Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Qizgina bo‘rilarga yem bo‘ldiyov
kabi). 
Atoqli otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga 
kiradigan so‘zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi, berilgan 
so‘zlarni: 1) kishilarning ismi, familiyasi, taxallusini ifodalovchi otlar, 
2) jug‘rofiy nomlar, 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari 
(masalan, 
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, «Yakkabog‘» davlat 
xo‘jaligi, Botanika instituti, «Bahor» ansambli va h.k.), 4) 
planeta va 
yulduzlarning nomi 
(masalan, Quyosh, Yupiter, Mars, Hulkar va h.k.), 
5) 
tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalarnnng 


188
nomlari (masalan, 
Mustaqillik maydoni, «Ikki eshik orasi» romani, 
«Tong yulduzi» gazetasi, «Gulxan» jurnali va h.k.), 
6) hayvonlarga 
maxsus qo‘yilgan nomlar (masalan, 
Boychibor, Yo‘lbars, Xumor 
va 
h.k.) singari guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil 
davom ettirish, «belgi nomi + turdosh ot» qolipli qo‘shma toponimlar 
masalan, 
Yangiyo‘l, Qorabog‘, Qorako‘l, Qiziltepa, Tinch okeani, 
Qizil dengiz, Orol dengizi 
va h.k.), «belgi nomi + atoqli ot» qolipli 
jug‘rofiy nomlar 
(Shimoliy 
К
avkaz, O‘rta Osiyo, Markaziy Amerika, 
Shimoliy Qozog‘iston 
va h.k.) ro‘yxatni tuzish singari ijodiy-amaliy 
ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so‘z zaxirasini 
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. 
Bolalar nutqida qisqartma so‘zlar ham muhim o‘rin egallaydi. 
Qisqartma otlarni to‘liq nomlar bilan, to‘liq nomlarni qisqartma 
nomlar bilan almashtirish, tilimizdagi qisqartma so‘zlar lug‘atini 
tuzish kabi ishlar bu so‘zlarning imlosi, talaffuzi va qo‘llanilishini 
bilib olish imkoniyatini beradi. 
Ot so‘z turkumini o‘qitishda otlarning ma’no guruhlariga alohida 
e’tibor qaratish lozim. Otlar ifodalab kelgan ma’nosiga ko‘ra: 
mahsulot nomlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-
hunarni ifodalovchi otlar, shaxsni boshha jihatlariga ko‘ra atovchi 
otlar, hayvonot otlari, daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum otlari, 
modda-ma’dan, xomashyoni anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon) 
otlari, payt (zamon)ni anglatuvchi otlar 
kabi guruhlarga bo‘linadi. Bu 
guruhlar o‘z navbatida yana bir necha guruhchalarga bo‘linishi 
mumkin. Masalan, kasb-hunarni ifodalovchi otlarning 
dehqonchilik, 
hunarmandchilik, shifokorlik 
kabi tarmoqlari mavjud. 
O‘quvchilarning so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun 
matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamaligiga ko‘ra guruhlash, 
ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlab guruhlarni 
kengaytirish, -chi, -
vchi, -uvchi, - dosh, -kor, -zor, -shunos 
kabi 
qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari 
lug‘atini (masalan, 
mexanik-haydovchi, muxandis-pedagog, metodist-
o‘qituvchi 
va h.k.) tuzish, ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-
amaliy topshiriqlar bajariladi. 


189
К
asb-hunar otlari, o‘rin-joy otlari, qurol-vosita otlari ustida 
ishlashda ham matndan shunday so‘zlarni topish, ularni tub va 
yasamalarga ajratish, ajratilgan so‘zlarga ma’nodosh va uyadoshlar 
tanlash, shunday otlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar yordamida yangi 
so‘zlar (qo‘shimchadosh so‘zlar) hosil qilish kabi ish usullaridan 
foydalaniladi. 
«Qavm-qarindoshlik otlari» ustida ish olib borilar ekan, shunday 
so‘zlarni: 1) qon-qarindoshlik (
ota, ona, singil, aka, uka, amaki
va 
h.k.) va 2) nikoh qarindoshligiga (
yanga, kelinoyi, pochcha, qaynona, 
quda
va h.k.) ko‘ra guruhlarga ajratish, shunday so‘zlar lug‘atini 
tuzish, qarindoshlikni ifodalovchi nomlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash 
(masalan,qarindosh bo‘lmagan kishilarni 
otaxon, onaxon, buvijon 
deb 
chaqirish) singari ijodiy-amaliy ishlar bajariladi. 
Otlarning yana bir ma’no guruhi o‘rin-joy (makon) otlaridir. 
O‘quvchilar bino, inshoot, muassasa, tashkilot, narsa-buyumlarni 
atovchi so‘zlar predmetlik va o‘rin-joy (makon) ma’nolarini ifodalab 
kela olishi sababli, ular 
nima? 
va qayer? so‘roqlariga javob bo‘la 
oladigan so‘zlar ham otlar ekanligini bilishlari lozim. Shuni nazarda 
tutib, bir o‘rinda 
nima? 
ikkinchi o‘rinda 
qayer? 
so‘roqlariga javob 
bo‘la oladigan gap juftlari tuzish, (masalan, 
Yangi uy qurib bitkazildi

