33
yillarida o‘quvchilarning savodxonligi ustida ishlash bo‘yicha maxsus
dars mashg‘ulotlari o‘tkazila boshlandi. 1916–1917-yillarga kelib shu
jadid maktablarida A.Zahiriyning «Imlo» kitobini o‘qitish yo‘lga
qo‘yildi.
Ikkinchi
davr
–1930–960-yillar. Bu davrda maktablarda ona tilini
fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi; til ta’limidan maxsus o‘quv
dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. «O‘zbek tili» maktabda
o‘qitiladigan yetakchi o‘quv predmeti sifatida o‘quv rejalaridan
mustahkam o‘rin oldi va bu fanning o‘qitilishiga katta miqdorda soat
ajratildi.
Ona tilining o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quv predmeti
sifatida o‘qitila boshlanishi uning taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochib
berdi.
Uchinchi davr
–1960–1970-yillar. Bu davrga kelib, ona tilidan
ta’lim mazmuni ancha takomillashdi va mazkur fandan yangi o‘quv
dasturlari va darsliklari chiqarila boshlandi. Ayniqsa, maktablarning
yuqori sinflarida ona tilining o‘qitilishiga e’tibor kuchaydi.
Dostları ilə paylaş: