] dasturida yordamchi so’zlarni takrorlashga 1soat ajratilgan bo’lib, 7-sinf ”Ona tili” [7q ad] darsligida 72-mashqda ”Insoniy hayot” matni keltirilib, savol va topshiriqlar berilgan. O’quvchilar mashq shartiga ko’ra matnni navbat bilan o’qib savollarga javob beradilar, matandagi uchun, bilan, kabi, sari so’zlarining ma’no va vazifalarini izohlaydi, shu so’zlarni qatnashtirib gaplar tuziladi.
Namuna:
1.Salima darsni puxta tayyorlagani uchun ”5” baho oldi. 2. G’ayrat bilan mindi otning beliga. (F. J). 3. Seningdayin bahodir-la mag’rurdir, Turon, buning kabi alloma-la faxrlanar jahon. (T. Nizom). 4. Oyqiz bug’doyzor sari shahdam qadamlar bilan yurib ketdi. (A. Qodiriy).
Shundan so’ng mustaqil ish topshirildi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1.Man orqada edim, Toshpo’lat oldinda edi. Avval u kirdi, uning orqasidan men kirdim. 2. Bu gapning mazmunini u keyin tushundi. Men sendan keyin boraman. 3. Bolalardan bittasi nima bo’ldi-yu, xarsangga qoqilib yiqiladi. 4. Momaqaldiroq bo’ldi-yu lekin yomg’ir yog’madi. 5. Mashq boshlanishiga uch daqiqa qoldi-ya! (R. F). 6. Faqat ikki bolagina indamay qoldi. 7. Axir menga kam so’z berildi.
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, yordamchi so’zlarni topib tagiga chizadilar. Mustaqil ish bajarilgach ikki o’quvchiga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1.Men orqada edim, Toshpo’lat oldinda edi. Avval ukirdi, uning orqasidan men kirdim. 2. Bu gapning mazmunini u keyin tushundi. Men sendan keyin boraman. Mustaqil ishdan so’ng ijodiy ish topshiriladi. O’qituvchi o’quvchilarga yordamchi so’zlarni qatnashtirib, 4ta gap yozishni topshiradi. O’quvchilar bu topshiriqni bajaradilar.
Namuna:
1.Marraga avval Salim, keyinRahim yetib keldi.
2.Gulnonora bilan Ra’no tanlovga tayyorlanishdi.
3. Sinf yig’ilishida faqat Shuhrat qatnasha olmadi.
Ijodiy ishdan so’ng saylanma diktant bo’ladi. Buning uchun quyidagi terma gaplardan foydalanish mumkin.
1. Bularning barchasi siz uchun. 2. Bu yaqinlikni televizor orqali eshitdik. 3. Salimjon yosh, lekin tadbirkor yigit edi. 4. Rahima shamollagani uchun kecha darsga ketmadi. 5.Yigit sevinib ketganidan hatto gapiraolmay qoldi (O) 6. Bog’ tinch, faqat g’ir-g’ir shabadayu, chumchuqlar chirqillashigina tinmas edi (H. Nazir).
O’qituvchi terma gaplarni o’qiy boshlaydi. O’quvchilarga yordamchi so’zlarni aytadi. Diktant tugagach, o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Uchun, orqali. 2. Lekin. 3. Hatto, faqat “Ko’makchi” ni O’rgatishni darslik ustida ishlash bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga darslikda ko’makchi haqida berilgan materialni o’qishni aytadi. Bir necha daqiqadan so’ng suhbat uchun quyidagi savollarni o’rtaga tashlaydi; 1.Qaysi so’zlar sof ko’makchilarga kiradi? 2. Qaysi so’zlar ko’makchi vazifasida qo’llanadi? 3. Ko’makchilar qanday ma’nolarni bildiradi? O’qituvchi o’quvchilar javobini to’ldirib, ko’makchilar payt o’xshashlik, harakatning yuzaga kelish o’rni kabi ma’nolarni kam bildirishini eslatadi.
Ko’makchi uning turlarini mutahkamlash uchun mustaqil ish o’tkziladi. 1. Ukasi bilan suv yoqasidan ketib borardi. 2. Hamma narsa insonga egsin bo’yin, inson uchun ishlab tursin tinmayin (Q.M) 3. Gaplashib o’tirdik. Oldingi hazil gaplarim uchun o’zim uyalib ketdim. O’zimni ovitish uchun boshqa narsalar haqida o’ylay boshladim. 4. Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi. (H.Q). 5. Bahor kelishi bilan daraxtlar yashil barg yozadi. 6. Bliq ovlash uchun olib kelingan barmoqlar hali bir marta kam suvga tashlangani yo’q. 7. Inson uchun fazlukamol lozim (A. Q). O’quvchilar terma gaplarni o’qiydilar, ko’makchilarni o’z oldidagi mustaqil so’z bilan birga ko’makchilar, ko’makchilarning ma’nosi aniqlab yoniga yozadilar.
Dostları ilə paylaş: |