Bolali uy-bozor
kabi), gaplarda ajratilgan so‘zlarning ma’nosiga 
e’tibor berib, ularning bino-inshootlar yig‘indisini yoki o‘rin-joyni 
atab kelishini aniqlash, aholi istiqomat qiladigan o‘rin-joy nomlari 
ishtirokida gaplar tuzish, ma’muriy-mintaqaviy bo‘linishni ifoda-
lovchi otlarning ma’nolarini sharhlash, ularni atoqli otlar bilan 
biriktirib, so‘z birikmalari tuzish, sharqona dunyo tomonlarini atovchi 
otlar ro‘yxatini tuzish kabi ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish 
maqsadga muvofiq.
«Payt (zamon) anglatuvchi otlar» mavzusini o‘rganishda berilgan 
so‘zlarni (masalan, 
yil, soniya, daqiqa, soat, sutka, kun, tun, asr, hafta, 
oy
) ular bildirgan vaqt chegarasiga qarab o‘sib boruvchi qatorga 
joylashtirish, bu so‘zlarga ma’nodoshlar topish, 
juma, peshin, yarim 
tun, bomdod, subh, tong, oqshom, ertalab, kechqurun, kecha 
singari 
so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, soat ko‘rsatayotgan vaqtni aytish 


190
va yozish, fasl nomlarining ma’nodoshlarini topish, raqamlar bilan 
berilgan kun, oy va yillarni o‘qish va yozish, «O‘tgan yilni qanday 
yakunladim?» mavzusida insho yozish, berilgan so‘z juftlari (kecha

kech, kech

kechqurun) orasidagi ma’no farqlarini aniqlash, payt 
(zamon) otlariga qo‘shiladigan -
lar 
va -
cha 
ko‘plik qo‘shimchasi va
-
cha 
kichraytirish qo‘shimchalarining ma’nolarini aniqlash, payt 
(zamon) otlariga -
lab 
qo‘shimchasini qo‘shib, ravishlar hosil qilish, 
payt (zamon) otlariga qo‘shilib kelgan -
i, -si 
egalik qo‘shimchasining 
ma’nolarini aniqlash, «Taqvimlar» (bobo dehqon taqvimi, hijriy 
taqvim, shamsiy taqvim, qamariy taqvim) matni ustida ishlash singari 
ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. 
O‘quvchilar egallangan bilimlarga asoslanib, istagan matndan 
otlarga so‘roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar 
predmetning aniqligi, ya’ni ushlash, ko‘rish, o‘lchash mumkinligi va 
mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda 
hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar.
Aniq otlar ma’no guruhlariga ajratib o‘qitiladi. O‘quvchilar
6-sinfda aniq otlarni: shaxs otlari, o‘rin-joy otlari, kasb-hunarni 
atovchi otlar, shaxsni boshqa jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, hayvonot 
otlari, daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum otlari, modda-ma’dan, 
xomashyo otlari kabi guruhlarga ajratib, ular ustida alohida-alohida 
ish olib boradilar. 
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda otli birikmalar ustida 
ishlash muhim o‘rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, 
berilgan so‘zlar ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-
amaliy ishlar o‘quvchilar lug‘atini shunday birikmalar bilan 
boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh yoki tobe 
so‘zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash ancha 
samarali ish usullaridan biridir. Masalan, 
maktabimiz o‘quvchilari 
so‘z birikmasidagi o‘quvchilari o‘rniga, 
atrofi, binosi, zali, 
kutubxonasi, dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari 
kabi so‘zlarni 
topib qo‘shib, 
maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari 
kabi so‘z 
birikmalari hosil qiladilar. 


191
Tobe so‘z sifatida ma’nodosh, uyadosh, qarama-qarshi ma’noli 
so‘zlar ham tanlanishi mumkin. Masalan, 
aqlli (beaql) 
kunjutli 
chaqqon(dangasa) 
shirmoy 
yuvosh (sho‘x) 
patir 
odobli (odobsiz)

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin