Ona tili o‘qitish metodiкasi


Ona tili darslarining tarkibiy qismlari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Ona tili darslarining tarkibiy qismlari. 
Ona tili darslari 
quyidagi mustaqil qismlardan tashkil topgan: takrorlash, yangi bilim 
berish, bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish, o‘rganilganlarni 
mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning 
har biri muayyan vazifani bajaradi va o‘ziga xos mazmunga ega. 
Tashkiliy qism o‘quvchilarni darsga tayyorlaydi, ularda ishlash, 
ijodiy faoliyat ko‘rsatish ishtiyoqini yuzaga keltiradi. Darsning bu 
qismi uyushqoqlik bilan juda qisqa muddatda tashkil etilishi lozim. 


90
Aks holda, darsga ajratilgan vaqtning zoye ketishiga olib keladi va 
o‘quvchini ko‘zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi. 
Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilish sifati, 
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtalik darajasini 
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘qituvchilar ish amaliyotida ba’zan 
uy vazifasini tekshirish o‘tgan darsni va oldin o‘rganilgan til 
materiallarini takrorlashga aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida 
tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o‘rganilishi ko‘zda 
tutilgan o‘quv materialiga zamin hozirlashi lozim. 
Agar uy vazifasi o‘rganiladigan til hodisasi bilan bevosita 
aloqador bo‘lsa, u yangi o‘quv materialini o‘rganish jarayonida ham 
tekshirilishi mumkin. 
Darsning yangi bilim berish shakli o‘rganilayotgan mavzuga 
aloqador bilimlarni xotirada tiklashni, ularni qisman ma’lum yoki 
tamoman noma’lum sharoitlarda qo‘llab, yangi bilimlarni egallashni 
talab etadi. 
Darsning mustahkamlash shakli shu dars mashg‘ulotida 
egallangan bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirishni taqozo 
etadi. Ba’zan mustahkamlash oldin o‘rganilganlarni takrorlash bilan 
qo‘shilishi ham mumkin. Agar yangi mavzu oldin o‘rganilgan 
mavzular bilan bevosita aloqador bo‘lsa, bu ikki dars shakli bir 
yaxlitlik hosil qiladi. 
Darsning yangi bilim berish jarayonida ham, mustahkamlash va 
takrorlash jarayonlarida ham ijodiy-amaliy ishlariga keng o‘rin 
ajratiladi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli 
ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 
Xotirlash 
oldin o‘rganilgan til hodisalarini qayta xotirlashga 
asoslangan amaliy ishlardir. Xotirlashning: 1) tayyorlovchi xotirlash 
va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin