124
3) mustaqil fikr ifodasining maqsad va nutq
vaziyatiga muvofiqligini
tanlashga; 4) aniq, ilmiy va obrazli (ramziy) nutq ko‘nikmalarini
shakllantirishga moslab tuziladi va beriladi.
VIII. Ona tiliga oid bilimlarni berishda tilning ko‘p sathli, cheksiz
imkoniyatli, murakkab tizim sifatidagi talqiniga tayaniladi. Shuning
uchun ona tili kursi ona tili qurilishining eng asosiy birliklari va
hodisalari bilan tanishtiruvchi «Muqaddima» va «Izchil kurs» kabi
ikki qismdan iboratdir.
«Izchil kurs»da tilning
turli grammatik hodisalarini, turli sath
birliklarini o‘zaro aloqadorlikda berish tilimizda aynan bir fikrni turli
usullar bilan ifodalash imkoniyatlari borligini,
har bir imkoniyatning
o‘ziga xosligini o‘quvchilarga singdirishda «Muqaddima»ning
ahamiyati katta.
IX. Darsliklarning didaktik asosi: o‘quvchiga ta’lim jarayonining
faol ishtirokchisi; o‘qituvchiga o‘quvchining o‘rganish faoliyatining
boshqaruvchisi; darslikka (o‘quv topshiriqlariga) o‘quvchi va
o‘qituvchi faoliyatlarini o‘zaro bog‘lovchi vosita
sifatida
yondashishdan iboratdir.
X. O‘quvchining ta’lim jarayonida faol ishtirokchi ekanligi uning
darslik topshiriqlarini mustaqil bajarishida o‘z aksini topadi.
XI. Fikrni bayon etish, ijodiy matn tuzish,
matn ustida ish ona tili
mashg‘ulotlarida alohida mavqega ega bo‘lganligi sababli, VIII
sinfda «Ijodiy matn ustida ish» mavzusini o‘rganish ko‘zda tutilgan.
XII. O‘quvchilarning ona tili ta’limi asosida sinfma - sinf olgan
amaliy ko‘nikmalari va bilimlari ona tilidan Davlat ta’lim standarti
talablari bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: