Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

k
 
tovushi 
g
ga o‘tadi; 
shahrim 
so‘zining o‘zagi 
shahr 
emas, 
shahar; 
egalik qo‘shimchasi 
qo‘shilganda oxirgi bo‘g‘indagi 

tovushi tushadi va boshqalar). 
Demak, grammatik tahlilda leksik, fonetik, uslubiy tahlil elementlari 
ham ishtirok etadi. 
Grammatik tahlil mazmuniga ko‘ra ikki tarkibiy qismga bo‘linadi: 
1.
Morfologik tahlil. 
2.
Sintaktik tahlil. 
Berilgan gapni avval morfologik, so‘ng sintaktik tahlil qilish 
kerak. Chunki morfologik tahlilda gapni tashkil etgan so‘zlarning 
xususiyatlari, sintaktik tahlilda o‘sha so‘zlar vositasida qurilgan so‘z 
birikmalari va gapning xususiyatlari aniqlanadi. 
MORFOLOGI
К
 TAHLIL 
Morfologik tahlil o‘z mazmuniga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
1.
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil. 
2.
So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil. 
Bular birin-ketin o‘tkazilishi kerak, ular bir-biriga bog‘liq bo‘lib, 
biridagi nuqson ikkinchisiga ta’sir qilishi mumkin. So‘z tarkibi 
bo‘yicha tahlil orfografiya va so‘z yasalishi hodisalari bilan uzviy 
bog‘liqdir. So‘z turkumlari bo‘yicha tahlil esa gapda so‘zlarning 
ikkinchi bir turkum vazifasida kelishi, so‘zlarning belgili 
(qo‘shimchali) va belgisiz (qo‘shimchasiz) qo‘llanishi hodisalari bilan 
bog‘lanadi. So‘zni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishni bilmagan 
o‘quvchi so‘z yasalishi yo‘llarini, so‘z o‘zgarishini, shular bilan 
bog‘langan to‘g‘ri yozish qoidalarini ongli ravishda o‘zlashtira 
olmagan bo‘lib chiqadi. 
 


237
SO‘Z TAR
К
IBI BO‘YICHA TAHLIL
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil morfologik tahlilning bir ko‘rinishi 
bo‘lib, u o‘z ichiga bir qancha mavzularni oladi: so‘zning asosi, 
qo‘shimcha, qo‘shimchalarning ma’no va vazifasiga ko‘ra turlari (so‘z 
yasovchilar, shakl yasovchilar); sodda, qo‘shma, juft so‘zlar va 
boshqalar. 
So‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil so‘zdagi ikki qismni–
so‘zning asosiy ma’nosini anglatuvchi qismni, shuningdek, so‘zning 
grammatik ma’nosini anglatuvchi qismni ajratishdan boshlanadi. 
So‘zning asosiy ma’nosini anglatuvchi qismni ajratishda quyidagi 
holatlar hisobga olinadi: so‘zning tarkibidagi tarixiy holat va so‘zning 
tarkibidagi hozirgi holat. Masalan, 
qishloq, yaylov, og‘ayni 
kabi 
so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfologik qismlarga ajralmaydi, 
lekin bunday so‘zlar tarixiy jihatdan qismlarga ajralgan. Demak, 
so‘zni ma’noli qismlarga ajratishda etimologik jihatdan 
yondashmaslik kerak. 
Berilgan gapdagi so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishda 
aniq, yaqqol ko‘rinib turadigan jadvallardan foydalanish o‘rinlidir. 
Ma’lumki, o‘rta maktablarda morfologik tahlilning turli usullaridan 
foydalaniladi. Biz bu o‘rinda O‘zMU professori Sh.U.Rahmatullayev 
va dotsenti Yo.G‘.G‘ulomov usullaridan foydalanish morfologik 
tahlilning yagona, umumlashgan jadvalini joriy etish tarafdorimiz. 
Grammatik tahlil uchun, masalan, quyidagi gap berilgan bo‘lsin: 
Biz 
bu kunlarga osonlik bilan yetib kelmadik 
(A.Q.). 
Berilgan gapdagi so‘zlar avvalo so‘z tarkibi bo‘yicha tahlil 
qilinadi. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
a) gapdagi har bir so‘zning asl ma’noli va grammatik ma’noli 
qismlari ajratiladi; 
b) yasalgan so‘z bo‘lsa, asos va yasovchi qo‘shimchaga ajratiladi; 
v) shakl yasovchi qo‘shimchalar aniqlanadi
g) imlo bilan bog‘liq tomonlar izohlanadi. 
So‘zni ma’noli qismlarga ajratishda vertikal chiziqlardan 
foydalaniladi: 


238

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin