171
tomonlarini aniqlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish
mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi, ravon, aniq va ta’sirchan
ifoda uslubini hech bir shaxs uslubshunoslik fanini o‘rganish
natijasida o‘zlashtira olmagan va o‘zlashtira olmaydi. Ta’sirchan, aniq
uslub tuyg‘usi tilning barcha bo‘limlarini o‘rganish jarayonida, til
sathlari birliklarida (tovushlarda, qo‘shimchalarda, so‘zlarda, sintaktik
qurilmalarda) ma’nodoshlik, vazifadoshlik,
shakldoshlik munosa-
batlari asosidagi bog‘lanishlarni taqqoslash zaminidagina shakllanadi.
Bu ona tili o‘qituvchisining hamisha diqqat markazida turishi lozim.
Shuning uchun fikrni nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri, ravon
ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ona tili ta’limining talabi
sanaladi.
Uslubiyat
uslubiy ravonlik, xususan, so‘z boyligi va so‘zlarni
to‘g‘ri qo‘llash bilan aloqador ekanligini hisobga olib, tilning lug‘at
sathini o‘rganishni uslubiyat bilan bog‘liq holda olib borish lozim.
Savol va topshiriqlar
1. Ona tili ta’limida «Leksikologiya» bo‘limining tutgan o‘rni va
vazifalarini ayting.
2. «Leksikologiya» bo‘limini o‘rgatishning ta’limiy
ahamiyatini
qanday asoslaysiz?
3. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishning qanaqa imkoniyatlari
bor?
4. «Ma’nodosh so‘zlar» mavzusini o‘rganishda qanday ijodiy-
amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi?
5. Uyadosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, shakldosh
so‘zlarning o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishdagi
roli va ahamiyatini
izohlang.
6. O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshiruvchi muhim vositalarni
ayting.
7. «Leksikologiya» bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarni aqliy
faoliyat usullariga o‘rgatish deganda nimani tushunasiz?
172
8. O‘quvchilar nutqini boyitishda nutq
uslublari bilan ishlashning
qanday ahamiyati bor?
Dostları ilə paylaş: