Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«To‘g‘risini tanlang
» 
o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilarga fe’llar majmuasi beriladi va ulardan 
-
v, -uv
qo‘shimchalari yordamida harakat nomlari hosil qilish 


184
topshiriladi. O‘quvchilar yozadilar: 
yoz–yozuv, o‘qi–o‘quv, ishla–
ishlov, so‘ra–so‘roq, tanla–tanlov, qara–qarov, o‘yla–o‘ylov
kabi 
so‘zlar ishtirok etgan matnlar tuzish topshirilishi mumkin. 
«E harfi qayga ketdi? Fe’lga mehmonga ketdi
» o‘yini.
 
Bu 
o‘yin birinchi marotaba o‘tkazilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga 
to‘liqsiz fe’ldagi birinchi tovush (e) turg‘un emasligi, u ma’lum 
fonetik sharoitlarda tushib qolishi mumkinligi haqida izoh beradi: 
ishlar edi–ishlardi, kelar ekan–kelarkan
kabi. So‘ngra tavsiya etilgan 
gaplardagi to‘liqsiz fe’llarni alohida yozishni topshiradi. Belgilangan 
vaqtda topshiriqni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar o‘yin g‘olibi 
sanaladilar. Namuna: («Zangori gilam» ertagidan). 
Bir qari chol yasharkan
Turmushi ko‘p nochorkan,
Rahim nomli bu faqir
К
o‘rgan ekan ko‘p tahqir
Boqib olarkan har yon
Bahor edi so‘lim tong 
Ipak bilan gullari 
Solingandir birma-bir 
Qishloqda hech bir xona
К
o‘rmagandir bundayni
 
 
O‘quvchilarning nutqini fe’llardan to‘g‘ri, o‘rinli foydalanishini 
ta’minlash maqsadida gap va matnlar ustida ishlashga alohida e’tibor 
berish o‘rinlidir. Bolalarning gap qurish imkoniyatlarini kengaytirish 
maqsadida berilgan gapning mazmunini saqlagan holda shaklini 
o‘zgartirish, nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos tushadigan so‘zni 
qo‘yib o‘qish yoki yozish singari o‘yin-topshiriqlardan foydalanishni 
maqsadga muvofiq deb bilamiz. Masalan, «Sifatdosh» mavzusi 
o‘rganilar ekan, berilgan gaplarni sifatdoshli birikmalariga aylantirish 
(masalan, 
Inson ko‘p mehnat qilsa, baxtli bo‘ladi – 
К
o‘p mehnat 
qilgan inson baxtli bo‘ladi
) ko‘chirma gapni sifatdosh va harakat 
nomi birikmalari bilan kelgan o‘zlashtirma gapga aylantirish 


185
(masalan, 
«Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak»,–deb uqtirdi 
Prezidentimiz–Prezidentimiz elim deb, yurtim deb yonib yashash 
kerakligini uqtirdi)
kabi topshiriqlar bo‘yicha guruhlar o‘zaro 
bellashishlari va g‘oliblar aniqlanishi mumkin. 
Biz bilamizki, fe’llarni o‘rganishda «Fe’l mayllari» mavzusi ham 
o‘ziga xos murakkablikka ega. Shuning uchun ham o‘qituvchi 
o‘quvchilarga bu mavzuni qiziqarli yetkazishi uchun darsni 
ertaklardagidek tashkil etishi mumkin. «

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin