248
Yomonni
va
yaxshiga
so‘z shakllarining gapda to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘langan so‘zlari tushgan, aslida:
Yomon odamni tanqid qiladi, yaxshi odamga taqlid qiladi.
Aniqlovchi–aniqlanmish
holatidagi
yomon odamni
va
yaxshi
odamga
birikmalarining aniqlanmish so‘zlari (bo‘laklari)
odamni
va
odamga
gapda qo‘llanmagan: nutqiy iqtisod qilingan. Natijada,
aniqlanmish bo‘lak (odam)ning ma’nosi, grammatik shakllari va
vazifasi to‘liq ravishda aniqlovchilarga –
yomon
va
yaxshi
so‘zlariga
o‘tgan.
Sifat so‘zlar –
yomon
va
yaxshi
kelishik qo‘shimchalari
bilan
birgalikda to‘ldiruvchi vazifasidadir. Biz bilamizki, sifat so‘zlar, o‘z
turkumi o‘rnida qo‘llansa, hech qachon to‘ldiruvchi vazifasida
kelmaydi. Sifatlar yuqoridagi gapda ot
vazifasini qabul qilgani
uchungina, to‘ldiruvchi vazifasida kela olgan.
Shunday qilib, morfologik tahlil bilan sintaktik tahlil zich
bog‘langan: biri ikkinchisini to‘ldiradi. Agar morfologik tahlilda
so‘zlarning vazifa almashinuviga–boshqa
turkum vazifasida
qo‘llanishiga ahamiyat berilmasa, sintaktik tahlilda, ayniqsa, gap
bo‘laklarini aniqlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘yish mumkin.
К
o‘chish barcha turkum so‘zlari orasida bor.
К
eltirilgan
misollarda sifat ot turkumi vazifasida qo‘llangan bo‘lsa, ot so‘zlar
sifat vazifasiga ko‘chgan bo‘lishi ham mumkin. Masalan:
Mirzakarimboy
–
tulki odam
(Oybek) gapida
tulki
turdosh
oti barcha
belgilariga ko‘ra sifat o‘rnida qo‘llangan: so‘rog‘i – qanday? Jonli
predmet tushunchasini bildiruvchi
tulki
so‘zi
gapda predmet belgisini
bildiruvchi sifat o‘rnida qo‘llangandir. Yana misollar:
Mo‘tabar
atlas
ko‘ylak kiyib olgan edi.
Mashinani
taxta
ko‘pirikdan o‘tkazdilar.
Sobirjon
tilla
soat sotib oldi.
Mis
choynakda suv tez qaynaydi.
O‘zbek tilida sifatdosh so‘zlar ham ot va boshqa
turkumlar o‘rnida qo‘llanishi mumkin.
К
o‘rganni eshitgan yengibdi
.
(Maqol).